Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasining infologik va mantiqiy modelini, er diagrammalarini yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar


PL/SQL ning ma’lumotlar bazasi bilan aloqasi


Download 1.49 Mb.
bet46/57
Sana27.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1132339
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
2 5375303174699622638

PL/SQL ning ma’lumotlar bazasi bilan aloqasi


Avvalgi misollarda PL/SQL tilining umumiy tarkiblarini tushuntirish uchun oddiy chiqarish buyruqlaridan foydalanilgan edi. Lekin PL/SQL tilini ishlatishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasi bilan aloqa qiluvchi dasturlar yaratish hisoblanadi. PL/SQL tili ma’lumotlar bazasi bilan faqat SQL tili yordamida aloqa qiladi. PL/SQL dasturi o‘zining ichida ma’lumotlar bazasi jadvalining yozuvini o‘zgartirish uchun INSERT, UPDATE yoki DELETE buyruqlarini ishlatishi mumkin.
Quyidagi misolda PL/SQL anonim bloki jadvalga yangi yozuv kiritadi.
DECLARE u_newID NUMBER:=555;
u_newNOMI VARCHAR2(250):='ToshTYMI';
BEGIN
INSERT INTO KORXONALAR (ID, NOMI)
VALUES (u_newID, u_newNOMI); END;
Natija: 1 row(s) inserted.
PL/SQLblokining o‘zgaruvchisi yoki konstantasi DML buyrug‘ida operant sifatida kelishi mumkin. Yangi yozuvni ko‘rish uchun so‘rov kiritamiz:
SELECT * FROM KORXONALAR WHERE ID=555
Natija: ID NOMI 555 ToshTYMI
So‘rov qiymatini o‘zgaruvchiga kiritish
Ma’lumotlar bazasidagi yoki ma’lumotlar hisobi asosidagi qiymatni o‘zgaruvchiga kiritish uchun PL/SQL dasturlarida SELECT buyrug‘idan keyin INTO bloki ishlatiladi. ORACLE da SELECT … INTO buyrug‘ini faqat PL/SQL dasturlarida ishlatish mumkin.
Misol:
DECLARE u_ISM VARCHAR2(250);
BEGIN
SELECT ABONENT INTO u_ISM FROM TELEFONLAR WHERE TEL = 935321524;
DBMS_OUTPUT.PUT_LINE('5321524 telefon raqami egasi – '||u_ISM);
END;
Natija:
5321524 telefon raqami egasi – NORMATOV R

Nazorat savollari


  1. PL / SQL dasturida bloklar qanday bo‘limlardan tashkil topgan?

  2. Ma’lumotlar bir qatorga yoki bir nechta qatorlarga qanday chop etiladi?

  3. WHEN EXIT ifodasidan qanday foydalaniladi?

  4. Shartli operator sintaksisi qanday?

  5. PL/SQL da qanday takrorlanish operatorlari bor?


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling