Ўқиш ва она тили дарсларида ўқувчиларни ижодий фикрлашга ўргатиш усуллари
O’quvchilar inshosini tahlil qilish
Download 0.57 Mb.
|
¡ èø âà îíà òèëè äàðñëàðèäà ¢ óâ÷èëàðíè èæîäèé ôèêðëàøãà ¢ðãàòèø
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatishda ona tili darslarida biluv topshiriqlari tiziminidan foydalanish
O’quvchilar inshosini tahlil qilish. Nutq o’stirish metodikasida o’quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O’quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: 1. Insho mavzusining yoritilishi (mazmun mavzuga mosmi, yetarli yoritilganmi?). Mazmun haqiqatga mos keladimi? 2. Reja, kompozistiya, izchillik (reja to’g’ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo’qmi, zarur o’rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi?). Asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi? 3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi; uslubda xatoga yo’l qo’yilmaganmi; insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi? Badiiylik elementlari bormi?) 4. Insho hajmi (so’z, gap soni; lakonizm yoki ko’p so’zlilik). 5.Leksika (so’zlardan to’g’ri foydalanish, sinonim, antonim, frazeologizmlardan foydalanish). 6. Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik konstrukstiyalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab konstrukstiyalar bormi?). 7. Imloviy va punktuastion savodxonlik, xatolar harakteri (qo’pol va juz’iy xatolar). 8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xat boshidan yozishga, sarlavhani to’g’ri joylashtirishga rioya qilish). O’quvchilar inshosiga qo’yilgan bunday talablar uni baholashga bir xilda yondashishga imkon beradi. 2.3. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatishda ona tili darslarida biluv topshiriqlari tiziminidan foydalanish. Ushbu rejamizda boshlang’ich sinf ona tili ta`limini ijodiy tashkil etishni ko’zda tutib, biluv topshiriqlarini tahlil qilamiz. Biluv topshiriqlarini to’liq tasavvur etish uchun ularni uch jihatdan–bolalarning o’quv-biluv faoliyati va biluv topshiriqlarining tiplari, ona tili o’quv predmeti tarkibiga ko’ra biluv topshiriqlari, biluv topshiriqlari tizimini loyihalash biluv topshiriqlarini ta`limga tatbiq qilishning. Hozirgi didaktik va metodik izlanishlarda ta`lim mazmuni tarkibida bilim, ko’nikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlar tizimini ajratish moyilligi kuchayib, umumiy qarash maqomini olmoqda. Bola maktabga kelgunga qadar barcha nutq tovushlarini talaffuz etishni o’rganib olgan, uning nutqi asosiy so’z turkumlariga oid so’zlar bilan boyigan, so’zdan nutq tuzish amaliyotini egallagan bo’ladi. Boshlang’ich sinf ona tili ta`limi bola maktabga kelguncha hosil qilgan nutq tayyorgarligi ustiga quriladi. Ona tili ta`limi oldingi bobda qayd qilinganidek, ikki yarusli o’quv predmetidir. O’quvchilar tilning fonetika, leksika, grammatikasiga doir juda siqiq bilimlarni egallashadi. O’quv yillari osha bolalarning ona tiliga oid nazariy bilimlari takomillashib boradi. Ona tili ta`limining bunday takomillashib borishi o’quv dasturlari bilan belgilangan. Boshlang’ich sinf ona tili dasturlari konsentrik tuzilgan. Shu tamoyilga rioya qilib, ona tili ta`limi juda oddiy bilimlardan yanada murakkab bilimlarga o’tish yo’sinida tashkil etiladi. Masalan, 1-sinfda otga oid bilimlar “Shaxs va narsalarni bildirgan so’zlar” rukni bilan o’rganilsa, keyingi sinflarda “ot” atamasi qo’llanib, otga oid bilimlar mazmun va hajmiga ko’ra yanada kengaytiriladi. Maktabda bola tilning uch tomoni-fonetik, leksik, grammatik tomonlarini, ularga bog’langan holda orfoepik, grafik, orfografik, uslubiy, prosodik, punktuasion malakalarni o’zlashtirishadi. Tilning fonetik jihatini o’zlashtirish o’quvchilar tafakkurini o’stirish bilan aloqadorlikda tashkil etish uchun har bir nutq tovushi so’z tarkibida o’rgatiladi. Nutq tovushlarini so’z tarkibida o’rgatish talabi ona tili ta`limini ijodiy tashkil etish imkoniyatini ham oshiradi. Masalan, shunday topshiriq berilgan bo’lsin: har ikkala bo’g’inida “i” harfi yoziladigan to’rtta so’z topib yozing. Bunday ijodiy ishlar bolalarda izlanish layoqatlarini tarbiyalaydi, imlo savodxonligini oshiradi, bolalar talaffuzini tartibga tushiradi. Topshiriqni bajarishda bola darslikdan o’z tezaurusidan so’zlar izlaydi. Bu o’quvchi faoliyatida izlanish layoqatini o’stiradi, bola nutqida so’zlarning faollashuviga sabab bo’ladi. Nutq tovushini so’z tarkibida o’rgatish bolalarning fonematik eshitishini taraqqiy ettirish bilan birga juda ko’p so’zlarning ma`nolarini tushunishlarini ham ta`minlaydi. Shu tufayli nutq tovushlarining so’z ma`nolarini ajratishga oid jihatlarini tahlil qilishga oid biluv topshiriqlaridan foydalanish ehtiyoji tug’iladi. Haqiqatan ham, xush (yaxshi) va hush (aql, hush), xol (yuzdagi qora nuqta) va hol (ahvol), xurma (idish) va hurma (itning vovullashi), shox (daraxt shoxi, sigir shoxi) va shoh (podshoh), xatlab (xatga olingan, yozib olingan) va hatlab (sakrash), xam (bukilgan) va ham (bog’lovchi) kabi juda ko’p so’zlarning ma`nolarini chog’ishtirish yo’li bilan aniqlash mumkin. “X” va “H” harfli so’zlarning yuqoridagi xususiyatlari asosida taqqoslashga oid quyidagicha topshiriqdan foydalaniladi. Topshiriq. Ikki ustunda “x” va “h” harfidan boshlab yozilgan so’zlar berilgan. Ularni o’zaro taqqoslab, har bir so’zning ma`nosini tushuntirishga tayyorlaning. 1-ustun 2-ustun xush hush xol hol xurma hurma shox shoh xatlab hatlab xam ham Tilimizda bir unli tovushga (bor, ber, bar, bur, bo’r, bir), shuningdek, bir undosh tovushga ko’ra (g’o’r, to’r, zo’r, ko’r, qo’r, to’r) ma`nolari farq qiladigan so’zlar ko’p topiladi. Nutq tovushlarining shu xususiyatlarini inobatga olib, biluv topshiriqlari tuzib, ta`limga tatbiq etsa, o’qitishning samaradorligi yuqori bo’ladi. Topshiriq. O’n ikkita so’z berilgan. O’ylang-chi, shu so’zlarni qanday qilib oltitadan ikki guruhga ajratib yozsa bo’ladi? g’o’r, bor, ber, bar, jo’r, zo’r, ko’r, bur, bir, to’r, bo’r. Keltirilgan topshiriqni a`lo baholarga o’qiydigan 4-sinf o’quvchilariga yuqoridagi shaklda tavsiya qilsa bo’ladi. Ammo bunday topshiriqni sinfning barcha o’quvchilari bajara olmaydi. Ana shuni hisobga olib, topshiriqni quyidagicha nutqiy ko’rsatmalar (NK) vositasida murakkabdan osonga qarab borish yo’li bilan yaxshi, o’rta, o’rtadan past o’zlashtiradigan o’quvchilarga moslashtirsa bo’ladi. 1-nutqiy ko’rsatma: o’n ikkita so’z berilgan. Ular bir unli tovushga, turli undosh tovushlarga ko’ra farq qiladigan ikkita guruhga ajratib yozish mumkin. O’ylangchi, topshiriqni qanday bajarsa bo’ladi. 2-nutqiy ko’rsatma: o’n ikkita so’z berilgan. Ularni bir unli tovushga ko’ra, bir undosh va bir unliga ko’ra farq qiladigan oltitadan so’zni guruhlarga ajratib yozing. 3-nutqiy ko’rsatma: O’n ikkita so’z berilgan. Ularni namunadagidek ikki guruhga ajratib yozing. 1-qator: bor, . . . , . . . , . . . . , . . . . , . . . . , . . . . 2-qator: g’o’r, . . . . , . . . . , . . . . , . . . . , . . . . . . Boshlang’ich sinf ona tili ta`limida so’z ma`nolari ustida ishlash alohida ahamiyatga ega. So’z ma`nolari ustida ishlash ona tili o’quv predmetining barcha tarkibiy qismlari bilan aloqadorlikda tashkil etiladi. Binobarin, so’z ma`nolarini izohlashda uning tovush tomoniga, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish hamda to’g’ri yozish, o’quvchilar nutqini o’stirish ishlari kompleks amalga oshiriladi. So’z ikki yoki undan ortiq fonemaning birikuvidan iborat. Fonema jonli nutqda turli so’z va morfemalarni farq qilish hamda ajratishning eng kichik birligidir. So’z tarkibida bironta fonema o’zgarishi bilan shu so’zning ma`nosi o’zgaradi yoki shu so’z ma`no bildirmaydigan tovushlar yig’indisidan iborat bo’lib qoladi. Ma`lum izchillikdagi nutq tovushlaridan tarkib topish so’zning navbatdagi xususiyatidir. Shu bilan birga so’z umumlashgan ma`no anglatadi. Masalan, paxta deganda, ekiladigan urug’, ko’karib turgan o’simlik, chigiti ajratilgan momiq kabilarni anglash mumkin. So’z kontekstda konkret, kontekstdan tashqari umumlashgan ma`no anglatadi. Masalan, “Quruvchilar yangi shahar yaratdi” (bunyod etmoq ma`nosida), “Rassom ishchi portretini yaratdi” (chizmoq ma`nosida), “Abdulla Qodiriy Kumush obrazini yaratdi” (yozmoq ma`nosida). “Yaratmoq” fe`li kontekstda qurmoq, chizmoq, yozmoq ma`nolarini anglatadi. So’z ma`nolarini nutq tarkibida o’rgatish yo’li bilan bolalar so’z, so’z birikmalarini to’g’ri qo’llash malakalarini ham egallab olishadi. Hozirgi boshlang’ich sinf darsliklarida so’z ma`nolarini ijodiy o’rgatishga mo’ljallangan mashqlar berish odat tusini olib bormoqda. Masalan, 1-sinf Ona tili darsligida so’zlar “shaxs, narsa, harakat, belgi, miqdor ma`nolarini bildiradi” degan metodik aniqlik keltirilgach, 91-mashq berilgan. So’zlarni o’qing. Bu so’zlar qanday ma`noni bildiradi? Qizil, ko’za, o’n, soch, Toshkent, Qarshi, Gulsara, kuldi, katta, yetti, bodom, ochildi, shirin, uxladi, ishchi, Zebiniso, Marg’ilon, besh. Mashqni bajarish uchun quyidagi jadval keltirilgan. 6-jadval
Jadval bo’yicha o’quvchilar bajargan ijodiy ish quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. 7-jadval
Berilgan so’zlarni ma`nolari bo’yicha guruhlarga ajratib yozish 1-sinf o’quvchilari uchun ijodiy ish sanaladi. Topshiriqni bajarishda o’quvchilar so’roqlar va so’z ma`nolari tushunchalariga asoslanib faoliyat ko’rsatishadi. Keltirilgan ijodiy ishni davom ettirish ham mumkin. Bunda bolalar bajaradigan ijodiy ish quyidagi talablar bo’yicha davom ettiriladi: har bir so’roqqa o’zingiz istagancha so’z topib yozing; uyda jadvalning har bir bo’limiga bittadan so’z topib yozing; o’zingiz yozgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Biluv topshiriqlari vositasida qarama-qarshi, o’zaro yaqin ma`noli so’zlar bo’yicha ham bilishga oid topshiriqlar tuzib, ta`limga tatbiq qilish bolalarda izlanish layoqatlarini o’stiradi. Bunda ot so’z turkumiga oid so’zlar beriladi. Bolalar predmetning belgisi, harakatini bildirgan so’zlarni izlab topishadi, gaplar tuzishadi. Topshiriq. Ikkinchi ustundagi so’zlarning ma`nolarini mos belgi va harakatiga oid so’zlar topib yozing. 1-ustun 2-ustun 3-ustun . . . . . . . daraxt . . . . . . . . . . . . . . . bino . . . . . . . . . . . . . . . lola . . . . . . . . . . . . . . . shamol . . . . . . . . Uchala ustundagi so’zlardan foydalanib, quyidagi gaplarni tuzish osonlashadi. Tuzilgan gaplar tahlilidan narsani bildirgan so’zlardan oldin belgi, undan keyin harakatni bildirgan so’zlarning kelishini anglab olishadi: Kattakon daraxt gulladi. Ko’rkam bino qurildi. Qip-qizil lola ochildi. YOqimli shamol esdi. So’zlarni ma`nolariga ko’ra guruhlarga ajratishga oid biluv topshiriqlari o’quvchilar diqqatini so’z ma`nolariga tortishning faol usuli hisoblanadi. SHunday so’zlar berilgan bo’lsin: quyosh, maysa, chiqdi, bolalar, ko’m-ko’k, quvnoq, ko’kardi, o’ynadi, qizarib. O’ylangchi, shu so’zlarni qanday qilib uch guruhga ajratib yozish mumkin. Bolalar topshiriqni bajargach, shu so’zlar ustida ishni davom ettirish mumkin. Buning uchun yana bir biluv topshirig’i tashkil etiladi. Topshiriq. So’zlardan foydalanib, quyosh, bolalar, maysalar to’g’risida uchta gap tuzing. O’quvchilar: “Quyosh qizarib chiqdi. Ko’m-ko’k maysalar ko’kardi. Quvnoq bolalar o’ynadi” kabi gaplarni tuzishadi. So’z ma`nolarini ajratishda taqqoslash usuli bilan bajariladigan biluv topshiriqlari alohida ahamiyatga ega. Shunday topshiriqlar berilgan bo’lsin. Topshiriq. O’qing. (issiq, qisqa, katta, uzoq, kichik, yaqin, uzun, sovuq). Shu so’zlarni qanday qilib to’rt juft qarama-qarshi ma`noli so’zlarga ajratish mumkin? Bolalar qavs ichida berilgan so’zlarning birinchisi (issiq)ni tanlab, unga qarama-qarshi ma`noli so’z (sovuq)ni, ikkinchi so’z (qisqa)ni tanlab, unga qarama-qarshi ma`noli so’z (uzun)ni, uchinchi so’z (katta)ni tanlab, unga qarama-qarshi ma`noli so’z (kichik)ni, to’rtinchi so’z (uzoq)ni ajratib, unga qarama-qarshi ma`noli so’z (yaqin)ni tanlashadi. Shu yo’l bilan to’rtta zid ma`noli so’zlar juftligi hosil qilinadi. Topshiriq. Dumaloq, kuldi, yurdi, keldi so’zlariga zid ma`noli so’zlar topib yozing. Topshiriqni bajarib, dumaloq-uzun, kuldi-yig’ladi, yurdi-to’xtadi, keldi-ketdi juftliklari hosil qilinadi. Bu ko’rinishdagi biluv topshiriqlari o’quvchilarning so’z ma`nolarini anglashlarini ta`minlaydi, bolalarda so’zga munosabatni tarbiyalaydi. Ona tilidan o’rganiladigan bilim, hosil qilinadigan malakalar o’quvchilarda nutqni, nutq madaniyatini taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf ona tili predmeti amaliy o’quv predmeti bo’lganligi tufayli situativ nutq tuzish malakalarini rivojlantirishni taqozo qiladi. Adabiyotlarda ona tilidan shakllantiriladigan malakalar ikki guruhga ajratib o’rganiladi. Jismoniy malakalar. Nutq organlari, qo’l mushaklari harakatiga mansub malakalar jismoniy malaka sifatida qaraladi. Bular o’z navbatida ikki guruhga bo’lib o’rganiladi: og’zaki nutqqa doir malakalar. Aytish, eshitish, tinglash, talaffuz qilish bo’yicha hosil qilinadigan jismoniy malakalar; yozma nutqqa oid malakalar-bular uch guruhga bo’linadi: yozish malakalari; aqliy malakalar-fahmlash, bilish, tushunishga oid malakalar, baholay olish malakalari. Binobarin, yozish, aqlni ishlatish, tushunish malakalari o’zaro uzviy bog’langan; esga tushirish malakalari jismoniy malakalar bilan aloqador bo’lib, tildagi an`analarga rioya qilish malakalari kiradi. Haqiqatan ham o’zbekning salomlashishi milliy an`analarimiz talablariga binoan tuzilishi va u boshqa millat nutqidagi an`analardan farq qiladi. Nutq o’stirishning pirovard maqsadi o’quvchilarda bog’li nutq malakalarini takomillashtirishdir. Kishi ko’pincha o’z fikrlari, qarashlari, mulohazalarini bog’li nutq shaklida beradi. Chunki ma`lum bir situativ hodisaning mazmuni gap doirasiga sig’maydi. Shundan bog’li nutqqa ehtiyoj tug’iladi. Mantiqan o’zaro bog’langan, bir-birini to’ldiradigan, izohlaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan xatboshiga bo’linadigan, monolog ko’rinishidagi nutqni bog’li nutq deb tushunamiz. Bola tuzadigan bog’li matn ham grammatik tomondan (nutqning lug’at tarkibi, so’z ma`nodoshlari, gapda so’zlarning bog’liqligi, gaplar o’rtasidagi ketma-ketlik), ham mantiqiy tomondan (mavzuning asosiy g’oyasini ochish, fikrni mantiqiy izchillikda bayon qilish) hisobga olinishi zarur. Nutq maqsadga muvofiq so’z tanlash, tanlangan so’z yordamida tahlil qilinayotgan sohaning turli belgilarini ifodalayotgan gap tuzish, gaplarni mantiqan bog’lash, gap va xatboshilardan yaxlit matn hosil qilish bog’li nutqning asosiy shartlaridir. Joylarda o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, o’quvchilarning yozma ishlarini tahlil etish shuni ko’rsatadiki, bolalar boshlang’ich sinfda gap tuzish va o’z fikrini mantiqiy izchillikda bayon qilishga ancha qiynalishadi. Gap va bog’li nutq ustida ishlash qandaydir ma`lum vaqtdagina emas, balki butun o’quv yili mobaynida o’tkaziladigan davomli mashq bo’lishi lozim. Boshlang’ich sinf o’quvchilari sintaksis elementlari bilan ta`limning ilk kunlaridanoq tanisha boshlaydi. Bolalar dastlab 1-sinfda nutq birligi-gap to’g’risida, gapning bosh harfdan boshlanishi va uning oxiriga nuqta qo’yilishi to’g’risida ilk ma`lumot olishadi. Keyingi sinflarda gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, ularning ohangi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari bilan tanishadi. Gap bo’yicha o’tkaziladigan darslarda, bolalar, gap so’zlardan tuzilishi, unda kim yoki nima haqida aytilganini, shuningdek, gapda nimalar xususida fikr yuritilganligini, gapda so’zlarning o’zaro qanday bog’langanligi va bu bog’lanishni so’roqlar yordamida aniqlash mumkinligini o’zlashtirishadi. Bola o’z fikrini gap vositasida ro’yobga chiqarish yo’li bilan tilning grammatik qurilishini amaliy o’rganadi. U gap tuzish malakasini egallagan sari bog’li nutq tuzishni ham bilib oladi. Bog’li nutq o’stirishning ham o’ziga xos usullari bor. Mazmun jihatidan ajratilgan gap, xatboshilarni mantiqan qo’shib, yiriklashtirish, grammatik vazifali hikoya, matn yaratish, ish qog’ozlari, bayon, insho yozdirish yo’llari bilan bog’li nutq o’stiriladi. Gap va bog’li nutq ustida ishlash usullariga rioya qilib, biluv topshiriqlari ta`limga tatbiq qilinadi. Namuna tariqasida mazmunan ajratilgan sodda gaplarni moslari bilan birlashtirib, yirik nutq birligiga aylantirishga oid biluv topshirig’ini keltiramiz. Topshiriq. Chap tomondagi gaplarga o’ng tomondagi gaplardan mosini qo’shib, qayta gap tuzing. Qo’ng’iroq chalindi Gullar ochildi Chol qo’lini ko’tardi Yiqilib tushdi Bola yugurdi Duo qildi Bahor keldi Dars boshlandi Bunday biluv topshirig’ini bajarishda 2-sinf o’quvchilari gaplarni mazmun jihatidan birlashtirib, yanada yirikroq nutq birligiga aylantiradi: Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi. Chol qo’llarini ko’tarib, duo qildi. Bola yugurdi va yiqilib tushdi. Bahor kelib, gullar ochildi. Ushbu sodda gaplarning mazmuni va ularni o’zaro birlashtirish usuliga rioya qilib, biluv topshirig’i bajariladi. Ona tilini o’qitish jarayonida bolalarning prosodik malakalari ham tarkib toptiriladi. Prosodik malakalarni hosil qilishda ona tilining imkoniyatlari nihoyatda ko’p: fonetika materiallari bo’yicha unli va undosh, jarangli va jarangsiz, undosh tovushlar, bo’g’in tushunchasi bilan aloqadorlikda urg’u, so’z urg’usi, gapda logik urg’u, darak, so’roq, undash ohangi ustida ishlash jarayonlarida prosodik malakalar rivojlantiriladi. Tilimizda birinchi bo’g’inga urg’u tushadigan so’zlar ham ancha topiladi (hamma, barcha), shuningdek, oxirgi bo’g’inga urg’u tushmaydigan (kimdir, nimadir) so’zlar ham mavjud. Quyida boshlang’ich sinf o’quvchilarida prosodik malakalarni rivojlantirishga mo’ljallab tuzilgan biluv topshiriqlaridan namunalar keltiramiz. 1.”I” unlisi talaffuz qilinganda, og’iz biroz ochiladi. Tilning uchi pastki jag’larga kelib tegadi. Ichingizda beshgacha sanab, “i” tovushini talaffuz eting. Tinglangchi, “i” tovushi yoqimli eshitilarmikan1 . 2. “E” unlisi talaffuz qilinganda, og’iz “i” tovushini aytgandagidan kattaroq ochiladi. Oldin “e” tovushini, keyin “i” tovushini, oxirida “ie”, “ei” birikmalarini to’rt martadan ayting. 3. “A” tovushini talaffuz etganda, og’iz “e” tovushini aytgandagidan kattaroq ochiladi. O’ng qo’lingizdagi besh barmog’ingizni bukkancha sanab, a unlisini cho’zib talaffuz qiling. “Ae”, “ea”, “ai”, “ia” birikmalarini uch-to’rt martadan ayting. 4. “O” unlisini talaffuz etganda, og’iz keng ochiladi. “Oa”, “ao”, “ea”, “ae”, “ai”, “ia” birikmalarini uch martadan ayting. 5. “U” unlisini talaffuz etganda, og’iz o’rtacha ochiladi. “Uo”, “ou”, “ua”, “au”, “ui”, “iu”, “ue”, “eu” bir necha martadan ayting. 6. “O’” unlisini talaffuz qilganda og’iz “u” unlisini talaffuz qilgancha nisbatan kengroq ochiladi. “O’u”, “uo’”, “uo”, “ou”, “o’a”, “ao’”, “o’i”, “io’”, “o’e”, “eo’” birikmalarini qayta-qayta ayting. Keltirilgan topshiriqlarni 2-3-sinf darsliklariga qo’shimcha sifatida ishlatsa bo’ladi. Ularning ijrosi ko’p vaqtni olmaydi. Shuningdek, bunday topshiriqlar bolalarda ona tiliga qiziqishni oshiradi, unli tovushlar, ularning artikulyasiyasini ongli egallashga olib keladi. Bunday topshiriqlardan foydalanish o’quvchilarning fonematik eshitishini, diksiyasini taraqqiy ettiradi. Eng asosiysi bu xildagi biluv topshiriqlari ayrim talaffuzi va imlosi qiyin so’zlarni propedevtik-oldindan o’zlashtirishga shart-sharoit yaratadi. Shunday so’zlarga misollar keltiramiz: matbaa, maosh, san`at, mudofaa, Saida, itoat, bois, jamoat, doir, oila, muallim, shoira, matbuot, muammo, muomala, shoir, Saodat, Ismoil, dialog, pauza, istiora, teatr. Metodik adabiyotlarda til o’qitishda ikki narsa: bilimlar va malakalar hisobga olinadi. Ammo bolada kishilar bilan aloqa qilish yo’li bilan yoshligidan shakllana boshlagan uchinchi narsa-nutq qobiliyati e`tibordan chetda qoladi. Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish uchun quyidagi prosodik o’quv topshiriqlaridan foydalansa bo’ladi. 1. Bir necha kun ikkita o’rtog’ingizning nutqini kuzatib yuring. Ular nutqining o’xshash va farqli tomonlarini aniqlang. O’rtoqlaringizdan qay biri tez, baland ovoz bilan gapiradi. O’rtoqlaringizdan kim past ovoz bilan sekin, ammo burro-burro gapiradi. 2. O’rtoqlaringizdan birining nutqini o’z o’rtoqlari bilan suhbatlashayotganda, o’qituvchining savollariga javob berayotganda kuzating. Shu o’rtog’ingizning nutqida do’stlari bilan erkin suhbatlashayotganda, o’qituvchi savollariga javob berayotgan holatda qanday o’zgarishlar bo’lganini aytib berishga tayyorlaning. 3. Talaffuz paytida sinf xonasidan turib hovlida o’ynayotgan o’rtoqlaringizning ovozini tinglang. Eshitilgan ovoz kimning ovozi ekanligini ajratib (bilib) olishga harakat qiling. 4. Kimlarni ovozidan taniysiz? 5. Sinfda eng yaxshi gapiradigan o’rtog’ingiz va o’qituvchining nutqiga taqlid qilib gapiring. 6. O’zbek tilida gapiradigan rus, qozoq, tatar o’rtog’ingiz bormi? Shu o’rtoqlaringiz nutq tovushlaridan qay birini noto’g’ri talaffuz qiladi? Ularga qanday yordam bersa bo’ladi? 7. Televizordan bolalar uchun beriladigan ko’rsatuvlarni kuzatib boring. Personajlarning (bo’ri, quyon, echki, echki bolasi) nutqidagi farqlarni aytib berishga, ularning nutqini takrorlashga tayyorlaning. 8. O’qituvchining nutqini kuzating. O’qituvchi mavzuni tushuntirish paytida qanday gapiradi. O’qituvchingiz so’roq gaplarni qanday ohangda aytadi? Yuqorida o’quvchilarning kuzatuvchanligini oshirishga qaratilgan biluv topshiriqlaridan namunalar keltirildi. Ularning ba`zilaridan sinfda, ba`zilaridan uy topshirig’i sifatida foydalanish mumkin. Boshlang’ich ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining eng muhim bo’g’inlaridan biri bo’lib, bu bosqichda bolalarning dunyoqarashi, didi, olamni anglashga bo’lgan bilish imkoniyatlari taraqqiy etib, nutq ko’nikmasi shakllanadi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish boshlang’ich ta`lim oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Keyingi yillarda ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlar o’qitish jarayoniga bir qator kechiktirib bo’lmaydigan vazifalarni qo’ymoqda. Bunday vazifalar sirasiga o’quvchilarda mustaqillikni shaxsiy sifat shaklida shakllantirish, o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish kabilar kiradi. Shunday ekan, biz, o’quvchini qanday qilib mustaqil fikrlashga o’rgatamiz? Mustaqil fikrlash inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki erkin fikr yuritish nafaqat o’quv predmetini o’zlashtirishga, ayni paytda o’quvchi tafakkurini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash–bu inson sezgi organlari va aqliy faoliyatining birligi o’laroq, mustaqil ravishda tahlil qilish, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish, taqqoslash, aniqlashtirish, mavhumlashtirish kabi fikriy operatsiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan aqliy faoliyatdir1. Ma`lumki, o’quvchilarda mustaqillikni shakllantirishning bir qancha vositalari mavjud. Ona tili o’qitish jarayonida o’quvchilarda mustaqil fikrlashni quyidagi usullar asosida takomillashtirish mumkin: turli didaktik o’yinlarni tashkil qilish; rasm asosida matn yaratish; voqea-hodisalarga munosabat bildirish; so’z ma`nolari ustida ishlash orqali. Yuqorida sanab o’tilgan usullarning har biri o’quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakllantirishda o’z o’rni va mavqei bor. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling