Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
Download 0.58 Mb.
|
makro yakuniy javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. valyuta kurslari va uning o’zgarishiga Tovar bozori konyukturasini ta’siri tahlili 17. LM eg’ri chizig’I yasalishi uning iqtisodiy mohiyati va mazmuni
15. Tovar pul bozori muvozanati
IS va LM egri chiziqlarining alohida har biri muvozanatli daromad Ye va muvozanatli foiz stavkasi Re ni belgilab bera olmaydi. Iqtisodiyotda muvozanat IS va LM egri chiziqlarining faqatgina birgalikda kesishgan nuqtasida aniqlanadi (10.4 –a rasm). Tovar va pullar bozorida bir vaqtning o‘zida muvozanat faqat daromad (Ye) va foiz stavkasi (Re) darajalarining yagona miqdorida o‘rnatiladi (10.4 – a rasm). Bir vaqtda tovar va pul bozorida muvozanatga mos keluvchi daromad miqdorini (Ye) (10.4 – a rasm) Keyns «samarali talab miqdori» deb atadi. Bu tizim qanday qilib beqarorlikdan umumiy muvozanatga kelishi mumkin? Agar tovar va xizmatlar bozori beqaror vaziyatda bo‘lsa, u holda zahiralarning kutilmagan o‘zgarishi yuz beradi, iqtisodiyotni E nuqtaga keltirish uchun firmalar ishlab chiqarish hajmini yoki qisqartiradilar yoki oshiradilar. Agar pul bozori beqaror bo‘lsa, pullarga bo‘lgan talab ortganda foiz stavkasi oshadi, kishilar pullarga bo‘lgan talablarini boshqa yo‘l bilan qondira olmasalar, ular obligatsiyalarini sotishni boshlaydilar yoki pul taklifi ularga bo‘lgan talabdan ortsa, obligatsiyalarni sotib oladilar va iqtisodiyot bunday holatda E nuqta tomon siljiy boshlaydi. IS va LM egri chiziqlarining kesishuvi tekislikni to‘rtta sohaga ajratadi (10.4-b rasm), ularning har birida esa beqarorlik mavjud. I va II sohalarda pullarning ortiqcha taklifi kuzatiladi, chunki ular LM egri chizig‘idan yuqorida joylashgan, LM egri chizig‘idan pastda joylashgan III va IV sohalarda esa pullarga bo‘lgan ortiqcha talab mavjud. I va IV sohalar tovar va xizmatlarning ortiqcha taklifiga mos keladi, chunki ular IS egri chizig‘idan yuqorida joylashgan, bunda II va III sohalarda tovar va xizmatlarga ortiqcha talab mavjud bo‘ladi. Iqtisodiyotning muvozanatga moslashuvi va harakati rasmda strelka yo‘nalishida ko‘rsatilgan. 16. valyuta kurslari va uning o’zgarishiga Tovar bozori konyukturasini ta’siri tahlili 17. LM eg’ri chizig’I yasalishi uning iqtisodiy mohiyati va mazmuni Pul bozoridagi muvozanatni LM egri chizig‘i (liquidity preference - money supply) belgilab beradi va u pulga bo‘lgan talab taklifga teng bo‘lgandagi Y va R ning barcha mumkin bo‘lgan nisbatlarini ko‘rsatib beradi. Pul deganda odatda M1 pul agregati tushuniladi, u o‘z ichiga naqd pullar va joriy hisoblardagi mablag‘lar (demand deposits –hisobdagi cheklar)ni oladi, ularni esa istagan vaqtda naqd pullarga aylantirish mumkinligi bizga ma’lum. LM egri chizig‘ini hosil qilinishi asosida keynscha likvidlilikni afzal ko‘rish nazariyasi yotadi, u qanday qilib real pul mablag‘lari zahiralari (real money balances)ning talab va taklifi nisbati foiz stavkasini belgilab berishini tushuntirib beradi. Real pul mablag‘lari zahiralari narxlar darajasi o‘zgarishini hisobga olib to‘g‘rilangan (korrektirovka qilingan) nominal zahira bo‘lib, u M/Rga teng bo‘ladi. Likvidlilikni afzal ko‘rish nazariyasiga muvofiq real pul mablag‘larining taklifi (M/R)S o‘zgarmas bo‘lib, u naqd pullar - C miqdori va zahiralar R, ya’ni pul bazasi (N - high powered money; N = C + R)ni nazorat qiluvchi organ – MB tomonidan belgilanadi. Pul taklifi ekzogen kattalik bo‘lib va u foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lmaganligi uchun grafikda vertikal chiziq ko‘rinishida tasvirlangan. LM egri chizig‘ining yasalishi. LM egri chizig‘i daromad darajasi Y va foiz stavkasi R ning pul bozori muvozanatda bo‘lgan holatdagi barcha kombinatsiyalarini ko‘rsatadi, ya’ni bunda pullarga bo‘lgan real talab uning taklifiga teng bo‘ladi: (M/R)D=(M/P)S . LM egri chizig‘ini ikki usulda yasaymiz: 7. 3-a rasmdagi LM egri chizig‘i keynscha likvidlilikni afzal ko‘rish nazariyasidan kelib chiqqan muvozanatli pul bozorining grafigi asosida yasaladi. Daromad darajasining oshishi (Y1dan Y2 gacha) pullarga bo‘lgan talabni oshirib, MD egri chizig‘ini o‘ngga siljitadi, foiz stavkasi esa R1dan R2ga ko‘tariladi. Bu LM egri chizig‘ini tasvirlashda muvozanatli pul bozorini ta’minlash uchun yuqori daromadga yuqori foiz stavkasi mos kelishini ko‘rsatadi. Shuning uchun LM egri chizig‘ining yo‘nalishi ijobiy bo‘ladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling