Ishchilarning mehnat xavfsizligi bilimlarini tekshirish


Download 18.77 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi18.77 Kb.
#1751099
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy


2-Amaliy mashg’ulot
KONCHILIK KORXONALARIDA XODIMLARNING XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA TA’LIM BERISH VA BILIMINI TEKSHIRISHNI TASHKIL ETISHNI O’RGANISH


ISHCHILARNING MEHNAT XAVFSIZLIGI BILIMLARINI TEKSHIRISH
Bilimlar tekshiruvi birlamchi, davriy va navbatdan tashqarilarga ajratiladi.
Bilimlar tekshiruvini tsex, xizmat, uchastka boshliғi raisligi ostida korxona (bo’linma) rahbari buyruғi bilan tayinlangan komissiya amalga oshiradi.
Zarur bo’lganda, muayyan sharoitlardan kelib chiqib, komissiya tarkibiga mexaniklar, energetiklar yoki boshqa mutaxassislar, shuningdek tsex, xizmat yoki uchastkaga biriktirilgan MM va XT bo’yicha muhandis hamda “Sanoatkontexnazorat”, energiya nazorat va sh.o’. Davlat inspektsiyasi nazorati ostidagi obhektlar nazorati bo’yicha xodim kiritilishi mumkin.
Bilimlar tekshiruvi tsex, xizmat, uchastka komissiyasi raisi ish joyida instruktajlar dasturi asosida ishlab chiqqan biletlar bo’yicha o’tkaziladi.
Birlamchi instruktajdan va ishning xavfsiz usullariga o’qigandan va sttajirovkadan (mustaqil ishga qo’yilishdan oldin) keyin yoki O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq boshqa ishga o’tkazilganda mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlar tekshiruvi o’tkaziladi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlar tekshiruvida ijobiy baho olgan ishchiga yagona shakldagi ishga qo’yilishga huquq beruvchi guvohnoma tegishli rasmiylashtirish bilan beriladi (7-Ilova).
Bilimlar davriy tekshiruvi YaMTM majburiyatlarida ko’zda tutilgan barcha ish turlari, kasblar bo’yicha 12 oyda bir marta yoki korxona bo’yicha buyruq bilan qo’shimcha yuklatilganda o’tkaziladi.
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspektsiyasi nazoratidagi maxsus Qoidalar va yo’riqnomalar bilimlari tekshiruvida, hujjatlar ushbu Qoidalar talablari asosida to’ldiriladi.
Bilimlar davriy tekshiruvi komissiya raisi tasdiqlagan grafik (8-Ilova) bo’yicha o’tkaziladi.
Bilimlar tekshiruvi natijalari tekshirilayotgan ishchi va imtihon komissiyasi ahzolaridan kamida uchtasi imzolagan bayonnoma (2-Ilova) bilan rasmiylashtiriladi. Mustaqil ishlashga ruxsat bo’linma (tsex, uchastka) bo’yicha buyruq (farmoyish) va yagona shakldagi (7-Ilova) guvohnomaga tegishli yozuvlar kiritib amalga oshiriladi.
Agar tekshiruvda ishchining bilimi qoniqarsizligi aniqlansa, u musaqil ishlashga qo’yilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddatda bilimlar tekshiruvi takroriy o’tkaziladi. Ishchi takroriy tekshiruvdan o’tguncha, tayinlangan instruktor nazorati ostida ishni bajarishi mumkin.
Agar ishchi takroriy tekshiruvda ham ishlar xavfsizligi qoidalari bilimining qoniqarsizligini ko’rsatsa, uning bajarayotgan ishga muvofiqligi ko’rib chiqiladi. Ko’rib chiqish natijalari bo’yicha ish beruvchi O’zR MK ning 92- moddasiga amal qilib qaror qabul qiladi.
Bilimlarning navbatdan tashqari tekshiruvi quyidagi hollarda o’tkaziladi:
- ishlab chiqarish jarayonlari o’zgarganda, jihozlar va mexanizmlarning yangi turlari joriy qilinganda, shuningdek yangi qoidalar va yo’riqnomalar amalda joriy bo’lganda;
- mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari va yo’riqnomalari buzilganda;
- Qoidalar va yo’riqnomalar bilimlari yetarli emasligi aniqlanganda korxona rahbari, Davlat nazorat organlari talablari va farmoyishlari bo’yicha.
Elektrotexnik xodimlar bilimlari tekshiruvi mazkur Nizomga muvofiq hamda “Istehmolchi elektr uskunalari TIQ”ning 3-paragrafini va “Istehmolchi elektr uskunalari XTQ”ning 11-bobini hisobga olgan holda o’tkaziladi.

Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling