Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
Download 186.71 Kb.
|
Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyat-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishsizlikning ijobiy tasiri
- Ishsizlikning salbiy oqibatlari
Ishsizlikning salbiy oqibatlari:
mehnat faoliyati qisqarishi; jamiyatda kuchlanish kuchaygan; aqliy va jismoniy kasalliklarning ko'payishi; jinoiy vaziyatning kuchayishi; ijtimoiy farqlashni mustahkamlash. Ishsizlikning ijobiy ta'siri: dam olish vaqtini oshirish; ish joylarini tanlashni kengaytirish; mehnatning muhimligini oshirish; ish joyining qiymatini oshirish. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari Ishsizlikning salbiy oqibatlari: treningning devalvatsiyasi; ishlab chiqarishni qisqartirish; malakalarning yo'qolishi; ishsizlik nafaqalari uchun xarajatlar; turmush darajasining pasayishi; milliy daromad ishlab chiqarish etishmasligi; soliq tushumlarining kamayishi. Ishsizlikning ijobiy ta'siri: Vaqt ta'lim va qayta o'qishni oshirishga qaratilgan; iqtisodiyotni tarkibiy qayta tiklash uchun ishchilar stoku; hosildorlik va mehnat zichligi rag'batlantiriladi; Raqobat mehnatkashlar o'rtasida mahoratni oshirishga yordam beradi. Ishsizlik mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti to'g'risida xulosa chiqarishning muhim belgisidir va bu muammoni bartaraf qilmasdan, iqtisodiyotning samarali faoliyatini tartibga solish mumkin emas. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va nakd boʻlmagan muomalaga boʻlinadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi koʻliga oʻtadi. Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo’lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muoma-lasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan.6 Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori bo’lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi. Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini qo’yidagi formula bilan ifodalash mumkin. Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e’tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi; − naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; − pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonlari va aksil inflyatsiya siyosati Inflyatsiya mamlakatning iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasini hisoblash iste‘mol narxlari indeksi(INI) ya‘ni iste‘molchi o‘rtacha xarid qiladigan tovar va xizmatlarning miqdori ma‘lum davr mobaynida o`zgarmas bo`lgan holida, aholining iste`mol xarajatlari umumiy miqdorining o`zgarishini ifodalash orqali aniqlanadi. Iste`mol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari bo`yicha xilma-xil tovar va xizmatlar narxlarining harakati o`rtacha holga keltiriladi. O‘zbekiston Respublikasida iste‘mol narxlari indeksini hisoblash tizimi ilk bor Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) yordamida 1994- yil yanvar oyidan boshlab amalga oshirila boshladi. INI ―Iste`mol narxlari indeksi bo`yicha qo`llanmaga: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Yevrostat, BMT YeIK, Butunjahon banki va XMT, 2007 yil) asosan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2012-yil 8-iyundagi 10-sonli qaroriga muvofiq Tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari (tariflari) kuzatuvini tashkil etish bo`yicha uslubiy nizom shakllantirildi. Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun xalqaro andozalarga muvofiq o‘rtacha daromad oluvchi aholining iste‘mol qiladigan kamida 300ta Tovar va xizmatlardan iborat iste‘mol savati bo‘lishi lozim. Agar 1994 yilda respublikamiz iste‘mol savatiga 267ta tovar va xizmatlar kiritilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu miqdor 386 taga yetdi. (rivojlangan mamlakatlarda– 1000-2000 ta). Bu uch yirik guruhlarga – oziq-ovqat (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188ta) hamda xizmatlarga (66ta) bo‘lingan. Ushbu iste‘mol savati minimal yashash byudjeti savatidan keskin farq qiladi. Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflyatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‗plangan. Inflyatsiyani butunlay yo‗qotish imkoniyati yo‗q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‗lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‗liq yo‗qotish mumkin emas. Shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflyatsiyaning butunlay yo‗qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi. Dunyoning turli mamlakatlarida hukumat tomonidan mavjud iqtisodiy- ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyasion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyasion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar. Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‗nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig‗imlar asosida yig‗ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‗lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi. Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag‗larini yig‗ish uchun xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to‗lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir. Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to‗lovga qobiliyatli talab o‗rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog‗liq siyosatdir. Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me'yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat. Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o‗sishini ta'minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo‗lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir. Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog‗oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir. 9. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonlari va aksil inflyatsiya siyosati 10. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya surati o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik Iqtisоdiyot o’z rivоjlаnishidа pоtеntsiаl dаrаjаgа yaqinlаshgаn shаriоtdа yoki bаndlilik dаrаjаsini оshirish yoхud inflyatsiya dаrаjаsini pаsаytirish kаbi muqоbil vаriаntlаrdаn birini tаnlаshgа mаjbur bo’linаdi. CHunki qisqа muddаtli dаvrdа ishsizlik vа inflyatsiya dаrаjаlаri o’rtаsidа tеskаri bоg’liqlik mаvjud. Ishsizlikni pаsаytirish ish jоylаrini yarаtish uchun qo’shimchа mаblаg’lаr аjrаtilishini аnglаtаdi. Аyni pаytdа bu ish hаqi miqdоrining оshishigа hаm оlib kеlаdi. Hаr ikkаlа hоlаt hаm bаhоlаr dаrаjаsinining ko’tаrilishigа оlib kеlаdi, ya’ni tаlаb inflyatsiyasi ro’y bеrаdi. Fillips egri chizig’i ishsizlik vа inflyatsiya dаrаjаlаri o’rtаsidаgi tеskаri bоg’lig’likni хаrаktеrlаydi. Mаmlаkаt iqtisоdiyotining хususiyatigа ko’rа, shuningdеk, inflyatsiyaning qаysi turi mаvjudligigа qаrаb Fillips egri chizig’idаgi inflyatsiya vа ishsizlik dаrаjаlаrining kоmbinаtsiyasi fаrq qilishi mumkin. Bundаy tаnlоv kutilаyotgаn inflyatsiyaning sur’аtigа bоg’liq. Kutilаyotgаn inflyatsiya dаrаjаsi qаnchаlik yuqоri bo’lsа ishsizlikning hаr qаndаy dаrаjаsidа (sur’аti pаst bo’lgаn inflyatsiya dаrаjаsigа nisbаtаn) hаqiqiy inflyatsiya dаrаjаsi yuqоri bo’lаdi. Ishsizlik dаrаjаsi vа inflyatsiya sur’аtining mаqbul miqdоrlаri quyidаgi fоrmulа ko’rinishidа tаsvirlаnishi mumkin: Download 186.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling