Ўқиш ва она тили дарсларида ўқувчиларни ижодий фикрлашга ўргатиш усуллари
Voqea-hodisalarga munosabat bildirish
Download 0.57 Mb.
|
¡ èø âà îíà òèëè äàðñëàðèäà ¢ óâ÷èëàðíè èæîäèé ôèêðëàøãà ¢ðãàòèø
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z ma`nolari ustida ishlash.
- «mashshoq va mashoq»
- «mashshoq»
Voqea-hodisalarga munosabat bildirish. O’quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda eng samarador usullardan biri sanaladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida voqea-hodisalarga munosabat bildirish malakasi hali shakllanmaganligi uchun bu usuldan foydalanish o’qitvchilarga bir oz bo’lsa-da, qiyinchilik tug’diradi. Har bir voqea-hodisaga munosabat bildirishda o’quvchining o’zi ijodiy va mustaqil fikr yuritadi. Ma`lum bir voqeaga o’zining ijobiy yoki salbiy munosabatini bildiradi. Bu jarayonda o’quvchining so’z boyligi alohida ahamiyat kasb etadi. Agar o’quvchining nutqida ma`nodosh, shakldosh, uyadosh so’zlar ko’p bo’lsa, voqeani tasvirlash jarayoni rang-barang bo’lib, ta`sirchanlik oshadi. Mazkur usulning vazifasi ham o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga xizmat qilish.
Ushbu usul uchun tanlanadigan mavzular bevosita o’quvchilarning o’zlari ishtirok etgan, o’z ko’zlari bilan ko’rgan shu bilan birga, ular tasavvur qila oladigan voqea-hodisalar bo’lishi lozim. Masalan, «Ta`tilda», «Mening maktabim», «Oila», «Do’stlikda hikmat ko’p», «1 sentyabr –Mustaqillik kuni», «1 oktabr –Ustoz va murabbiylar kuni» va hk. So’z ma`nolari ustida ishlash. Boshlang’ich sinflarda so’z ma`nolari ustida ishlash zaruriy hodisa bo’lib, unda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning dunyoqarashi rivojlanadi hamda ular nutqida mavjud bo’lgan noaniq so’zlarga aniqlik kiritiladi. Boshlang’ich sinf darsliklarida ko’plab shu yoshdagi o’quvchilar tushunishi qiyin bo’lgan so’zlar uchraydi. Masalan, o’jar, vodiy, chanoq, palak, tarang («Alifbe»), daho, nahor, navqiron dilbandi (1-sinf ona tili darsligi), zarang, egat, vahm, po’lat qanotlar, nurli peshona (2-sinf), samoviy, nigoh tashlab, og’och, dovon, sohil, suruv, bepoyon, jimit (4-sinf). Yuqoridagilardan ma`lum bo’ladiki, boshlang’ich sinflarda so’z ma`nolari ustida ishlash dolzarb muammo ekanligi ayonlashadi. So’z ma`nolari ustida ishlashda o’qituvchilar har bir so’zning izohiga alohida e`tibor berishlari lozim. Ko’p ma`noli va bir ma`noli so’zlarning ma`nosini tushuntirganda mazkur so’zning nutqda qo’llanish holatiga mos gaplar bilan tushuntirilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshlang’ich sinf ona tili darsliklarida ijodiylik, o’quvchini mustaqil ishlash ko’nikmasini shakllantirishga keng ahamiyat berilgan. Mashqlar uchun tanlangan matnlar ham o’qituvchidan yuksak bilim va mahorat talab qiladi. 4-sinf ona tili darsligi (Mualliflar: R.Ikromova va boshqalar.)da berilgan 100-mashqqa e`tibor qaratsak: «Mazkur mashqda qo’sh undoshlar va ularning qo’llanishiga oid so’zlar berilgan». Berilgan so’zlar ichida «mashshoq va mashoq» juftligi ham mavjud. O’qituvchi yuqorida keltirilgan so’zlarning imlosi bilan birga ularning ma`nosini ham izohlab berishi zarur. Ushbu so’zlarning ma`nosini izohlab ko’rsatishi uchun o’qituvchida yetarli bilim bo’lishi lozim. Bunday mashqlar o’qituvchidan «Izohli lug’at»lar bilan ishlashni talab etadi. Demak, «mashshoq» deyilganda cholg’uvchi, sozanda tushunilsa, «mashoq» bug’doy o’rim-yig’imidan so’ng yerga to’kilgan boshoqlar tushuniladi. Mana shunday o’quv topshiriqlarini bajarish uchun o’qituvchidan puxta bilim va mahorat talab etiladi. Boshlang’ich sinf darsliklarida bunday tipdagi mashqlarni istagancha topish mumkin. Umumiy o’rta ta`lim maktablarida ona tili o’qitishdan maqsad tilga oid dastlabki tushunchalar bilan tanishtirish hamda o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishdir. Negaki, o’quvchilarga til hodisalari yaxshi tushuntirilmasa, kelajakda ularning nutqiga, dunyoqarashiga ta`sir ko’rsatishi mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z ma`nolari ustida ishlashga odatlanishi zarur. Chunki boshlang’ich sinf o’quvchilarining ongida barcha so’zlarning ma`nolari haqida tasavvur mavjud emas. Bundan tashqari, ularda abstrakt tafakkurga nisbatan ko’rgazmalilik ustunlik qiladi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarda ko’rgazmalilikka tayangan holda abstrakt tafakkurni shakllantirishdir. Bu ishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish uchun so’z ma`nolari ustida ishlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ta`lim mazmunini o’rganish jarayonida bajaradigan ishiga ko’ra biluv topshiriqlarining to’rt turini farqlaymiz. 1. Yangi bilimlarni qayd etishga oid biluv topshiriqlari. Bu tipdagi topshiriqlarni bajara turib, bolalar o’rganilayotgan hodisaning yangi nuqtai nazarini mustaqil belgilab, undan yangi xulosa chiqarishadi. Masalan, 2-sinf o’quvchilariga quyidagicha topshiriq berish mumkin. Ikki ustunda so’zlar (otlar) berilgan. Ularni o’zaro taqqoslab, farqlarni aytib berishga tayyorlaning. 1-ustun 2-ustun bola bolalar daraxt daraxtlar gul gullar Ikkinchi ustundagi otlar nimasi bilan birinchi ustundagi otlardan farq qiladi? 2. Ko’nikma va malakalarni yanada takomillashtirishga oid biluv topshiriqlari. Ular vositasida hosil qilingan malakalar yanada takomillashtiriladi, mavzuga oid yangi dalillar to’planadi. Tasavvur qiling: bolalar atoqli otlarni o’rgangan bo’lsa-da, qishloq nomlarining yozilishini hali o’rganishmagan. Shunday holatda bolalar diqqatini matnga tortsak. Matnda qishloq nomlari ham bor. Topshiriq: matnni o’qib, qishloq nomini bildirgan so’zlarni yozing. O’zingiz yozgan so’zlardan qanday xulosa chiqarish mumkin. 3. Ijodiy faoliyat tajribasini o’zlashtirishga oid biluv topshirig’i. Bu xildagi topshiriq vositasida bolalar yangicha faoliyat tajribasini egallab olishadi. 4. Tilga munosabatni shakllantirishga oid biluv topshiriqlari. Bolalar o’zlari, o’rtoqlari tuzgan matnlarni tanqidiy baholab tekshiradi. Bunday topshiriqlar bolalarda tilga munosabatni tarbiyalaydi. Ta`lim mazmunini mustaqil o’rganish jarayonida bajaradigan ishini hisobga olib, biluv topshiriqlarining 4 turi ajratiladi. 1. Ona tilidan o’rganilayotgan mavzuga oid nutq tovushi, so’z, so’z birikmasi, gap va shu kabilarni matndan ajratish, ajratilgan obyektni tahlil qilish, uni oldin o’rganilgan obyektlar bilan taqqoslash, taqqoslash yo’li bilan mustaqil xulosa chiqarish, chiqarilgan xulosani darslikda berilgan ta`rif, qoida, aniqlik bilan chog’ishtirish. Dastlabki tur biluv topshiriqlari amaliy faoliyatdan boshlanib, xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. 2. O’rganilgan bilimni yangi o’quv sharoitiga tatbiq qilishga oid biluv topshirig’i. Biluv topshiriqlarining ikkinchi turini ta`limga tatbiq etish yo’llarini oydinlashtirish uchun birinchi va ikkinchi tur biluv topshiriqlariga misollar keltiramiz. 1-topshiriq. Sinfni kuzating. Ko’zingizga ko’ringan jonli va jonsiz predmetlarning nomini yozing. 2-topshiriq. O’ylang. O’zingiz yozgan so’zlarni qanday qilib ikki guruhga ajratib yozsa bo’ladi. 3-topshiriq. 12 ta so’z berilgan (o’quvchi, daftar, kitob, doska, o’qituvchi, agronom, chizg’ich, bola, rassom, qalam, kundalik, shoir). Shu so’zlarni qanday qilib ikki guruhga ajratib yozsa bo’ladi. 1- va 2-topshiriqlar yangi mavzuga oid obyektlarni tanlash ularni ikki guruhga ajratib yozish usulini aniqlash bilan, 3-topshiriq esa otlarni so’roqlariga ko’ra ikki guruhga ajratish usulini yangi o’quv holatiga tatbiq qilish bilan izohlanadi. O’quvchi 1-tur biluv topshirig’ida amaliy faoliyat asosida xulosa chiqarishga, 2-tur biluv topshirig’ida esa o’rganilgan bilimni esga tushirishdan va uni yangi o’quv holatiga tatbiq qilishga qarab boradi. 3. Biluv topshiriqlarining 3-turi ikki yoki undan ortiq mavzu doirasida o’tkazilib, umumlashtiruvchanlik xususiyatiga ega. Masalan, 3-sinfda ot, sifat, son, fe`l so’z turkumlarini o’rgatish yakunlangach, quyidagicha umumlashtirish tipidagi biluv topshiriqlaridan foydalanish mumkin. 1-topshiriq. Savollarga mos misollar o’ylab yozing. Kim? Qanday? Nechanchi? Nima qildi? . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . O’zingiz yozgan so’zlarni qayta tahlil qilib, har bir so’z turkumining ta`rifini esga tushiring. 2-topshiriq. Matnni o’qib, ot, sifat, son, fe`llarga oid to’rttadan so’z ajratib yozing va so’roqlarini aniqlang. 4. Biluv topshiriqlarining 4-turi o’z bilimlarini xolisona baholash, o’rtoqlari erishgan natijalarni tahlil qila olish layoqati bilan daxldor. Shunday qilib, biluv topshiriqlarini ikki jihatdan ta`lim mazmuni va o’quvchilar faoliyati nuqtai nazaridan ko’rib chiqdik. Endi biluv topshiriqlari mohiyatini yanada aniqlashtirish maqsadida ularning xususiyatlarini jadval shakliga keltiramiz. 5-jadval
Biluv topshiriqlari o’quv muammolari va mashq o’tkazishga mo’ljallab tuzilgan topshiriqlar o’rtasidagi oraliq halqa bo’lib, o’quvchilar tafakkurini o’stirishning eng unumdor vositasi sanaladi. Ular o’quvchilarda bilim, faoliyat usuli, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlarni o’zlashtirishda ijodiy layoqatlarni tarbiyalashning yetakchi vositasi hisoblanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling