Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
Suzuvchi almashuv kursi sharoitida iqtisodiy siyosat
Download 0.58 Mb.
|
makro yakuniy javoblar
29. Suzuvchi almashuv kursi sharoitida iqtisodiy siyosat
Suzuvchi almashtirish kursi sharoitida pul va budjet-soliq siyosati qayd etilgan kursdagi vaziyatga nisbatan butunlay boshqa natijalarga ega. Endi rollar taqsimoti muammosini to‘g‘ri yechish teskari ifodaga ega bo‘ladi: budjet - soliq siyosati pul siyosatiga nisbatan savdo balansi uchun, demak pul balansi uchun ham katta qiymatga ega bo‘ladi va aynan undan tashqi balansga erishish uchun foydalanish kerak bo‘ladi, ichki balans esa pul siyosati uchun tartiblash predmetiga aylanadi. Agar qayd etilgan kursda ichki pul siyosati almashtirish kursini qo‘llab-quvvatlash zarurligigi bilan bog‘langan bo‘lsa, endi u bunday vazifasidan xalos bo‘ladi va ichki muammolarni yechishda samarali foydalanilishi mumkin bo‘lib qoladi. Shunday qilib, pul taklifining kengayishi foiz stavkasini pasaytiradi va xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Ma’lumki, xarajatlarning ko‘payishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To‘lov balansi defitsitiga foiz stavkasining pasayishi tufayli ro’y beradigan kapitalning oqib chiqishi ham ko‘maklashadi. Lekin egiluvchan kursda defitsit saqlanib qolmaydi. Importning o‘sishi va kapitalning oqib chiqishi xorijiy valutaga bo‘lgan talabni oshiradi, milliy valuta esa qadrsizlanadi. Bunday qadrsizlanish o‘z navbatida bizning eksportyorlarimizning raqobatga layoqatliligini kuchaytiradi, bu esa savdo balansini yaxshilashga olib boradi. Eksportning o‘sishi milliy mahsulotga bo‘lgan talab oshganligini ko‘rsatadi, bu esa pul massasining dastlabki o‘sishi tufayli vujudga kelgan iqtisodiy ko‘tarinkilikni yanada kuchaytiradi. Shunday qilib, pul siyosati, pul taklifining bevosita o‘sishi, shuningdek almashtiruv kursini pasaytirish va eksportni oshirish yo‘li bilan, ichki daromadga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kapitalning harakatchanligi kapitalning oqib chiqishiga ta’sir ko‘rsata oladigan darajada ahamiyatga ega, demak, milliy valutaning qadrsizlanishiga ham. Lekin, pul siyosati mexanizmining murakkabligini esga tushirib, shuni taxmin qilish mumkinki, uning ishlab chiqarishga ijobiy ta’siri kattaroq darajada, ishlab chiqarishning ichki rag‘batlantiruvchi omillariga nisbatan tashqi dunyoga bevosita bog‘liq bo‘ladi (foiz stavkasini pasaytirish orqali), ya’ni milliy maxsulotga bo‘lgan talabning o‘sishi, mamlakatdan kapitalning oqib chiqishi va valutaning qadrsizlanishi sharoitida, bizning eksportimizga talabning o‘sishi hisobiga ro‘y beradi. Shunga ko‘ra pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri nixoyatda o‘ziga xos bo‘ladi. 30. Innovatsiya mohiyati innovatsion faoliyatni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ro`li Innovatsiya" so'zi lotincha innovationem so'zidan kelib chiqqan bo’lib - "o'zgartirish yoki modernizatsiya qilish" ma'nosini anglatuvchi innovare fe'lidan olingan. Shunday qilib, innovatsiyalarning markaziyligi va ahamiyati yangilanish bilan bog'liq. Bunday yangilanish faqatgina odamlar qaror qabul qilish uslubini o'zgartira oladigan, standart usullardan voz kechadigan va mavjud me'yor va qoidalar doirasidan tashqarida tanlov qilishni o'rgangan taqdirdagina bo'lishi mumkin. Innovatsion konsepsiyani ilmiy muomalaga kiritgan va uning xususiyatlarini keltirgan J. Shumpeter o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (Theorie der Wirtschaftlichen Entwicklung, 1912) asarida allaqachon klassik bo‘lib qolgan “beshta odatiy o‘zgarishlarni” aniqladi: 1.Iste’molchi hali tanish bo‘lmagan yangi mahsulotni yoki mavjud mahsulotlar uchun yangi sifat darajasini joriy etish. 2.Ilmiy kashfiyotlarga asoslangan mahsulot yoki xom ashyoni tijoratlashtirishning yangi usulini anglatadigan yangi ishlab chiqarish usullarini joriy etish. 3.Ushbu bozor ilgari mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar, ma’lum bir mamlakatning ma’lum bir sohasi tomonidan hali kirib kelmagan yangi bozorning ochilishi. 4.Ushbu manbaning mavjudligidan yoki u yangi yaratilganligidan qat’iy nazar, yana yangi xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni qo‘lga oling. 5.Muayyan sanoatni tashkil qilishdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish, xususan, monopol mavqega ega bo‘lish (masalan, trestlarni yaratish orqali) yoki uni yo‘qotish. Xalqaro standartlarga muvofiq, innovatsiya quyidagi shakllarda mujassam bo‘lgan yangilikning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi: 1. Bozorlarga kiritilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar yoki xizmatlar. 2. Yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonlar. 3. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning amalda qo‘llaniladigan yangi usullari. Ko‘rib chiqilgan yondashuvlarni umumlashtirib, innovatsiyalar quyidagicha tuzilishi mumkin: a) mahsulot yangiliklari (yangi mahsulotlar va xizmatlar); b) innovatsion jarayonlar (mikro darajada - yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish usullari; makro darajada - bozorlar tarkibini o‘zgartirish va yangi bozorlarni yaratish). Shunday qilib, iqtisodiy sohada yaratish faoliyatining yakuniy natijasi sifatida innovatsion mahsulotlar va innovatsion jarayonlar bizning o‘rganishimiz ob’ekti hisoblanadi. 31. O`zbekiston ilmiy tadqiqot faoliyatining tashkiliy tuzilmasi va ularni moliyalashtirish tizimi tahlili 32. Investitsion faoliyatning tarmoqlar kesimidagi holati tahlili Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling