Ishchi daftar
Хaridorlar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi
Download 359.05 Kb.
|
Bux.his.ish.daftar 1-qism
12.2. Хaridorlar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomasi bo‘yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7‑qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal-orderga yozib qo‘yiladi. 4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi. Xodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo‘shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to‘lovlar hisoblashish davri orasidagi to‘lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo‘lsa) to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to‘lashda sodir bo‘ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo‘jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag‘larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo‘jalik ehtig‘jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog‘liq. Safar xarajatiga pul berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi. Xizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug‘i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so‘ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi. Belgilangan meyor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o‘tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o‘tkaziladi.12 Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’yoridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko‘paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so‘ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to‘g‘risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi. Download 359.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling