TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda (muddati oʻtgan kredit), Qarz oluvchi Kreditorga butun kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining 14% miqdorida foiz toʻlaydi.
Mazkur shartnomada koʻrsatilgan muddatda kredit ajratilmaganda, Kreditor qarz oluvchiga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,2 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 % dan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.
Tomonlarning foiz yoki penyalar toʻlashi shartnoma shartlarini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Mazkur shartnomada belgilanmagan holatlar uchun javobgarliklar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.
FORS-MAJOR HOLATLAR
Agar shartnoma imzolangandan soʻng, Tomonlarning erki va istagiga bogʻliq boʻlmagan hamda oldindan koʻra bilib yoki oldini olib boʻlmaydigan, favqulodda vaziyatlar oqibatidagi yengib boʻlmas kuch tufayli Tomonlar mazkur Shartnoma boʻyicha olgan majburiyatlarini qisman yoki toʻliq bajara olmasalar (fors-major), buning uchun ular javobgar boʻlmaydilar.
Taraflar fors-major holatlari vujudga kelganligi va tugaganligi haqida imkon qadar zudlik bilan yozma ravishda bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.
Fors-major holatiga asoslanayotgan Tomon, vakolatli davlat idorasining bunday xolatlarni vujudga kelganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatini taqdim etishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |