Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o'sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta'sir qiladi


Download 0.64 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1527203
1   2   3   4
Bog'liq
Mahmudov Muhammadillo

Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o'sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta'sir qiladi.
Migratsiya ikki xil: mamlakat ichida va xalqaro darajada ro'y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro'y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro'y bermay, uning asosida ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo'ylab mehnat resurslari samarali taqsimlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi ortadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat
Ishchi kuchi bozori — bu xo'jalik faoliyati jarayonida "ishchi kuchi" tovari egalari va uning asosiy iste'molchilari — davlat va tadbirkorlar o'rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to'lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas'uliyat darajasi bo'yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi.
Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o'sishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatib berib, bu bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq Fillips egri chizig'i deb nom oldi. Unga ko'ra, inflyatsiya darajasini 1 foizga pasaytirish uchun ishsizlikni 2 foizga o'stirish lozim bo'ladi.
W.P %
U %
W-nominal ish haqining o’sish sur’ati.
P-inflatsiya darajasi.
U-ishsizlik darajasi.
Ishsizlik va uning turlari.
Mehnatga layoqatli bo'lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo'lish xususiyati va vujudga kelisli sabablariga ko'ra, ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg'un ishsizlik turlariga bo'linadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling