Ish turi: Oraliq nazorat O‘tkazilgan sana


yangi vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan


Download 25.5 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi25.5 Kb.
#1437938
1   2
Bog'liq
psixologiya

yangi vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan; notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynaladigan; o‘z kuchiga ishonmaydigan; yolg‘izlikka oson ko‘nikuvchan; muvaffaqiyatsizlikda o‘zini ezilgan va betoqat sezuvchi; o‘z- o‘zi bilan ovora bo‘lishga moyil; tezda charchab qoladigan; nutqi sekin, zaif, ba’zan pichirlash darajasiga tushadigan; suhbatdoshi xarakteriga moslashadigan; hissiyotga beriluvchan; ma’qullash va tanbehga nihoyatda ta’sirchan; o‘ziga va atrofdagilarga yuksak talablar qo‘yadigan; shubha bilan qarashga, badgumonlikka moyil; haddan tashqari ta’sirlanuvchan va azoblanuvchan. Demak ko‘rinadiki, profilaktika inspektori ko‘proq melanxolik tipiga mansub hisoblanadi. Bunday shaxslar muloqotda mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, tez o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan bo‘ladi. Ular o‘zini baholash darajasi juda past, uyatchan, guruhda doim chetda bo‘ladi. Bu temperament egalari o‘ziga ishonmaydi, kamchiliklarni ko‘paytiradi, o‘zini omadsiz deb o‘ylaydi, pessimist hisoblanadi. Melankolik odamlar uchun oddiy hayot uchun uyatchanlikni yengish kerakligi tavsiya qilinadi. Buning uchun imkon qadar tez-tez turli tadbirlarda qatnashishga harakat qilishlari kerak. Shuningdek, tanishlar orttirish, ko‘proq muloqot qilish kerak. Bunday odamlar uchun o‘z qadr-qimmatini doimiy ravishda oshirish juda muhimdir.
Endi bunday vaziyatga tushmaslik uchun nimalar qilish kerakligi to‘g‘risida gaplashamiz. Bunday omma oldida chiqishlarga tayyorgarlik avvalo nutqni to‘g‘ri tayyorlashdan boshlanadi. Ma’ruzachining matni qanchalik ajoyib ko‘rinmasin, uning ortida ajoyib mehnat va uzoq soatlik mashg‘ulotlar yotganini tushunishimiz kerak. Shunday ekan bunday tadbirga borishdan oldin yaxshilab, tayyorlanib boorish kerak. To‘g‘ri profilaktika inspektorining vazifalari ko‘lami ko‘pligi bois vaqti bo‘lmasligi mumkin lekin hech bo‘lmaganda yarim soatini nutqini tayyorlash uchun ajratishi kerak hamda o‘zini psixologik jihatdan tayyorlab o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otib olishi kerak. Notiqlikning har bir muvaffaqiyatli namunasi nutqni tayyorlashdan boshlanadi. Bir marta Mark Tven yaxshi sababga ko‘ra, ekspromt tayyorlash uchun taxminan uch hafta davom etishini aytdi. Har qanday nutq, uning turi va ko‘zlangan maqsadidan qat’i nazar, oldindan tayyorlanishi kerak. Buning uchun biz quyidagi pozitsiyalar bo‘yicha qaror qabul qilishimiz kerak: Nutqni tinglash uchun kelgan odamlarning motivatsiyasini tushunish, ularni biz haqimizdagi fikri va agar fikri negativ bo‘lsa u fikrni o‘zgartirishga harakat, ko‘proq ular bilan jonli muloqot orqali, psixologik metodlarni qo‘llagan holda olib borilishi kerak. Agar ularga sizni fikringiz qiziq tuyulmasa unda ularni turli usullar bilan qiziqtirish, hayotiy misollar va ularni o‘ylashga harakatga undash orqali ularni ruhiyatiga kirib borish va pozitiv fikrlar uyg‘ota bilish kerak. Nutqning asosiy g‘oyasini aniqlash, ya’ni o‘sha g‘oyadan chetga chiqib ketmasdan nutq so‘zlash. Ko‘p chetga chiqilsa ham ko‘zlangan maqsadga yetmay qolish mumkin. Kalit so‘zlarni belgilash orqali ular ongiga psixologik ta’sir o‘tkazish, ya’ni tinglovchilar aslida nima haqida ekanligini yaxshiroq eslab qolishlari uchun ularni nutqda bir necha marta takrorlash kerak bo‘ladi. Har bir nutq aniq reja va tuzilishga ega bo‘lishi kerak. Nutq kirish, asosiy qism va xulosalardan iborat bo‘lishi kerak. Nutqning boshlanishi va oxiriga alohida e’tibor berilishi kerak. Aynan ular so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotda asosiy rol o‘ynaydi. Kirish so‘zlovchining birinchi taassurotini shakllantirishga yordam beradi va tinglovchilarga olingan ma’lumotlarni birlashtirishga imkon beradi. Oxiriga kelsak, butun nutqni umumlashtirish, asosiy fikrlarni ta’kidlash va ko‘tarilgan muammolarni esga olish muhimdir. Oxirgi iboralar ma’lum bir emotsional xabarga ega bo‘lishi va ifodali bo‘lishi kerak, faqat shu tarzda tinglovchi nafaqat so‘zlovchini qarsaklar bilan taqdirlashi, balki uning g‘oyalarini izdoshiga aylanishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA ELEKTRON MANBALAR RO`YXATI:


1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: O’qituvchi nashriyoti 1994 yil.
2. Goziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001
3. Nemov R.S. «Psixologiya». Kn.1. - M., 2003
4. Gamilton. Ya.S. ―Chto takoe psixologiya‖. ―Piter‖, 2002
5. Andreeva G. M. Aktual’nie problemi sotsial’noy psixologii. M. IzdMGU. 1998
6. P. S. Ergashev. Muloqot psixologiyasi (ma’ruzalar to‘plami).T. 2003. ToshDPU.
7. www.lex.uz
8. www.wikipediya.com
9. www.arxiv.uz
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling