Ishchilarning mehnat xavfsizligi bilimlarini tekshirish


RAHBARLARGA VA MUTAXASSISLARGA TAHLIM BERISH VA ULARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH


Download 18.77 Kb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi18.77 Kb.
#1751099
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy

RAHBARLARGA VA MUTAXASSISLARGA TAHLIM BERISH VA ULARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH
Lavozimga tayinlanadigan barcha rahbarlar va mutaxassislar lavozim yo’riqnomalari talablari asosida malakaga va mahlumotga ega bo’lishlari shart.
Rahbar va mutaxassis lavozimga tayinlanishdan oldin korxonaning mehnat muhofazasi bo’limi uni quyidagilar bilan tanishtirishi kerak:
- ularga ishonib toshirilgan obhektlarning (uchastka, tsex va sh.o’.) sharoitlari va mehnat muhofazasi holatlari bilan;
- ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari tahsiridan himoyalovchi qo’llaniladigan vositalar bilan;
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasbiy kasallanishlarning holatlari va sabablari bilan;
- mehnat xavfsizligi va sharoitlarini yaxshilash bo’yicha tadbirlar bilan;
- mehyoriy-texnik hujjatlar va mehnat muhofazasi bo’yicha lavozim majburiyatlari bilan;
- shtatga kiritilgan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomni 8-bo’limidagi talablarning korxona komissiyasida bilimlar tekshiruvidan o’tgan qismi bilan.
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlar tekshiruvining quyidagi turlari o’rnatiladi: birlamchi, davriy, navbatdan tashqari.
Rahbarlar va mutaxassislar lavozimga birinchi o’tirayotgan kundan boshlab yoki bir lavozimdan boshqasiga o’tganda bo’linma bo’yicha buyruq bilan tayinlangan shaxs rahbarligi ostida funktsionalg’ majburiyatlari hajmida amaldagi mehnat muhofazasi bo’yicha Qoidalar bilimlarining keyingi tekshiruvidan o’tgan holda stajirovkadan o’tishlari kerak.
Bilimlar tekshiruvi natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi (2-Ilova) va u ishlarga rahbarlikka ruxsat to’ғrisidagi buyruqqa asos hisoblanadi.
Bilimlar tekshiruviga kiritilgan savollar ro’yxati rahbarlar va mutaxassislarga imtihon o’tkazilishidan bir oy oldin berilgan bo’lishi kerak.
Lavozimga vaqtinchalik tayinlanganda amaldagi mehnat muhofazasi bo’yicha Qoidalar bilimlarining tekshiruvi va stajirovka shu tayinlanishga o’tkazilishi kerak.
Rahbarlar va mutaxassislar ishlab chiqarish faoliyati jarayonida korxonada ishlar xavfsizligi bo’yicha tahlim olishadi:
Mustaqil tahlim olish usuli bilan.
Bilimlar tekshiruvidan oldin kombinatning korxonalari va tashkilotlarida mehnat muhofazasining eng murakkab savollari bo’yicha rahbarlar va mutaxassislarning bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida konsulg’tatsiyalar va qisqa muddatli seminarlar tashkil qilingan bo’lishi kerak.
Kombinat korxonalari va tashkilotlari imtihonlararo davrda rahbarlar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarini oshirishni tahminlashi kerak. Har bir korxona va tashkilotlarda rahbarlar tomonidan mehnat muhofazasi bo’yicha mavzuga baғishlangan kurslarni, seminarlarni, konferentsiyalarni, majlislarni, lektsiyalarni o’tkazish kalendar rejalari tuziladi va tasdiqlanadi.
Kombinat korxonalari bo’linma rahbarlari va mutaxassislarining belgilangan tartibda tasdiqlangan dastur bo’yicha doimiy o’tkaziladigan malaka oshirish kurslarida qatnashishini tahminlashi kerak.
Barcha rahbarlar va mutaxassislarning bevosita ishlab chiqarish uchastkasida ishlarni tashkillashtirish va olib borish bilan; texnologik jarayonlarni, ishlarni bajarish loyihalarini loyihalashtirish va ishlab chiqish bilan; mehnat muhofazasi bo’yicha tahlim olish va instruktajdan o’tish bilan boғliq bilimlarning davriy tekshiruvi agar ish yo’nalishi bo’yicha boshqa xavfsizlik qoidalarida izohlanmagan bo’lsa uch yilda bir martadan kam bo’lmagan holda o’tkaziladi.
Oliy yoki o’rta maxsus mahlumoti bo’lgan ishchilarni korxona yoki bo’linma tuzilmalarida rahbarlik lavozimiga o’tkazishda ishchilar lavozimga tayinlanishdan oldin mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha bilimlar tekshiruvidan o’tishlari kerak (mazkur tsex, ishlab chiqarishda amal qilinayotgan xavfsizlik Qoidalari bo’yicha).
Rahbarlar va mutaxassislarning mehnat xavfsizligi bo’yicha bilimlarini tekshirish tartibi:
3 yilda 1 martadan kam bo’lgan holda bilimlar tekshiruvidan o’tishi shart bo’lgan (9-Ilova) NKMK bosh direktori nomenklaturasiga kiruvchi kombinat bo’linmalari rahbarlari va mutaxassislari kombinat boshqarmasining doimiy amaldagi markaziy imtihon komissiyasida lavozim rahbarlari va mutaxassislari Ro’yxatiga muvofiq bilimlar tekshiruvidan o’tishadi.
Markaziy imtihon komissiyasi tarkibiga NKMK boshqarmasining bosh mutaxassislari, Davlat nazorati va tekshirish organlarining (Qizilqum MKTI, mehnat Vazirligining Davlat texnik mehnat inspektsiyasi) mutaxassislari kiradi.
Markaziy imtihon komissiyasi tarkibini NKMK mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’limining taqdimi bo’yicha kombinat Bosh direktori tasdiqlaydi.
NKMK markaziy imtihon komissiyasida bilimlar tekshiruvidan so’ng imtihon topshirgan rahbarlar va mutaxassislar kombinat bo’linmalarida rahbarlar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlari tekshiruvi ularga tegishli bo’lgan komissiya ahzolari tomonidan buyruq bilan tayinlanadilar.
Bo’linmalarning aniq tarkibi va ish uslubi va tartibi mehnat muhofazasi taqdimi bo’yicha rahbarlarining buyruqlari bilan aniqlanadigan doimiy amaldagi komissiyasida bilimlar tekshiruvi o’tkaziladi.
Komissiya tarkibiga bo’linmalarning bosh mutaxassislari, kasaba uyushmasi qo’mitalarining vakillari hamda maxsus Qoidalarda ko’zda tutilgan hollarda Davlat nazorat va tekshirish organlari kiritiladi.
Tarkibi uch kishidan kam bo’lgan komissiyaga hamda agar bo’linma komissiyasi ahzolari NKMK markaziy imtihon komissiyasida va tuzilmaviy bo’linma komissiyasi ahzolari korxona imtihon komissiyasida bilimlar tekshiruvidan o’tishmagan bo’lishsa imtihonlarni o’tkazishga ruxsat berilmaydi.
NKMK korxonalari va tuzilmaviy bo’linmalari rahbarlari va mutaxassislarining bilimlar tekshiruvi ularning rahbarlari tasdiqlaganyillik grafik bo’yicha o’tkaziladi. Yillik grafik bilimlari tekshirilishi kerak bo’lgan lavozim rahbarlari va mutaxassislari ro’yxati asosida ularning yo’nalishi bo’yicha Davlat nazorati organlari bilan kelishilgan holda tuziladi. Rahbarlar va mutaxassislar imtihonlarni o’tkazish sanasi va joyi haqida 15 (o’n besh) kundan kechikmasdan ogohlantirilishi kerak.
Mazkur ro’yxatlarda bilimlar tekshiruvi o’tkaziladigan mehnat muhofazasi bo’yicha barcha Qoidalarning turlari, qonunchilik va boshqa mehyoriy dalolatnomalar ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bilimlar tekshiruviga kiritilgan savollar ro’yxati rahbarlarga imtihon o’tkazilishidan bir oy oldin berilgan bo’lishi kerak.
Rahbarlarning (masalan: elektr xo’jaligi, radiatsiya xavfsizligi va b. mahsullar) maxsus mehyor va qoidalarni bilishini tekshirish bo’yicha bir nechta imtihon komissiyani tuzishga ruxsat etiladi. Bu imtihonlarni o’tkazishga javobgarlik bo’linma bo’yicha buyruq bilan tayinlangan shaxslarga yuklatiladi.
Quyidagi hollarda bilimlarning navbatdan tashqari tekshiruvi o’tkaziladi:
- mehnat muhofazasi bo’yicha yangi yoki qayta ishlangan mehyoriy hujjatlar amalga kiritilganda;
- xodimni mehnat muhofazasi bo’yicha qo’shimcha bilimlar talab qiladigan boshqa ishga o’tkazganda yoki boshqa lavozimga tayinlaganda;
- o’lim bilan tugagan yoki oғir oqibatlarga olib kelgan, guruh bilan sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarga yo’l qo’yilganda, shuningdek avariyalar, portlashlar yoki zaharlanishlar ro’y berganda;
- rahbarlar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi bo’yicha qoidalar, mehyorlar va yo’riqnomalar bo’yicha bilimlari yetarli emasligi aniqlanganda Davlat va idoraviy nazorat va tekshirish organlari talablari bo’yicha;
- ishdagi uzilishlar bir yildan oshganda;
Rahbarlar va mutaxassislarning bilimlarini davriy tekshirish uch yilda bir martadan kam bo’lmagan holda o’tkaziladi (maxsus Qoidalarda ko’rsatilgan hollardan tashqari).
Bilimlarni davriy tekshirishdan oldin tahlim berish mustaqil tayyorlanish(mustaqil o’qish) usuli bilan o’tkaziladi.
Imtihon biletlari shilab chiqarishning o’ziga xosligini, rahbarlar va mutaxassislarga malakaviy talablarni, mahalliy sharoitni hisobga olgan va Qizilqum MKTI “Sanoatkontexnazorat” Davlai inspektsiyasi va O’zR mehnat va ijtimoiy himoya Vazirligi Davlat texnik inspektsiyalari bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi. NKMK bo’yicha amaldagi imtihon komissiyasi raislari tomonidan tasdiqlanadi.
Bilimlar tekshiruvining natijalari imtihon komissiyasi raisi va ahzolari imzolagan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi ( 2-Ilova).
Bilimlar tekshiruvi bayonnomasi mehnat muhofazasi xizmatida yoki kadrlar bo’limida kamida 6 yil saqlanadi.
Ishlab chiqarish o’ta xavfli bo’lgan korxonalarda mehnat muhofazasi qoidalari bo’yicha imtihon topshirganlarga imtihon komissiyasi raisi va ahzosi – Davlat nazorat va tekshirish inspektori imzolagan belgilangan namunali guvohnoma beriladi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha imtihon topshirganligi haqidagi guvohnomasi bo’lgan rahbarlar va mutaxassislar mazkur Nizomning 3.9.-bandida ko’rsatilgan sabablarga ko’ra, bilimlar tekshiruvidan ozod qilinmaydi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimi imtihonda qoniqarsiz deb topilgan shaxslar, bir oydan oshmagan muddatda takroriy imtihondan o’tish sharti bilan korxonada egallab turgan rahbarlik va mutaxassislik lavozimlarida qoldirilishlari mumkin.
Mehnat muhofazasi bo’yicha takroriy imtihon topshira olmagan shaxslarga nisbatan, ular egallab turgan lavozimga muvofiqligi haqidagi masalani ko’rib chiqish uchun hujjatlar (materiallar) tegishli attestatsiya komissiyasiga jo’natiladi. Ko’rib chiqish natijalari bo’yicha ish beruvchi O’zR MK ning 92 moddasiga amal qilib, qaror qabul qiladi.
Imtihon komissiyasi qarori bilan boғliq bahslar, mehnat bahslari bo’yicha komissiyada ko’rib chiqiladi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlar tekshiruvini tashkillashtirish va o’tkazishga nazorat rahbarlarga va boshqaruv organlari mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Obhektlarda va ishlarda Davlat nazorat va tekshirish organlari, bu organlar nazorati ostidagi organlar nazorat qilish huquqiga egadirlar.
Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling