Ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish
Tashishdan olingan daromad va foyda tahlili
Download 1.17 Mb.
|
Ismoil
2.3. Tashishdan olingan daromad va foyda tahliliAvvalo, ekspluatatsion tonna-kmdan tushgan daromad bashoratini tashish hajmini 8,5% ga bajarilishiga mutanosib ravishda ko‘rib chiqish kerak. Bajarilgan ekspluatatsion t.km hajmini 10 t.km. uchun o‘rtacha daromad stavkasini ko‘paytirish orqali yuk tashish bo‘yicha bajarilgan haqiqiy ish hajmi to‘g‘rilangan daromadlar bashoratini aniqlash mumkin. 61075,5 mln. so‘m, bu bashorat qilinganga nisbatan 4784,7 mln, lekin so‘mga ortiq, to‘g‘rilangan bashorat qilingan daromadga nisbatan 262,3 mln. so‘mga kamroq. Shuningdek, poyezdlar ushlanib qolinishidan yo‘qotishlar sabablarini aniqlash zarur, bu taxminan 41 mln.so‘mni tashkil etgan, bularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak. Bunday chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun texnologik xizmatlar bo‘yicha mutaxassislar jalb qilinadi ( vagon xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi kabilar). Alohida e’tiborni yordamchi ko‘makchi faoliyat mahsuloti realizatsiyasidan olingan daromadning past darajasi sababiga qaratish lozim, bu ekspluatatsion t.km. daromad summasidan 5% kamrog’ini tashkil etgan. Bunday daromad ulushi umumiy temir yo‘l transporti bo‘yicha 20% ortiq qismini tashkil etgan. Buni 9-jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin. MTU daromadining muhim manbalaridan biri qo‘shimcha yig‘imlardir, ya’ni yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchilar uchun ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (yuklarni tortish, yuklarni saqlash, ortish va tushirish ishlari uchun vagonlarni taqdim etish) hisoblanadi. Muhimi hajmida emas balki, temir yo‘l transporti mijozlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan xizmatlar tarkibida. Qo‘shicha yig‘imlardan olingan daromad bashoratining 2,2 mln. so‘mga bajarilmasligi yuk tashishdan olingan umumiy daromad summasiga nisbatan sezilarli darajada emas. Ammo, agar bu ko‘rsatkich transport xizmatlaridan foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish darajasiga bog‘liq bo‘lsa, u holda bu ko‘rsatkich yuk tashish hajmi bajarilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun qo‘shimcha yig‘imlardan olingan daromad bashoratining bajarilmaganligi sabablarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. O‘tgan yilga nisbatan yuk tashish bo‘yicha daromad 2,2 barobarga oshgan, ya’ni o‘z-o‘zidan xulosa kelib chiqadiki, demak, daromadning oshib ketishiga 10 t.km uchun o‘rtacha daromad stavkasining oshishi ta’sir qilgan. Bu bilan o‘rtacha daromad stavkasini o‘zgarishi sabablarini o‘rganish kerak. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling