Ishchilarning mehnat xavfsizligi bilimlarini tekshirish


INSTRUKTAJ O’TKAZISH VA BILIMLAR TEKSHIRUVI BO’YICHA HUJJATLARNI YuRITISH TARTIBI


Download 18.77 Kb.
bet2/3
Sana06.11.2023
Hajmi18.77 Kb.
#1751099
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy

INSTRUKTAJ O’TKAZISH VA BILIMLAR TEKSHIRUVI BO’YICHA HUJJATLARNI YuRITISH TARTIBI
Instruktaj o’tkazish va bilimlar sinovi bo’yicha barcha hujjatlar batartib va qatorlar, varaqlarda so’zlarni tushirib qoldirmasdan xronologik (voqealar ketma-ketligi) tartibda yuritilishi kerak.
Matn qismida qalam, sharikli ruchka yoki siyoh bilan to’ғrilashlar hamda yozuvlarni tuzatishlarga ruxsat berilmaydi.
Jurnallar raqamlab chiqilgan, tikilgan va bo’linma muhri bilan muhrlangan bo’lishi va qulflangan holda saqlanishi kerak.
Har bir jurnalda quyidagilar bo’lishi kerak: kasblari ko’rsatilgan holda ishchilarning ro’yxati va ishga qabul qilinganligi to’ғrisida buyruqning soni (raqami) hamda ishchilarga instruktaj o’tilishi kerak bo’lgan mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalar ro’yxati.
Jurnal grafalarini to’ldirishni taqdim qilingan to’ldirish namunasi (5-Ilova) bo’yicha rasmiylashtirib qo’yish kerak.
Hujjatlarga instruktajdan va bilimlar tekshiruvidan o’tishi kerak bo’lgan shaxslar ro’yxatini kiritish taqiqlanadi.
Instruktajlar va bilimlar tekshiruvlari natijalari, faqat ular o’tkazilgandan keyingina hujjatlarga kiritiladi.
Rahbar o’ziga biriktirilgan ishchilarning bilimlar tekshiruvidan oldin, ularga bilimlar tekshiruvi o’tkaziladigan MM va XT bo’yicha yo’riqnomalarga muvofiq tahlim berishi kerak.
Tahlim berish suhbat yoki yo’riqnomani o’qib berish shaklida o’tkaziladi.
Bilimlar tekshiruvi bayonnomasiga va instruktaj o’tish jurnaliga komissiya ahzolari va instruktaj olayotgan shaxslar imzo qo’yganlaridan keyin ularga qo’shimchalar kiritish qathiy taqiqlanadi.
Xodim bir nechta ikkinchi (bir-biriga yaqin) kasblarga ega bo’lgan hollarda bilimlar tekshiruvi bayonnomasida mustaqil ishga qo’yilishi haqidagi komissiya qarori bayonnomaning 7- grafasiga alohida har bir kasb bo’yicha yoziladi.
Bunda xodim har bir kasb bo’yicha bilimlar tekshiruvidan o’tganligi uchun bayonnomaning 8- grafasiga imzo qo’yadi.
Bir necha xil xavfsizlik Qoidalari tekshiruvlarining natijalarini mutaxassislar va rahbarlar huzurida bitta bayonnomada rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.
Bunda mutaxassislar yoki rahbarlarning ishlariga rahbarlik qilishga ruxsat berish haqidagi komissiya qarori Bayonnomaning 7-grafasiga (2-Ilova) Qoidalarning har bir turi bilimlari tekshiruvi va mazkur Qoidalar bilimlar tekshiruvidan o’tayotgan shaxs imzosidan (8-grafa) alohida yoziladi.

Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling