Ish vaqti sarfini kuzatish uslublari
Ish vaqti sarfini kuzatish bosqichlari
Download 51.69 Kb.
|
ISH VAQTI SARFINI KUZATISH USLUBLARI
2. Ish vaqti sarfini kuzatish bosqichlari
Barcha turdagi ish vaqti fotografiyasini o‘tkazish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: kuzatishga tayyorgarlik ko‘rish; ish vaqti sarfini kuzatish va o‘lchash, fotografiya qilish (qayd qilish, yozib olish); kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish; ish vaqti sarfining zoe ketishini kamaytirish yoki bartaraf qilishga qaratilgan tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan rejalarni ishlab chiqish. Kuzatishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida, odatda, kuzatish ob’ekti tanlanadi, kuzatuvchi o‘zining ish joyi bilan tanishtiriladi, ijrochi va uning ish joyi tayyorlanadi va nihoyat, kuzatish ob’ekti to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar kuzatish varaqasiga yoziladi. Mehnat normalarini hisoblashda foydalaniladigan mehnat normativlarining progressiv bo‘lishini, mehnat va uskunalar ish unumi o‘sishini rag‘batlantirish kerak. SHu sababli mehnat normativlarini ishlab chiqish uchun professional bilimi va mehnat ko‘nikmalari mukammal, oqilona mehnat usullari va mehnat uslublarini biladigan va mehnat normalarini muntazam oshirib borayotgan ijrochilarning ish vaqtini kuzatish kerak. Ravshanki, bunday xodimlarning ko‘rsatgichlari o‘rtacha ko‘rsatgichlardan far= qiladi. Ishlab chiqarish ilg‘orlarini kuzatish eng oqilona mehnat usullari va uslublarini tanlab olishga, qoloqlar va mehnat normasini bajarmayotgan xodimlar ishini o‘rganish esa ish vaqti isrof bo‘layotganing sabablarini aniqlashga yordam beradi. Ish vaqti sarfini kuzatishdan ko‘zda tutilgan maqsad, kuzatishning mazmuni, kuzatish metodikasi haqida kuzatuvchiga oldindan yo‘l-yo‘riq (instruktaj) berilishi, u kuzatish ob’ekti bilan tanishtirilishi kerak. Normal vaqt sarfi haqida ma’lumot olish uchun ish joyidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlar xuddi shu ishning yoki operatsiyaning bajarilish loyihasiga batamom mos holga keltirilishi lozim. Ish vaqti sarfini kuzatishdan maqsad ilg‘orlar tajribasini yoki mehnat normalarini bajarmaslik sabablarini o‘rganishdan iborat bo‘lsa, ish joyi o‘zgarishsiz qoldiriladi, undagi ijobiy va salbiy xususiyatlarning hammasi ish vaqtini kuzatish jarayonida qayd etib boriladi. Kuzatish o‘tkazish uchun mumkin qadar osoyishta va qulay sharoitlar yaratish maqsadida kuzatiluvchi xodim bo‘lajak kuzatish va uning maqsadalari haqida oldindan ogohlantirilib qo‘yilishi kerak. Tayyorgarlik bosqichi kuzatish o‘tkaziladigan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar, shu jumladan, ish usulining davom etish vaqti omillari tafsilotini yozish bilan tugallanadi. Tafsilot pirovard natijalarning xarakteri, bu natijalar qanday sharoitda olinishi haqida ham tasavvur beradigan bo‘lishi kerak. SHaroit tafsiloti, odatda, quyidagilardan iborat bo‘ladi: kuzatuvchi xodimning ishlab chiqarish tavsifnomasi (ixtisosi, ish staji, yoshi, mehnat normalarini bajarish darajasi va h.k.); bajaradigan ishning yoki operatsiyaning tavsifi (masalan, to‘quv korxonasida yigirilgan ipning nimaga mo‘ljallangani, gazlamaning nomi, artikuli va h.k.); jihozlarning tavsifi (mashinaning tipi, ish organlarining soni va h.k.); texnologik jarayonning tavsifi (tezliklar, ipning uzuluvchanligi va h.k.); ish joyini tashkil etish tavsifi (qanday rejalanganligi, asbob va moslamalar bilan jihozlanganligi va h.k.); mehnat qilish sharoitidagi tevarak-atrof muhitining tavsifi (harorat, namlik, yoritilganlik va h.k.); yana boshqa tashkiliy shartlarning tavsifi (xizmat ko‘rsatish zonasi, ko‘p jihozli ish uslubi, o‘zaro yordam va h.k.). Ish vaqti sarfini kuzatish ob’ekti tafsiloti, odatda, ma’lum shaklda bo‘ladigan kuzatuv varaqasining o‘ng tomoniga yoki birinchi betiga yoziladi. Ish vaqti sarfini kuzatish va o‘lchash, fotografiya qilish (qayd qilish, yozib olish) bosqichi – bu, kuzatish vazifalariga muvofiq ish joyida sodir bo‘layotgan hodisalarni ro‘yxatga olishdan iborat. qayd qilish metodikasi kutilgan maqsadga qarab tanlanadi. Ish vaqti sarfini kuzatuvchi tafsilot yozishga eng kam vaqt sarflab, jarayon elementlarining mazmuniga va vaqtni aniq o‘lchab borishga eng ko‘p e’tibor berishni nazarda tutishi kerak. Ish vaqti sarflarini kuzatish ishlarida bir strelkali sekundomerlar eng ko‘p, ikki strelkali sekundomerlar esa nisbatan kamroq ishlatiladi. Bir strelkali sekundomerlarning sekund strelkasi tugmani bosish bilan yurgizib yuboriladi, ikkinchi bosishda strelka to‘xtaydi, uchinchi bosishda esa dastlabki nol holatiga qaytadi. Sekundomer strelkasining to‘xtashi vaqtni o‘lchashni uzib qo‘yib, o‘lchangan vaqt bo‘lagi qancha davom etganini qayd etish imkonini beradi. Ikki strelkali sekundomerda ikkita: asosiy va yordamchi sekund strelkalari mavjud. Asosiy strelka qayd qilish boshida yurgizish tugmasini bosib ishlatib yuboriladi va qayd qilish so‘nggida yana o‘sha tugmani bosish orqali to‘xtatiladi. +ayd qilish jarayonida esa faqat yon tomonidagi tugmadan foydalaniladi. Bu tugma birinchi bosilganda yordamchi strelka to‘xtaydi, ikkinchi bosilishida esa asosiy strelkaga etib borib, yana bosilguncha u bilan birga harakatlanaveradi. SHunday qilib, asosiy strelka vaqtni uzluksiz o‘lchab boradi, yordamchi strelka esa har bir o‘lchash oxirini qayd qiladi va bu o‘lchash oxiri o‘lchashning boshlanishi bo‘ladi. Har qaysi o‘lchash qancha davom etgani esa natijalarni ishlayotganda oldingi o‘lchash ko‘rsatgichini keyingisidan ayrish yo‘li bilan aniqlanadi. Ish vaqti sarfini kuzatishdan kutiladigan maqsad nimaligiga qarab, qayd qilish uzluksiz va tanlama bo‘lishi mumkin. Uzluksiz qayd qilishda mehnat jarayonining hamma elementlariga ketgan vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi. Tanlama qayd qilishda mehnat jarayonining alohida elementlariga ketgan vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi. Masalan, xodimning foydali ish bilan bandlik darajasini aniqlash uchun vaqt sarflarining hammasini ularning nimaga mo‘ljallanganligiga muvofiq o‘lchash, ya’ni uzluksiz qayd qilish kerak. Biror ish usulining davom etish vaqtini aniqlash uchun esa faqat shu usullardan bir nechtasini o‘lchash, ya’ni tanlama qayd qilish lozim. +ayd qilishning umumiy davom etishi va qayd qilish vaqti ish vaqti sarfini kuzatishdan ko‘zlangan maqsadga qat’iyan muvofiq tanlanishi kerak. Bunda ish kuni mobaynidagi ish qobiliyati dinamikasi, kunduzi va kechasi ishlashning xususiyatlari, ish kuni boshida (smena qabul qilayotganda) va ish kuni oxirida (smena toppshirilayotganda) ishlash, ya’ni faoliyat ko‘rsatish xususiyatlarini hisobga olish zarur. Mehnat jarayonini xarakterlaydigan yakuniy o‘rtacha ma’lumotlar qanchalik aniq va sifatli bo‘lishi talab qilinishiga qarab vaqt sarfi necha marta kuzatilishi topiladi. Ish vaqti fotografiyasini o‘tkazish jarayonining qolgan uchinchi va to‘rtinchi, ya’ni «Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish» va «Ish vaqti sarfining zoe ketishini kamaytirish yoki bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan rejalarni ishlab chiqish» bosqichlari ish vaqtini kuzatish uslublarining har birida o‘ziga xos xususiyatlarga, tartiblarga va mazmunga ega bo‘lganligi uchun, bu bosqichlar ish vaqti sarfini kuzatishning har bir uslubi uchun maxsus ajratilgan paragrafda batafsil yoritiladi. Mehnat jarayonlarini va ish vaqti sarflarini tadqiq qilishda va ularni kuzatishda qo‘llaniladigan texnik vositalar asosan ikki guruhga: vaqtni o‘lchaydigan asboblar va yozib boradigan (qayd qiladigan) uskunalar guruhlariga bo‘linadi. Kuzatish jarayonida vaqt sarfini o‘lchaydigan asboblarga sekundli strelkasi bor soatlar, bir strelkali va ikki strelkali sekundomerlar, xronoskoplar (juda ham oz vaqtni o‘lchaydigan elektrik soatlar) va xronopristavkalar, kuzatish natijalarini yozib boradigan (qayd qiladigan) uskunalarga esa ossillogroflar, schyotchiklar va kinoapparaturalar kiradi. Download 51.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling