Mahsulot sifatining darajasini baholash


Download 25.41 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi25.41 Kb.
#1139793
Bog'liq
5-амалий машгулот


5 - amaliy mashg‘ulot


MAHSULOT SIFATINING DARAJASINI BAHOLASH.
Mukammal mahsulotni sifatiga erishish va uni hujjatlashtlarini yuritishda chetga chiqmaslikni, korxonalarning ishchi guruxi uchun juda katta tajribaviy ishlarni bajarish talab qilinadi. SHuning uchun statistik ma’lumotlarni, analiz qilish usullarini va ma’lumotlarini ishlab chiqish, hamda yaroqsizlikning asl sabablarini, ya’ni yo’l qo’yilgan nuqsonlarini yo’qotish uchun turli anjumanlarni kam harajat qilib tashkil etish lozim. Buning uchun omillarni yig’ish va yuqoridagi barcha bo’limlarni ishlab chiqish ko’zda tutilgan.
Natijalarni ishlab chiqish, ma’lumotlar kamchiliklari va tahlil natijalari bilan ishlab chiqarish muassalarida matematik statistika yo’li qo’llaniladi. Bunda nuqsonlarni topish uchun eng taniqli usullar va zamonaviy tahlil qilish uskunalari ishlab chiqilmoqda. Bu usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • korelyatsion va regression tahlillar;

  • statistik gipoteza tekshirish (faraziya), faktorli tahlil, ya’ni, vaqtinchali pog’onalar tahlili, buzilmaslikni ta’minlovchi tahlil.

Yapon mutaxassislari boshqaruvi ostida sifat boshqaruvini ishlab chiqishda 7 xil oddiy usullarni ishlab chiqishdi. Qachonki bu usullarni ishlatishda ishlab chiqaruvchi yuqori malakali bo’lmasa ham va ishlab chiqarishda nuqsonlarni natijasini ishlab chiqishda analiz qilinishi mumkin. Bizning ma’ruzalarimizda bu metodlar haqida gapirib o’tiladi. Bu yerda amaliy qismlarga ham e’tibor beriladi, ya’ni matematik statistika va uning aniq ishlab chiqaruvchi vazifalari ko’rib chiqiladi, ayniqsa sifat analizi jarayonlarida. SHuni aytib o’tish kerkki, sifat boshqaruvini ilmiy tizimi rivojlanishida sifat boshqaruvida statistik usulining vazifasi o’sib bormoqda. Ayniqsa 50 yillarda yapon ishlab chiqarish korxonalarida sifatni yuqori pog’onalarga yetkazishda birinchi etaplarda mahsulotni ishlab chiqarishda statistik usullarni keng qo’llaganlar va bu ularni xalqaro iqtisodiyotda lider bo’lishlariga yo’l ochdi. O’zbekiston respublikasining korxonalarda raqobatbardoshligin oshirish uchun ishlab chiqaruvchilarni sifat boshqaruvida statistik (metodlarni) usullarini o’rganishini ta’minlash va amaliyotda ularni qo’llashni tizimli tashkil etish lozim.
Sifatni baholash va nazorat qilish xarajatlarini hisobga olish
Mahsulot sifatini nazorat qilish xarajatlarini hisobga olish va tartibga solish, ularni muntazam ravishda nazorat xizmati faoliyatining natijalari bilan qiyoslash juda muhim. Bu buyumlarning sifatini o’lchash va baholash xarajatlarining anchagina miqdorini maqbullashtirish hisobiga texnik nazorat samaradorligini ancha oshirish zaruriyati bilan tushuntiriladi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy xarajatlari tarkibida o’lchov xarajatlari o’rtacha 8-10% ni tashkil etadi. Mahsulotning turi, murakkabligi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligiga ko’ra buyumlar sifatini o’lchash va nazorat qilish xarajatlarining salmog’i ancha keng diapazonda o’zgarib turishi mumkin. Masalan, yengil sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida o’lchov xarajatlari mahsulot tannarxining taxminan 1-5% ni tashkil etadi. Aviatsiya sanoatida seriyali buyumlarning sifatini nazorat qilish va sinash xarajatlari 30% ga yaqinni, elektronika sanoati va priborsozlikda esa nazorat operatsiyalari xarajatlari buyumlar tannarxining 25-50% gachani tashkil etadi. O’ta murakkab va mas’uliyatli mahsulotlarning ayrim turlari bo’yicha texnik nazorat xarajatlari oddiy ishlab chiqarish tannarxidan ko’p karra oshib ketishi mumkin.
Korxonaning mahsulot sifatini nazorat qilishga yo’naltiriladigan barcha xarajatlarini texnik nazorat-ning asosiy vazifalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ko’rib chiqish va bunda xarajatlarning quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
nazoratni o’tkazishga tayyorlanish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nazorat qilish va sinash (bunda xarajatlar buyum sifatini baholash va brakning oldini olish xarajatlariga bo’linadi);
foydalanilayotgan texnik nazorat tizimining samaradorligini baholash;
foydalanilayotgan texnik nazorat tizimini takomillashtirish.

Texnik nazorat xarajatlarini to’g’ri hisobga olish:


buyumlarning sifatini baholash va boshqarish xarajatlarini maqbullashtirish zahiralari to’g’ri-sida zaruriy axborotni olish imkonini beradi;
bu xarajatlarni rejalashtirish va joriy moliyalashtirish uchun zaruriy iqtisodiy bazani yaratishni ta’minlaydi;
texnik nazorat xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan amaliy moddiy rag’batlantirish usullarini kiritish imkoniyatini beradi;
foydalanilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilish va oshirish tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan eng samarali tadbirlarni aniqlash va iqtisodiy asoslash imkonini beradi.
Korxonalarda hamma yerda texnik nazorat xarajatlarini to’la va o’z vaqtida hisobga olib borishni joriy etish kelajakda xarajatlarning alohida moddalarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan usullarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin, bu esa o’z navbatida, ishlab chiqarilayotgan buyumlar tannarxini va texnik nazorat tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini yanada aniqroq aniqlashni ta’minlaydi.
Download 25.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling