Ishchi daftar


Kontrpassiv schyotlarning ta’rifi


Download 359.05 Kb.
bet30/73
Sana02.11.2023
Hajmi359.05 Kb.
#1741269
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

Kontrpassiv schyotlarning ta’rifi

Tartibga solinuvchi
passiv schyot




Tartibga soluvchi
aktiv schyot

D-t

K-t




D-t

K-t

qoldiq D










qoldiq G



G-D=E
SHartli belgilar:
G - tartibga solinuvchi moddaning boshlang‘ich summasi
D - boshlang‘ich summadan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi moddaning summasi
E - tartibga solinuvchi moddaning haqikiy summasi.


Schyotlarni tayinlanishi va tarkibiga ko‘ra turkumlanishi.
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Taqsimlovchi schyotlar korxonvalarining ba’zi xarajatlari ustidan nazorat qilish va ulariing to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash (shu jumladan, ayrim faoliyat tannarxini ham aniqlash) uchun taynilangan.
Yig‘ib-taqsimlovchi schyotlar u yoki bu xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha xarajatlarni, ularni keyiichalik taqsimlash maqsadida yig‘ish uchun qo‘llaniladi. Ular aktiv schyotlardir, chunki ularda mablag‘lar (xarajatlar) harakati hisobga olinadi. Bu schyotlarda yigiladigan summalar mazkur ob’ekt bo‘yicha barcha xarajatlar hisobga olinadigan schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar ikki sababdan zarurdir: eng avvalo, ba’zi xarajatlarni bir nechta ob’ektlar o‘rtasida taqsimlash kerak bo‘ladi. Bular egri (bilvosita) xarajatlar bo‘lib, ularga umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Bu erda biz «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotini mukammal ko‘rib chiqamiz. Uning debetida umuman ishlab chiqarishga xizmat qilish va uni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘iladi. Kreditida esa ularning summalari tegishli xarajatlarga kiritish maqsadida, faoliyat turlari bo‘yicha schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Bunda umumishlab chiqarish xarajatlarining katta qismi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga o‘tkaziladi, ya’ni mahsulot tannarxiga kiritiladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobot davrining oxirida hisobdan chiqariladi va taqsimlanadi, bunda debetda yig‘ilgan hamma summa hisobdan chiqarilib, hisobot davrining oxiriga hech qanday qoldiq bo‘lmaydi.
Yig‘ib-taqsimlovchi schyotning umumiy tarxi quyidagicha ko‘rinishga ega:

A schyoti




Yig‘ib-taqsimlovchi
Schyot




G schyoti

D-t

K-t




D-t

K-t




D-t

K-t

Qoldiq

1/a




1/a

4/M




4/g




B schyoti






2/b
3/v






D schyoti



D-t

K-t







D-t

K-t

Qoldiq

2/b







4/d




V schyoti







E schyoti

D-t

K-t







D-t

К-t

Qoldiq

3/v




4/e




a+b+v = M = g+d+e


SHartli belgilar:
1,2,3 - operatsiyalar - har xil xarajatlarning yig‘ilishi;
4 - operatsiya - xarajatlarning taqsimlanishi, hisobdan chiqarilishi.
Kalkulyasiya schyotlari. Kalkulyasiya schyotlari xo‘jalik mablag‘lari - tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tannarx hisoblab chiqilgan, hisob-kitoblar aks ettirilgan jadval (Kalkulyasiya hisob-kitobi odatda jadval shaklida bo‘ladi) kalkulyasiya deb nomlanadi. SHundan kelib chiqib, kalkulyasiyani tuzish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan schyotlar kalkulyasiya schyotlari deb ataladi.
Tannarxi aniqlanadigan ob’ektlarga tegishli bo‘lgan xarajatlar ushbu schyotlarning debetida yig‘ish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi, chunki bu xarajatlar summalari mazkur jarayonda sarflangan mablag‘lardir. SHuning uchun kalkulyasiya schyotlari aktiv hisoblanadi.
Kalkulyasiya schyotlarining tuzilishini «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining misolida ko‘rib chiqamiz.



D-t «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti



scheti

K-t

1)210 000

10)450 000




2)300 000







3)24 000







4)95 000







5)46 000







Oborot 675 000

Oborot 450 000

Qoldiq 225 000







Kalkulyasiya schyotlar tarkibiga 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan tashqari 0800 «Kapital qo‘yilmalar», 2310 «YOrdamchi ishlab chiqarish», 2610 «Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot», 2720 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» schyotlari kiradi.
Solishtiruvchi (taqqoslovchi) schyotlar. Solishtiruvchi schyotlar xo‘jalik jarayonida olingan moliyaviy natijalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu natijalar ushbu jarayonni tavsiflovchi ikki har xil oborot (oborot)larni solishtirish yo‘li bilan topiladi. SHundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik jarayonlarining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan schyotlar solishtiruvchi schyotlar deb nomlanadi. Bu schyotlardaga oborotlarni solishtirish, ularning birini - debetda, boshqasini esa - kreditda aks ettirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Debet bilan kredit o‘rtasidagi farq qidirilayotgan natijani anglatadi, bunda aks ettirilayotgan operatsiyalarning xususiyatiga qarab, farq debetida yoki kreditida bo‘lishi mumkin.
Solishtiruvchi schyotlarning tuzilishini «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti misolida ko‘rib chiqamiz.
Foydalar «YAkuniy moliyavny natija» schyotining kreditida doromadlar yoki foyda, xarajatlar yoki zararlar esa - debetida yig‘ilib boriladi. Korxonalar ishining pirovard moliyaviy natijalari debet bilan kreditni solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar korxonaning yalpi foyda summasini ko‘rsatuvchi kredit oborot ushbu korxonalar tomonidan qilingan yalpi xarajatlar (debet oborot) summasidan ko‘p bo‘lsa, unda debet bilan kredit o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan olingan foydani anglatadi. Agar kredit oborot debet oborotdan kam bo‘lsa, o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan ko‘rilgan zararni ko‘rsatgan bo‘ladi.


D-t Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi K-t

Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha har ikki solishtiruvchi summalardan biri (korxonvalariniig yalpi zarari, sotilgan resurslar tannarxi va hokazo)

Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha har
ikkala solishtiruvchi summalardan
(ikkinchisi (korxonvalarining foydasi, sotilgan resurslarning sotilish qiymati va hokazo)

Taqqoslovchi schyotlar tarkibiga 9910 «YAkuniy moliyaviy natijalar» schyotidan tashqari 9210 «Asosiy vositalarning tugatilishi» va 9220 «Boshqa aktivlarning tugatilishi» schyotlarini ham kiritish mumkin. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning tugatish jarayoni nixoyasiga etgandan so‘ng bu schyotlarning debet va kredit oborot summalari o‘zaro solishtirilib moliyaviy natija aniqlanadi. SHuning uchun ham bu schyotlarni taqqoslovchi schyotlar deyish mumkin. Lekin yangi schyotlar rejasida bu schyotlarni tranzit schyotlar tarkibiga qo‘shilib, taqqoslovchi schyotlar maqomi berilgan.

Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling