Ishchi kuchi bozori va uni shakllantirish


Mehnat bozorining rivojlanish bosqichlari


Download 160.95 Kb.
bet15/17
Sana22.04.2023
Hajmi160.95 Kb.
#1381068
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
kurs ishi boburmirzo

Mehnat bozorining rivojlanish bosqichlari. Mehnat bozori rivojlanishining birinchi bosqichida (1991– 2000-y.y.) quyidagi vazifalar bajarilgan: mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil qilinib, ular ishsizlik va boʻsh oʻrinlar miqdori va tuzilishining hisob-kitobi, tahlili va prognozi, band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish va qayta oʻqitish, bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasini tashkil qilish va uning mablag‘larini sarflash bilan shug‘ullandi; kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish yoʻli bilan yangi ish joylarini yaratishga uncha katta boʻlmagan moliyaviy yordam koʻrsatildi; iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi tarkbiy islohotlar amalga oshirilib, “paxta yakka hukmronligi”ni tugatish uchun shart-sharoitlar yaratildi; yollanma xodimlar va ish beruvchilar oʻrtasida ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar. Bu davrda aholi ish bilan bandlik darajasining pasayishi, ishsizlikning oshishi, ishchi kuchiga talab va uning taklifi oʻrtasida nomutanosiblikning ortishi sodir boʻldi. Ushbu bosqichning yakuniy natijasi mehnat bozorini shakllantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shartsharoitlar yaratildi. Ikkinchi bosqichda (2001–2010-y.y.) quyidagi vazifalarni bajarish zarur: mahalliy investitsiyalar va xorijiy kreditlarni jalb qilish asosida qishloq xoʻjaligi boʻlmagan yangi ish joylarini yaratish yoʻli bilan ishchi kuchiga talabni oshirish; mehnatga layoqatli oʻsmirlar, koʻp bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan ish joylarini tashkil qilish va ularning iqtisodiy rag‘batlantirilishi darajasini oshirish; band boʻlmagan shaxslarga yangi ish joylarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi ish beruvchilarga doimiy moliyaviy yordamlarni koʻrsatish; ishchi kuchi taklifini uning malakasini, raqobatbardoshligini va eksportini oshirish yoʻli bilan kamaytirish; mulkchilikning turli shakllarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotda chuqur islohot-larni oʻtkazish asosida aholining ish bilan bandligi sohasida tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish; ish haqi va boshqa mehnat daromadlarining manbalari darajasidan soliq stavkasini keskin kamaytirish; bandlik xizmatining bozor infratuzilmasini tashkil qilish; mehnat shartnomalarini tuzishni takomillashtirish va boshqalar. Bularning hammasi bandlikning sezilarli oʻsishi va ishsizlikning kamayishiga hamda ishchi kuchiga talab va uning taklifi oʻrtasidagi farq qisqarishiga koʻmaklashadi. Uchinchi bosqichda (2011–2020-y.y.) quyidagi vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutiladi: ishchi kuchiga talab oshishi va uning taklifi kamayishiga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni kuchaytirish; bandlik xizmati va bu xizmat infratuzilmasining qudratli va tez rivojlanuvchi tizimini yaratish; oqilona bandlikni shakllantirish; ishsizlikni yoʻl qoʻyiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band boʻlmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish; mehnat bozori, bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish. Qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yoʻnaltirilgan mehnat bozorining samarali shakillanishiga olib keladi. Mazkur bozor rivojlanishining keyingi bosqichida ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishish mumkin. Bularning hammasi mehnat bozori samarali rivojlanishiga yoʻnaltirilgan ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi kamayishi boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tadbirlar majmuasini ishlab chiqish zarurligini taqozo etadi.[13]

Download 160.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling