Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Download 261.11 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi261.11 Kb.
#1605717
1   2
Bog'liq
Sadoqat Nazarova Iqtisodiyot

W.P %
U %
W-nominal ish haqining o’sish sur’ati.
P-inflatsiya darajasi.
U-ishsizlik darajasi.
Ishsizlik va uning turlari.
Mehnatga layoqatli bo'lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo'lish xususiyati va vujudga kelisli sabablariga ko'ra, ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg'un ishsizlik turlariga bo'linadi.
Ishsizlik turlari.
Bir ishdan bo'shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi. (bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi mumkin.
Yangi kasb va mutaxassislikni o'zlashtirib yoki boshqa joyga ko'chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi (odatda 6 oydan ko'proq davom etadi).
Siklik ishsizlik — iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog'liq bo'lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo'lmaydi.
Institutsional ishsizlik - ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya'ni ishchi kuchini ish bilan ta'minlashga xizmat ko'rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko'rsatmasligi natijasida paydo bo'ladi.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog'liq bo'ladi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta'siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o'rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to'liq band bo'lmaslik xos.
Turg'un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo'qotgan, ishsizlik bo'yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo'Igan hamda faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo'lmagan qismini qamrab oladi.
Ishchi kuchi tarkibiga ishlay oladigan va ishlashni xohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo'ladi. Boshqacha aytganda, band bo'lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi.
Ishsizlarga ish bilan band bo'lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqda tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) bildiigan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bo'lib, ishlashni xohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi.
Ishsizlik tabiiy darajasi
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
Ishsizlar soni
Ishsizlik darajasi = x 100% •
Ishchi kuchi soni

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 261.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling