Nazariy ma’lumotlar
Ketma-ketliklar (Sequences) – Oracle MB obyekti hisoblanib, butun sonlarni generatsiya qilishda qo‘llaniladi. Asosan, bosh kalit qiymatlarini generatsiya qilishda foydalaniladi.
Ketma-ketlikni yaratish sintaksisi quyidagicha:
CREATE SEQUENCE [schema].sequence_name
[INCREMENT BY number]
[START WITH number]
[MAXVALUE number | NOMAXVALUE]
[MINVALUE number | NOMINVALUE]
[CYCLE | NOCYCLE]
[CACHE number | NOCACHE]
[ORDER | NOORDER] ;
|
Masalan:
CREATE SEQUENCE all–oracle.seq
INCREMENT BY 1
START WITH 1
MAXVALUE 99999
MINVALUE 1
NOCYCLE
Bu yerda:
sequence_name – ketma-ketlik nomi
start_num – Hisob boshlanadigan butun son. Avtomatik holda 1 dan boshlanadi;
increment_num – ketma-ketlik qadami. Avtomatik holda qadam 1 ga teng. Qadamning absolyut qiymati ketma-ketlikning boshlang‘ich hamda yakuniy qiymatlari orasidagi qiymatdan kichik bo‘lishi lozim.
maximum_num – Ketma-ketlikning maksimum qiymati.
NOMAXVALUE – o‘suvchi ketma-ketlik uchun 1027, kamayuvchi ketma-ketlik uchun –1 o‘rnatiladi. NOMAXVALUE avtomatik holda ishlatiladi;
minimum_num – ketma-ketlikning eng kichik qiymati; minimum_num qiymati start_num qiymatidan kichik yoki teng bo‘lishi kerak, hamda minimum_num qiymati maximum_num qiymatidan kichik bo‘lishi zarur.
NOMINVALUE – O‘suvchi ketma-ketlik uchun 1, kamayuvchi ketma-ketlik uchun –1026 o‘rnatiladi. NOMINVALUE avtomatik holda ishlatiladi;
CYCLE – maksimal yoki minimal qiymatga erishilganda ketmaketlik qiymatlarni yangitdan ishlab chiqarishni boshlaganligini bildiradi. Agar maksimal qiymatga yetganida ketma-ketlikni nazarda tutadigan bo‘lsak, keyingi ishlab chiqarilgan qiymat ketma-ketlikning minimal qiymati bo‘ladi. Kamayuvchi ketma-ketlik uchun esa, minimum qiymatga erishilganda, keyingi qiymat maksimum qiymat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |