Ishchi kuchi bozori va uni shakllantirish
Mehnat bozorini tartibga solishning mantiqiy yoʻnalishlari
Download 160.95 Kb.
|
kurs ishi boburmirzo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaqin kelajakda mehnat bozorining rivojlanishi Mehnat bozori rivojlanishi konsepsiyasining strategik maqsadlari.
Mehnat bozorini tartibga solishning mantiqiy yoʻnalishlari. – davlat bandlik xizmatlari vositasida ish bilan ta’minlanmagan aholini yangi kasblarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; – mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan uzluksiz tartibga solib borishni yoʻlga qoʻyish; – ishsiz qolganlarni yoʻnaltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish. Tadqiqotlar koʻrsatyaptiki, mehnat bozorini samarali tartibga solishning yuqorida sanab oʻtilgan usullari orasida ishchi kuchlariga talabni koʻpaytirish va uning taklifini kamaytirish usuli yetakchi oʻrinni egallaydi. Chunki, respublikamiz hududlarining aksariyat qismi mehnat resurslari bilan ortiqcha ta’minlangan. Bularning hammasi aholining oqilona bandligini shakllantirishga hamda ishsizlikni yoʻl qoʻyiladigan darajagacha kamaytirishga koʻmaklashadi.[11]
Yaqin kelajakda mehnat bozorining rivojlanishi Mehnat bozori rivojlanishi konsepsiyasining strategik maqsadlari. Mehnat resurslari bilan koʻp ta’minlangan respublikamiz mehnat bozori rivojlanish konsepsiyasining asosiy maqsadi – mehnatga layoqatli aholi ish bilan bandligining kamayishi, ishsizlikning oʻsishi, yangi ish joylarining kam yaratilishi, mehnat unumdorligining pasayishi, inflatsiyaning mavjudligi, mulkchilikning turli shakllari sekinlik bilan rivojlanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarning sustligi, haqiqiy mehnat daromadlarining kamayishi kabi sharoitlarda ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish boʻyicha kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Ular oʻtish davri O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini chuqur tarkibiy isloh qilish va erkinlashtirishning strategik maqsadlariga asoslanib ishlab chiqiladi. Buni hisobga algan holda mazkur konsepsiyaning strategik maqsadlari qilib quyidagilarni belgilash mumkin: – ijtimoiy yoʻnaltirilgan mehnat bozorini bosqichma bosqich shakllantirish; – mehnatga layoqatli ish bilan band boʻlmagan aholini ish joylari balan ta’minlovchi hamda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini takomillashtrish; – iqtisodiyotda oqilona bandlikni shakllantiruvchi chuqur tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish; – sanoat, xizmat koʻrsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylari va oʻsmirlar, koʻp bolali ayollar, pensinorlar va nogironlar uchun mehnatning kafolatlantirilgan mintaqalarini tashkil qilish; – ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini ta’minlovchi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; – mulkchilikning shirkat, ijara, hissadorlik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish; – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha ishchi kuchini ozod qilish va uning talab va taklifini kamaytirishga koʻmaklashuvchi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining miqdorini oshirish; – mahalliy xodimlarning raqobatbardoshligi, safarbarligi va eksport qobiliyatini oshirish, yuqori malakali mutaxassislar sinfi va aholida yangi iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, erkin va mustaqil ish joylarini tanlash imkoniyatlarini yaratish; – mehnat bozori va aholi bandligini tartibga solishning tashkiliyiqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish. Ushbu strategik maqsadlarga izchillik bilan erishish uchun mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalarini aniq belgilash zarur.[12] Download 160.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling