Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


To’lov balansining iqtisodiy tahlili


Download 0.58 Mb.
bet10/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1153692
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
makro yakuniy javoblar

19. To’lov balansining iqtisodiy tahlili
To’lov balansi hisoblarini tuzishning asosiy maqsadlaridan biri tashqi muvozanatlikni to’g’rilash ehtiyojining paydo bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lishdir. Biroq ikki taraflama yozuv tizimi to’lov balansida debet va kredit tengligini nazarda tutadi.
TBda norezidentlarga amalga oshirilgan to’lovlar va ulardan tushgan tushumlar qayd etiladi.TB hisobot davri mobaynida tashqi savdo qanday rivojlanganligi, chet eldan qancha miqdorda daromadlar olinganligini va chet elga qancha miqdorda mablag’ to’langanligini ko’rsatadi. TBning makroiqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
TB – bu mamlakatning xorijiy sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarini aks ettirishning ixcham shakli.

TB davlat tashqi iqtisodiy aloqalarining ko’lamlari, tarkibi va xususiyatlarini miqdor va sifat jihatdan ifodalanishini o’zida namoyon etadi.



TB – pul-kredit, valyuta, soliq-byudjet, savdo siyosatining vositalari hamda yo’nalishlarini tanlash va davlat qarzini boshqarishning muhim indikatori (o’lchov asbob) hisoblanadi.

TBni tuzishda amal qiladigan asosiy qoida – ikki marta yozish tizimini qo’llash. Har bir operatsiya bir hil ma’noga, lekin debet bo’yicha (-) va kredit bo’yicha (+) qarama-qarshi belgilarga ega bo’lgan ikkita yozuv shaklida aks ettiriladi, ya’ni ayrim moddalar debet moddalari, boshqalari esa kredit moddalari sifatida aks ettiriladi:
-tovar va xizmatlar eksporti Kredit (+)
-tovar va xizmatlar importi Debet (-)
-moliyaviy majburiyatlarning oshishi Kredit (+)
-moliyaviy majburiyatlarning kamayishi Debet (-)
-moliyaviy aktivlarning oshishi Debet (-)
-moliyaviy aktivlarning kamayishi Kredit (+).
Kredit bo’yicha moliyaviy operatsiyalar ushbu mamlakat xalqaro aktivlarining qisqarishiga yoki tashqi majburiyatlarining, passivlarining oshishiga olib keluvchi operatsiyalarni qayd etadi, ya’ni kredit – bu qiymatlarning oqib ketishi bo’lib, undan keyin ushbu mamlakatga ularning o’rnini to’ldiruvchi oqim kelishi kerak.
Debet bo’yicha real xarid qilinadigan resurslarning etkazib berilishi, moliyaviy mablag’lar oqimlarining moddalari bo’yicha esa rezidentlar xalqaro aktivlarining oshishiga va tashqi majburiyatlarning qisqarishiga olib keluvchi operatsiyalar qayd etiladi, ya’ni debet - bu ushbu mamlakatga qiymatlarning oqib kelishi bo’lib, u uchun rezidentlar pirovardida to’lashlari lozim.
Shunday qilib, aktivlar uchun kreditdagi musbat son zahiralarning kamayishini anglatadi, ayni paytda debetdagi manfiy son zahiralarning ko’payganligini anglatadi. Ikki marta yozish usuli bo’yicha hisobga olishda barcha kredit yozuvlari yig’indisi barcha debet yozuvlarining yig’indisiga teng bo’lishi, umumiy yakun esa nolga teng bo’lishi lozim. Shu nuqtai nazardan TB hamma vaqt muvozanatlashgan bo’lishi kerak.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling