Tashqi muvozanat to‘lov balansining saldosi valuta kursining muayyan rejimida nolga tengligiga bog‘liqdir. Ba’zan bu muammoni ikkita alohida muammoga ajratishadi: Joriy operatsiyalar hisobining ma’lum holatiga erishishi va valuta zaxiralarining belgilangangan darajada ushlab turish.
27. Pul kredit va byudjet -soliq siyosatining to`lov balansiga ta`siri tahlili
Pul-kredit va budjet – soliq siyosati qisqa muddatli davrda ichki muvozanatga qanday ta’sir qilishi ma’lum. Shu choralarning tashqi balansga qanchalik ta’sir qilish oqibatlarini ko‘zdan kechiraylik.
To‘lov balansi holatiga fiskal siyosat ikki yo‘nalish bo‘yicha ta’sir qiladi: daromad darajasiga va foiz stavkasiga ta’sir qilish orqali. Multiplikator samarasi orqali bo‘ladigan davlat xarajatlari daromadning oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida nafaqat milliy tovarlarga, balki import tovarlariga bo‘lgan talabni ham ko‘paytiradi. Importning oshishi savdo balansini yomonlashtiradi. Bunday holat ko‘pincha moliya bozorlarida qo‘shimcha davlat xarajatlari davlat tomonidan o‘zlashtirilishining kengayishiga olib keladi, bu esa foiz stavkasini oshiradi. Nisbatan yuqori stavka esa chet el kapitalini jalb qiladi, kapital harakati balansini yaxshilaydi, ma’lum bir darajada savdo balansining bir butun to‘lov balansiga salbiy ta’sirini neytrallashtiradi.
Pul-kredit siyosatining to‘lov balansiga ta’siri fiskal siyosatga nisbatan ancha aniqroq bo‘ladi. Pul taklifining o‘sishi foiz stavkasini pasaytiradi va iqtisodiyotga ta’sir qilishning ikki kanaliga ega. Arzon pullar xarajatlarni, shu jumladan import xarajatlarini oshiradi (ayniqsa talab inflatsiyasi tufayli narx oshishi mumkinligi), bu esa savdo balansini yomonlashtiradi.
Ikkala holatda ham yani kengaytiruvchi fiskal va kengaytiruvchi pul siyosatida daromad orqali ta’sir kursatish to‘lov balansining yomonlashuviga olib kelsa, foiz stavkasi orqali ta’sir esa turlicha bo‘lishi mumkin va ko‘pincha kapitalning mobillik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |