Ishchi daftar


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollar


Download 359.05 Kb.
bet37/73
Sana20.12.2022
Hajmi359.05 Kb.
#1040690
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
Bux.his.ish.daftar 1-qism

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollar
1. Mablag’ aylanishining birinchi jarayoni

















































2. Ta’minot jarayoni buxgalteriya yozuvlari











































3. Mablag’ aylanishining ikkinchi jarayoni

















































4. Ishlab chiqarish jarayoni buxgalteriya yozuvlari











































5. Mablag’ aylanishining uchinchi jarayoni











































6. Sotish jarayoni buxgalteriya yozuvlari













































Qaydlar uchun



















































































































































Qaydlar uchun























































































































































Qaydlar uchun



















































































































































Hujjatlashtirish_va_invertarizasiya.'>8-mavzu. Hujjatlashtirish va invertarizasiya.
REJA.
8.1.Hujjatlar haqida tushuncha va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar.
8.2.Hujjatlarni turkumlanishi va xo’jalik operasiyalarini hujjatlashtirish.
8.3.Hujjatlar aylanishi va ularni saqlash.
8.4.Inventarizasiya haqida tushuncha va uning turlari.
8.5.Inventarizasiyani o’tkazish va natijalarini aniqlash.
8.6.Inventarizasiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi.


8.1. Hujjatlar haqida tushuncha va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar.
Biror bir xo’jalik operasiyasiga tegishli tartibda tuzilgan va rasmiylashtirilgan hujjat bo’lmasa, hisobga olinishi mumkin emas. Shuning uchun har bir hujjat ma’lum talablarni hisobga olgan holda tuzilgan bo’lishligi va undagi operasiyalarning sodir bo’lishi yoki rasmiylashtirilishida qatnashgan hamda shu bilan tegishli jarayonlar haqiqatda fermer xo’jaliklarida sodir bo’lganligini tasdiqlovchi shaxslarni imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Buxgalteriya yozuvlariga asos bo’lib hisoblangan hujjatlarda sodir bo’lgan xo’jalik jarayonlari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Ulardan ko’pchiligi tegishli xodimlarga u yoki bu operasiyalarni bajarishga ruxsat etadi. Demak, buxgalteriya hujjati operasiyasining haqiqatda sodir bo’lganligi haqida hamda uni amalga oshirishga bo’lgan huquqning yozma guvohnomasidir.
Hujjat lotincha «documentum» so’zidan olingan bo’lib, isbotnoma, guvohnomani anglatadi. Hujjat deb rasmiy ish qog’ozlariga aytiladi. Buxgalteriya hujjati deb xo’jalik operasiyalarining haqiqatda sodir bo’lganligini, bo’layotganligini yoki bo’lmoqchi ekanligini yozma ravishdagi tasdig’igi aytiladi. Hujjatlashtirish hujjatlar majmuasini anglatadi, ya’ni hujjatlashlashtirish deganda xo’jalik operasiyalarini hujjatlarida rasmiylashtirish jarayoni tushuniladi.
Hujjatlashtirish vositasida amalga oshirilgan operasiyalarning to’g’riligi nazorat qilinadi, bajarayotgan ishlarning joriy tahlili olib boriladi yoki u orqali ba’zi xo’jalik yuritish qoidalarini buzilishi aniqlanadi. Demak, hujjatlashtirish nazorat - analitik funksiyalarni bajaradi.
Mulkni saqlash borasida hujjatlashtirish alohida ahamiyatga egadir. Hujjatlar yordamida moddiy - javobgar shaxslar harakatining to’g’riligi kuzatiladi (ular tomonidan boyliklarni olish va berish, xo’jalik operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilinishi tekshiriladi). Hujjatlashtirish o’g’irlik qilish hodisalari, turli suiste’molliklarni oldini olish imkonini ham beradi.
Hujjatlashtirishning huquqiy (yuridik) ahamiyati juda kattadir. Hisobda qayd etilgan hodisalarning to’g’riligini tasdiqlash bilan bir vaqtda, hujjatlar ushbu fermer xo’jaliklari bilan boshqa tashkilotlar va shaxslar o’rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarda inkor qilib bo’lmaydigan dalolatnoma bo’lib hisoblanadi.
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo’lishi kerakki, unda amalga oshirilgan operasiyalar xaqida to’la - to’kis fikrga ega bo’lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo’lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning rekvizitlari deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnistium) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.
Lekin xar xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, xar qanday operasiyani buxgalteriya hisobida aks zttirish uchun zarur bo’lgan rekvizitlar mavjud bo’lishi kerak.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 9-moddasiga binoan dastlabki hujjatlarni zaruriy rekvizitlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonaning nomi;
♦ hujjatning nomi va raqami, uning tuzilish sanasi va joyi;
♦ xo’jalik operasiyalarining nomi, mazmuni va miqdoriy o’lchovi (natura va pul ko’rinishida);
♦ mas’uliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari.
Ushbu qonunda shu narsa alohida ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs ularni o’z vaqtida tuzilganligi, to’g’riligi, ishonchliligi, shuningdek, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo’yicha javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo’yiladi. Barcha hujjatlar o’z vaqtida, qoidaga ko’ra, xo’jalik operasiyasi sodir bo’layotgan daqiqada, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo’lishi hamda barcha majburiy rekvizitlarga ega bo’lishi kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari ko’proq qo’llanilayotganligi tufayli, hujjatlar, shuningdek, hujjatlashtirish talablariga javob beradigan tartibda joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy ma’lumotlarning maxsus ajratib ko’rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga ega bo’lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda tegishli matn mazmuni bilan ko’rsatilishi kerak.
Agar yig’ma hujjat mashina yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning mazmunini tavsiflovchi sarlavha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi shaxslarning imzolari keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlarning vazifasi axborotni mashinali tashuvchi bajarganda, u qo’l bilan tayyorlanganga o’xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo’lishi kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd etilgan operasiyalar majmuasi to’g’risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik barcha majburiy rekvizitlarga ega bo’lgan tegishli hujjatni tuzish bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinalari yoki boshqa mexanizmlar yordamida yozishga ruxsat etiladi. Ayniqsa, pul hujjatlari - kirim va chiqim kassa orderlari, cheklari, to’lov topshiriqlari va boshqa bank hujjatlarini rasmiylashtirishda qat’iy tartib o’rnatilgan. Ularni yozib berish bank tomonidan o’rnatilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Hujjatlarning tartibli tuzilishi, matn va raqamlarning aniq va ravshan yozilishi, unda rasmiylashtirilgan operasiyaning mazmuni va hajmini osonlik bilan tushunib olishni ta’minlaydi. Hujjatdagi imzolar aniq va ravshan bo’lishi kerak. Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hyech qanday tozalashlar, dog’ va izohlanmagan to’g’rilashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa orderlarida umuman hyech qanday to’g’rilashlarga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari, omborchilar, kassirlar va boshqalar) javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo’l qo’ymaslik maqsadida ulardan ba’zilari o’chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir. O’chirish maxsus to’rtburchak muhr (shtamp) bilan yoki «Olindi» yoki «To’lanadi» degan imzo bilan, sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi. «O’chirildi» degan muhr bilan barcha bank hujjatlari hamda ish haqini hisoblash yoki boshqa to’lovlar qilishga asos bo’lgan hujjatlarning amal qilishi to’xtatiladi.
Xo’jalik operasiyalari ustidan kuzatishni amalga oshirishni ta’minlab va ularni, albatta, schyotlarda aks ettirilishining sharti bo’lib hisoblangan hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobi usulining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi.
Boshqaruv hisobi tizimida ishlab chiqarishning normal holatida materiallar, mehnat va hokazolarni ishlab chiqarishga sarflashning belgilangan me’yorlaridan (standartlardan) chetga og’ishishlarni rasmiylashtirish uchun mo’ljallangan xabar berish (signal) hujjatlari alohida muhim ahamiyatga egadir.
Hisob axborotining moddiy tashuvchilari qatoriga bosma ish qog’ozlar (blankalar), vinchestr, fayllar, disketlar, perfokartalar, perfolentalar, magnit lentalar va shu kabilarni kiritish mumkin. Ulardan fermer xo’jaliklaridagi xo’jalik operasiyalarini olish va ishlash uchun qo’llanilayotgan texnika vositalariga qarab foydalaniladi. Hozirgi vaqtda, ko’pchilik hollarda eng keng tarqalgan moddiy tashuvchilar hisob bosma ish qog’ozlari (blankalari) hisoblanadi. Hisob bosma ish qog’ozlarida aks ettiriladigan operasiyalar mazmunining hajmiga qarab har xil bo’ladi.
Hisob bosma ish qog’ozlari qo’l bilan yoki mexanizasiyalashtirilgan yo’l bilan (PEHM yordamida) to’ldiriladi. Bosma ish qog’ozida hujjatlar kerakli miqdordagi ko’chirmalarni olish maqsadida odatda bir nechta nusxada tuziladi.Fermer xo’jaliklarining ko’pchiligida operasiyalarni bevosita aks ettirish hisob bosma ish qog’ozlarini to’ldirish yordamida amalga oshiriladi.



Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling