Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o'tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Darsda o'quvchilar olgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hisobga olgan holda o'tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o'tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo'ladi. Buping uchun zaruriy shart shuki, o'tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi
Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega:
- O'z mazmuni bo'yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o'quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
- Boshlang'ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to'plangan turg'un qiziqishlari haqida hali gapirib bo'lmaydi.
- Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish
- rag'batlantirilishi kerak.
- Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmuniga va o'tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
Matematika o‘qitishda mustaqil ishlar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda mustaqil ishlarni olib borish yaxshi natija beradi.
O`quvchilarga o`zlari xohlagan matematik mustaqil topshiriqlarni berish, hazil masalar bilan ishlash, mantiqiy testlar orqali sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etish lozim.
Turli fazoviy va yassi figuralarni yasash, geometrik jismlar haqida ma`lumotlar o`rganish, albatta kengaytirilgan holda tashkil etish mumkin.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |