Ish yuritish tili, uslubi va terminlari
Download 26.48 Kb.
|
Amaliy ish N3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish yuritish tili, uslubi va terminlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI Mustaqil ish Guruh: DI 12-22 Bajardi: Arapov Ozodbek Qarshi 2022
Normativ (me’yoriy) hujjat deb faoliyatning har xil turlari yoki ularning natijalariga doir qoidalar, umumiy tamoyillar va xususiyatlarni belgilab beruvchi hujjatga aytiladi. Hujjat aylanishi– hujjatlarning muassasada ularning yaratilishi yoki qabul qilinishidan boshlab ijrosi yakunlangunga yoki jo‘natilgunga qadar harakatlanishi demakdir. Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hujjatni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. Hujjatlarni to‘g‘ri va bexato yozish savodxonlik va yozma nutq madaniyati ko‘rsatkichidir. Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi: 1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun, fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar. 2. Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi). 3. Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar. Har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur — bu tildir. Hujjatlarning sof o‘zbek tilidagi yagona andazalarini yaratish, ular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish lozim. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi : 1. Sodda hujjatlar ( muayyan dir masalani o‘z ichiga oladi)
Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma,yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar)
Hujjatlar mazmun bayonining shakliga ko‘ra uch turli bo‘ladi : 1. Xususiy hujjatlar
Rekvizit deb hujjatni rasmiylashtirishning majburiy elementiga aytiladi. Rekvizitlar hujjatda qat’iy tartibda joylashtiriladi. Bu hujjatning huquqiy kuchini ta’minlaydi. Hujjat rekvizitlarining asosiy turlari quyidagilardir: Hozirgi kunda har qanday tashkilot, muassasa yoki korxonani (qaysi shakldagi mulkchilikdan qat’i nazar) ish qog‘ozlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki ish qog‘ozlari tashkilot, muassasa va korxonalardagi barcha munosabatlarni tartibga solib turadi. Ish qog‘ozlarini rasmiylashtirish, hujjatshunoslik, munshaot o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlarga ega. Hujjatlarni to‘g‘ri tuzishni puxta o‘zlashtirib olish esa har bir mutaxassis uchun ish faoliyatida nihoyatda zarur. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatida munosib o‘rnini topayotgan hozirgi davrda o‘zbek tilida ish yuritish, ya’ni ish qog‘ozlarini yozishni mukammal egallab olish muhim ahamiyatga ega. Mazkur o‘quv qo‘llanma IIV Akademiyasining rus tilida ta’lim oluvchi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda, kundalik turmushda, ta’lim olishda va boshqa hollarda duch keladigan ish qog‘ozlarini yozish ko‘nikmasi va malakasini hosil qiluvchi ijodiy mashqlar va topshiriqlar berilgan. Ta’kidlash joizki, shu vaqtgacha rus tilida ta’lim oluvchi tinglovchilar uchun bu kabi o‘quv qo‘llanmalar asosan kiril alifbosida berilar edi. Endilikda ushbu o‘quv qo‘llanma ilk bor rusiyzabon tinglovchilarga lotin alifbosida nashr etilmoqda. O‘ylaymizki, o‘quv qo‘llanma tinglovchilarning qiynalmasdan turli ish qog‘ozlarini lotin alifbosida tuzishlarida muxim manba bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohada kеng ko`lamda ishlar olib borilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, milliy ma'naviyat ona tili bilan bеvosita bog`liqdir. Chunki xalqning tabiati, ruhiyati uning tilida aks etadi. Kishi o`z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun til uslublaridan xabardor bo`lishi, oddiy so`zlashuvdan tashqari rasmiy ish qog`ozlarini rasmiylashtirish qoidalarini ham bilishi kеrak. Chunki u kim bo`lishidan qat'iy nazar hayotda turli-tuman ish qog`ozlari yozishga to`g`ri kеladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishni tashkil qilishda hujjatlarning ahamiyati katta. Ular mеhnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar matnini tuzish rahbarlik faoliyatida muhim jarayon bo`lib, bu jarayonni oqilona tashkil etmasdan turib, boshqaruv madaniyatini yuksaltirib bo`lmaydi. Taraqqiyot esa boshqaruv madaniyati darajasiga bog`liqdir. Shuning uchun zamonaviy boshliq ish yuritish malakasiga ega bo`lishi zarur. Ushbu ko`rsatmalar mana shu talablardan kеlib chiqqan holda ishlab chiqildi. Ularda eng muhim ish qog`ozlari, ularning yuritilishi, rasmiylashtirilishi aks ettirildi. Har bir mavzu bo`yicha dastlab nazariy ma'lumotlar, so`ngra mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar, mustaqil tarzda bajarilishi zarur bo`lgan ish turlari, foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar ro`yxati bеrildi. Uslubiy ko`rsatmalar O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2006-yil 18-iyulda tasdiqlangan namunaviy dastur, AndMII Ilmiy kеngashining 2006-yil 29-avgustdagi yig`ilishida ma'qullangan muvaqqat namunaviy dastur, AndMII «Iqtisodiyot» fakultеti kеngashida 2006-yil 28-avgustda ma'qullangan ishchi dastur, M.Alimov va boshqalarning 2000-yilda «O`zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi» davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chiqarilgan «Ish yuritish» amaliy qo`llanmasi asosida tuzildi. Download 26.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling