V. Kurs ishi bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar:
Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Ma'ruza mashg‘ulotlarida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, talabalarni ilmiy-nazariy qarashlar asosida umumlashma xulosalar chiqara olishga o‘rgatish, ularning ijodiy tafakkurini o‘stirish, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasini shakllantirish, fikrni izchil va ifodali bayon eta olishga o‘rgatish fan bo‘yicha tashkil etiladigan kurs ishlarining bosh maqsadi hisoblanadi.
Mazkur fan yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalarni ilmiy-ijodiy ishga yo‘naltiruvchi amaliy faoliyat turi sifatida muhim ahamiyatga ega. Talaba kurs ishini yozish asosida keyinchalik yirikroq tadqiqot ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘radi. Shuningdek, fan bo‘yicha tashkil etiladigan kurs ishlari talabalarni ta'limning yuqori bosqichida bitiruv malakaviy ishini yozishga tayyorlab boradi.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va o‘quv yilining boshida shu o‘quv yili uchun tasdiqlanadi. Talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlab olgandan so‘ng, bu mavzu bo‘yicha ish rejasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun kafedraga taqdim etadi. Talabaning tanlagan kurs ishi mavzusi tasdiqlangandan so‘ng kafedra unga ilmiy rahbar tayinlaydi. Talaba kurs ishini o‘z ilmiy rahbarining bevosita rahbarligida bajaradi.
Fan bo‘yicha kurs ishi namunaviy o’quv rejada rejalashtirilmagan.
3.
|
VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
personalni boshqarishning mohiyati va maqsadlarini, personalni boshqarish tamoyillari va uslublarini, davlatning kadrlar siyosatini, boshqaruv personali va ularning sonini tartibga solish yo’nalishlarini, personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublarini, yetakchilik uslublari va zamonaviy rahbar sifatlarini bilishi;
korxona va tashkilotlar personali tarkibi, personal mehnatini tashkil etish va uni boshqarish xususiyatlari, personalni tanlash, ishga yollash va joylashtirish, personalni rejalashtirish, kasbga yo’naltirish, joy-joyiga qo’yish va yangi personalni xizmat vazifalariga moslashtirish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi;
personalni strategik rejalashtirish, mehnatga qiziqishini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, personal mehnatiga haq to’lashni tashkil etish, karerani rejalashtirish va rivojlantirish, kadrlar zahirasi bilan ishlash, personalni boshqarish xizmatida ish yuritish va axborot texnologiyalaridan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |