Ish vaqti sarfini kuzatish uslublari
Ish vaqtining haqiqiy va normalashtirilgan balanslari
Download 51.69 Kb.
|
ISH VAQTI SARFINI KUZATISH USLUBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish vaqtining shaxsiy fotografiyasida aniqlangan ish vaqti nobudgarchiligini qisqartirish maqsadida 2001 yil 24 fevralda o‘tkazilgan tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar
Ish vaqtining haqiqiy va normalashtirilgan balanslari
Sana 24.02.2001 Kuzatuvchining imzosi 5-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanilganda ish vaqtidan foydalanishning foiz ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ladi: . Bu erda: K1 - ish vaqtidan foydalanish foizi; Tsm - ish kuni (smena) vaqti. 2. Xodimning ish bilan bandlik darajasi. U quyidagicha aniqlanadi: . 3. Ish vaqti sarflari orasida eng ahamiyatlisi operativ ish vaqtidir. SHuning uchun uning salmog‘i quyidagicha aniqlanadi: K3= . 4. Xodimning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslar salmog‘i quyidagicha aniqlanadi: .a 5.Ishlab chiqarishning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslarning salmog‘i quyidagicha aniqlanadi: Misolimizda ishlab chiqarishning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslar yo‘q. Ish vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichi hamda ish vaqtining xodimga bog‘liq holda (mehnat intizomini buzganligi tufayli) zoe ketishi va korxonaga bog‘liq holda (tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli) zoe ketishi ko‘rsatkichlarini qo‘shganda 100% bo‘lishi kerak: (K1K4 K5 ) 97,9 2,1 0 100% 6.Xodimning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslarni yo‘qotish natijasida mehnat unumdorligini oshirish darajasi quyidagicha aniqlanadi: . 7. Ishlab chiqarishning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslarni yo‘qotish natijasida mehnat unumdorligini oshirish darajasi qo‘yidagicha aniqlanadi: YUqorida ko‘rsatganimizdek, ishlab chiqarishning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslar yo‘q. 8.Maqsadga muvofiq sarflanmagan ish vaqti miqdorlarini yo‘qotish natijasida mehnat unumdorligini oshirish darajasi quyidagicha aniqlanadi: Bu erda:TOP.NOR – normativ operativ ish vaqtining miqdori. Demak, mehnat samaradorligini oshirish foizi 10,2% bo‘ladi. Ish kuni fotografiyasini tashkil etish natijasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilishning navbatdagi bosqichi mehnatni tashkil etishni, uni normalashni va ish vaqtidan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan reja ishlab chiqishdir. Uning namunaviy shakli 6-jadvalda berilgan. 6-jadval Ish vaqtining shaxsiy fotografiyasida aniqlangan ish vaqti nobudgarchiligini qisqartirish maqsadida 2001 yil 24 fevralda o‘tkazilgan tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar REJASI
SHuni qayd qilish joizki, tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan rejalarni ishlab chiqish, ularni ish joylarida, sexlarda joriy etish ish vaqti fotografiyasini tashkil qilishning nafaqat oxirgi, balki eng asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. Haqiqatdan ham xodimning, ishlab chiqarishning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslarni va maqsadga muvofiq sarflanmagan ish vaqti miqdorini yo‘qotish natijasida mehnat unumdorligini oshirishga faqat ishlab chiqilgan rejada ko‘rsatilgan chora-tadbirlar ish joylariga joriy etilgandan keyingina erishish mumkin. Busiz, ish vaqti sarfini kuzatish shaxsiy fotografiyasini tashkil etishning foydasi ham, ahamiyati ham yo‘q. Kuzatuv natijasida olingan ma’lumotlar tahlil qilinishini ishchining ish vaqti balansini tuzish va yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan cheklab qo‘ymaslik kerak. Zoe ketgan ish vaqti sarflarining hamma turlarini chuqur tahlil qilish hamda ishlab chiqarishdagi kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tanaffuslarni qisqartirish yoki butunlay tugatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqash lozim. Ish vaqti zoe ketishi bartaraf qilinishi natijasida ish kunining haqiqiy balansida operativ vaqt miqdori ko‘payadi. Demak, ish kuni (smena) davomida mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi ham ko‘payadi, xodimning mehnat unumdorligi ham oshadi. Ish kunini individual fotorafiya qilishda bitta ish kuni bilan cheklanib bo‘lmaydi, chunki ba’zi ish vaqti sarflari tasodifiy yuz bergan bo‘lishi mumkin. SHu boisdan ish kunining individual fotografiyasi asosli bo‘lishi uchun uni qatorasiga 3-5 ish kuni davomida o‘tkazish kerak. 11 «Иш ва=ти ты\рисида тушунча, иш ва=ти сарфи ва унинг туркумланиши (классификацияси)» номли 8.1- мавзуга =аранг. Download 51.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling