Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
O`zbekistonda to`lov balansining makroiqtisodiy tahlili
Download 0.58 Mb.
|
makro yakuniy javoblar
23. O`zbekistonda to`lov balansining makroiqtisodiy tahlili
Mamlakatning ma’lum bir vaqt davomidagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi uning to‘lov balansida o‘z aksini topadi. To‘lov balansida mamlakatning turli mamlakatlar bilan xalqaro savdo va moliyaviy sohada amalga oshirilgan operatsiyalari aks ettirilgan bo‘lib, unda mazkur mamlakatning yil davomida boshqa mamlakatlar bilan barcha iqtisodiy bitimlar (transaksiyalar)i bitilgan bo‘ladi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valutalarni ayirboshlash bilan kuzatiladigan oldi-sotdi jarayoni hisoblanar ekan, yakuniy hisobda mamlakatning jahon bozoridagi faoliyatining natijalari xorijiy valutaning tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Bir tomondan xorijdan tushadigan barcha tushumlarni, boshqa tomondan – mamlakatning xorijga barcha to‘lovlarini ko‘rsatuvchi hujjatga to‘lov balansi deb ataladi. To‘lov balansi – muayyan muddat davomida mamlakatning chet ellarga sarflagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan to‘lovlar summalari nisbatini tavsiflaydi. To‘lov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chetdan olingan tovarlar va xizmatlar haqi, xorijiy investitsiyalar, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va qo‘shma korxonalarning chet elga pul o‘tkazmalari va boshqalar kiradi. To‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tamoyilidan foydalaniladi, chunki har qanday bitimning ikki tomoni, ya’ni debet va krediti mavduddir. Debet mamlakatga xorijiy valutada to‘lanadigan real va moliyaviy aktivlarning oqib kelishini aks ettiradi va shuning uchun debet operatsiyalari «-» ishora bilan yoziladi, chunki ular milliy valuta taklifi ortiqchaligini, xorijiy valutaga esa talab oshishini keltirib chiqaradi. Kredit real va moliyaviy aktivlarning mamlakatdan oqib chiqib ketishi va ularga xorijliklar tomonidan to‘lanadigan operatsiyalar bo‘lib, u to‘lov balansida «+» ishora orqali aks ettiriladi. Ular milliy valutaga talab va xorijiy valuta taklifini oshiradi. To‘lov balansi mamlakatning monetar, fiskal, valuta, tashqi iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va davlat tashqi qarzini boshqarishning asosi hisoblanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling