Ishchi dasturning qo„shimcha


Download 0.56 Mb.
bet11/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1327909
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
бжс 4 курс Lotin (3)

Uchinchi bosqich - o’rganilgan bilim va amaliy ko’nikmani bemorda qo’llash. Bu bosqichda talaba o’zlashtirilgan bilim va amaliy ko’nikmani turli xil klinik holatlarda (shu jumladan shoshilinch holatlarda) qo’llashga, olingan natijalarni tahlil qilishga va shu ma‘lumotlar asosida harakat taktikasini belgilashga pedagog nazoratida o’rgatiladi.

Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishla chiqilgan o’quv- uslubiy qo’llanmalar, fotosuratlar, vaziyatli masalar va testlar, diagnostika va davolash standartlari, o’rgatuvchi kasallik ambo’lator kartalar va x.k., ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon bo’ladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va o’qitilayotgan talabaning amaliy ko’nikmani to’g’ri o’zlashtirganligini baxolashda balki komandada ishlashda ishtirok etadilar .

        1. To„rtinchi bosqich - xulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan ko’nikmani bemorlarda, turli xil vaziyatlarda,faoliyat jarayonida to’g’ri va to’liq

qo’llay olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy ko’nikma o’zlashtirildi deb hisoblanadi.


Turtinchi bosqichni amalga oshirish uchun talaba bemor bilan mustaqil ishlashi pedagog tomonidan nazorat qilinadi, tibbiy xujjatlarni, kasallik tarixini yozib himoya qilganda baholanadi.
Mashg’ulot so’nggida o’qituvchi har bir talabaning amaliy ko’nikmani o’zlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy ko’nikmani o’zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg’ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o’zlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirgan holda fanni o’zlashtirgan hisoblanadi.


      1. Fan bo„yicha amaliy ko„nikmalar ro„yxati





  1. Mikrobiologik va marfologik tekshiruvlar uchun yara yuzasidan surtma olish.

  2. Jag’ sinishlarida vaqtinchalik va doimiy immobilizatsiyalash. Jag’ sinishlarida operativ davolash.

  3. Tishlarni, tish-milk cho’ntaklarini, so’lak bezlari chiqaruv yo’llarini zondlash.

  4. YUqori va pastki jag’larda periferik va markaziy og’riqsizlantirishlarni o’tkazish.

  5. Bolalarda furunkullarda davolovchi blokada o’tkazish.

  6. Mahalliy anesteziya o’tkazish (applikatsion va regionar).

  7. Bolalarda yuz-jag’ sohasi yiringli yaralarini yuvish va drenajlash. Bolalarda so’lak bez chiqaruv yo’lini yuvish.

O’quv rejasi bo’yicha quyidagi kasalliklar turi, tasnifiga asoslanib har bir nozologik birlikka tashxis va davolash prinsipi asosida kasallik tarixi to’ldiriladi. Amaliy ko’nikmalarni shifokor-pedagog nazoratida son va sifat jihatdan bajariladi va kundalik (amaliy ko’nikma) daftarlarida aks etadi. Amaliy ko’nikmalar assistent-talaba, talaba- fantom, talaba-volonter, talaba-bemor uslubida avtomatizm darajasiga etkazish lozim. Talabaning klinik fikrlash qobiliyatini o’stirishga qaratilgan standartga mos amaliy ko’nikmalar o’quv klinik amaliyotda har bir qadami to’liq bajarilganda o’zlashtirildi deb hisoblanadi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling