Ishchi daftar
-chizma. Mablag‘lar tarkibi
Download 359.05 Kb.
|
Bux.his.ish.daftar 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2-chizma. Mablag‘lar manbalari tarkibi. Qisqa xulosa
- Mustaqil ishlash uchun nazorat savollar
- Qaydlar uchun
- 2-Mamzu. BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI Reja: 2.1. Buxgalteriya hisobining usullari tushunchasi
1.1-chizma. Mablag‘lar tarkibi
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining turi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat jamg‘armasidan yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi. SHunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: -o‘z mablag‘lari manbalari. -qarzga olingan mablag‘lar manbalari. (1.2-chizmaga qarang). 1.2-chizma. Mablag‘lar manbalari tarkibi. Qisqa xulosa Buxgalteriya hisobi faoliyat ko‘rsatayotgan subektning mulki, majburiyatlari, xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga olish, pul o‘lchovida ishlov berish tizimidir. Buxgalteriya hisobining predmeti esa, ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirishdan iboratdir. Mustaqil ishlash uchun nazorat savollar 1. Xo‘jalik hisobi turlarining vujudga kelishini izohlab bering?
2. Xo‘jalik hisobi turlari nimalardan iborat?
3. Iqtisodiyotda buxgalteriya hisobining ahamiyati va o‘rni.
4. Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlarni aytib bering.
5. Buxgalteriya hisobiga qo‘yilgan qanday talablar bor?
6.Buxgalteriya hisobi predmeti deganda nimani tushunasiz?
Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
2-Mamzu. BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI Reja: 2.1. Buxgalteriya hisobining usullari tushunchasi 2.2. Buxgalteriya hisobining usuli elementlari 2.1. Buxgalteriya hisobining usullari tushunchasi Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: - ayrim voqealarni bilish, o‘rganish usuli -alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega bo‘lib, har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o‘z usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan quyidagi usullar ma’lum; -hujjatlashtirish; -inventarizatsiya; -baholash; -kalkulatsiya; -buxgalteriya hisobi schyotlari; -ikkiyoqlama yozuv; -buxgalteriya balansi; -hisobot. Ushbu tushunchalar usul elementlari ham deyiladi. Ikkinchi ma’noda - alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi. Uslubiyat ham, buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni yechish imkoniyatlari, mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi. Download 359.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling