Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


To’lov balansining mohiyati va tarkibi


Download 0.58 Mb.
bet9/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1153692
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
makro yakuniy javoblar

18. To’lov balansining mohiyati va tarkibi
To‘lov balansi – muayyan muddat davomida mamlakatning chet ellarga sarflagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan to‘lovlar summalari nisbatini tavsiflaydi. To‘lov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chetdan olingan tovarlar va xizmatlar haqi, xorijiy investitsiyalar, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va qo‘shma korxonalarning chet elga pul o‘tkazmalari va boshqalar kiradi. To‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tamoyilidan foydalaniladi, chunki har qanday bitimning ikki tomoni, ya’ni debet va krediti mavduddir. Debet mamlakatga xorijiy valutada to‘lanadigan real va moliyaviy aktivlarning oqib kelishini aks ettiradi va shuning uchun debet operatsiyalari «-» ishora bilan yoziladi, chunki ular milliy valuta taklifi ortiqchaligini, xorijiy valutaga esa talab oshishini keltirib chiqaradi. Kredit real va moliyaviy aktivlarning mamlakatdan oqib chiqib ketishi va ularga xorijliklar tomonidan to‘lanadigan operatsiyalar bo‘lib, u to‘lov balansida «+» ishora orqali aks ettiriladi. Ular milliy valutaga talab va xorijiy valuta taklifini oshiradi. To‘lov balansi mamlakatning monetar, fiskal, valuta, tashqi iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va davlat tashqi qarzini boshqarishning asosi hisoblanadi. To‘lov balansiga ta’sir etuvchi omillar: a) sof eksport (ya’ni joriy hisob operatsiyalari balansi) va b) kapital oqimlari (kapital harakati hisobi balansi) hisoblanadi.
To‘lov balansi to‘rt bo‘limdan tashkil topadi: 1. Joriy operatsiyalar balansi. 2. Transfertlar balansi. 3. Kapitallar va kreditlarning harakati balansi. 4. Oltin-valuta zaxiralarining harakati balansi. Joriy operatsiyalar balansining o‘zi ikki qismdan tashkil topadi: 1. Savdo balansi. 2. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansi. Savdo balansida eksport bo‘yicha tushumlar va import bo‘yicha to‘lovlarning haqiqatdagi summasi aks etadi. Savdo balansining passiv bo‘lishi, ya’ni import bo‘yicha to‘lovlarning eksportdan olingan tushumlar summasidan katta bo‘lishi mamlakatning jahon savdosidagi mavqeining zaiflashganligidan yoki zaifligidan dalolat beradi. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy valutadagi tushumlar va to‘lovlar summasi aks etadi: - transportda yuk tashish; - sug‘urta; - telefon, telegraf, pochta va boshqa turdagi aloqalar; - xalqaro turizm; - chet elda diplomatik va boshqa vakolatxonalarni ochish hamda ularni saqlash;
- xorijiy davlatlar hududida harbiy qismlar saqlash; - ilmiy-texnik va ishlab chiqarish borasidagi tajribalarni o‘zaro almashinish; - madaniy aloqalar - xalqaro kreditlarga foiz to‘lash; - xorijiy investitsiyalarga dividendlar to‘lash; - boshqalar. Transfertlar balansida bir tomonlama to‘lovlar, ya’ni transfert to‘lovlari aks ettiriladi. Transfertlar balansida ikki turdagi to‘lovlar o‘z aksini topadi: 1. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar – boshqa mamlakatlarga iqtisodiy yordam ko‘rsatish va xalqaro tashkilotlarga badallar to‘lash. 2. Xususiy pul o‘tkazmalari. Kapitallar va kreditlarning harakat balansida tadbirkorlik va ssuda kapitalining harakati bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlar va to‘lovlar summasi aks etadi. Tadbirkorlik kapitali ikki shaklda mavjud bo‘ladi: 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar. 2. Xorijiy portfelli investitsiyalar. Ssuda kapitalining harakati xalqaro kreditlarning muddatiga ko‘ra tasniflanadi va to‘lov balansining ushbu bo‘limida ikki shaklda mavjud bo‘ladi: 1. Qisqa muddatli xalqaro kreditlar (1 yilgacha muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar). 2. Bir yildan ortiq muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar. Oltin-valuta zaxiralarining harakat balansi rasmiy oltin-valuta zaxiralarining o‘zgarishini ko‘rsatadi. Rasmiy oltin-valuta zaxiralariga quyidagilar kiradi: - oltin; - xorijiy valutadagi zaxiralar; - xalqaro hisob birliklari.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling