Avvalgi misollarda PL/SQL tilining umumiy tarkiblarini tushuntirish uchun oddiy chiqarish buyruqlaridan foydalanilgan edi. Lekin PL/SQL tilini ishlatishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasi bilan aloqa qiluvchi dasturlar yaratish hisoblanadi. PL/SQL tili ma’lumotlar bazasi bilan faqat SQL tili yordamida aloqa qiladi. PL/SQL dasturi o‘zining ichida ma’lumotlar bazasi jadvalining yozuvini o‘zgartirish uchun INSERT, UPDATE yoki DELETE buyruqlarini ishlatishi mumkin.
Quyidagi misolda PL/SQL anonim bloki jadvalga yangi yozuv kiritadi.
DECLARE u_newID NUMBER:=555;
u_newNOMI VARCHAR2(250):='ToshTYMI';
BEGIN
INSERT INTO KORXONALAR (ID, NOMI)
VALUES (u_newID, u_newNOMI); END;
Natija: 1 row(s) inserted.
PL/SQLblokining o‘zgaruvchisi yoki konstantasi DML buyrug‘ida operant sifatida kelishi mumkin. Yangi yozuvni ko‘rish uchun so‘rov kiritamiz:
SELECT * FROM KORXONALAR WHERE ID=555
Natija: ID NOMI 555 ToshTYMI
So‘rov qiymatini o‘zgaruvchiga kiritish
Ma’lumotlar bazasidagi yoki ma’lumotlar hisobi asosidagi qiymatni o‘zgaruvchiga kiritish uchun PL/SQL dasturlarida SELECT buyrug‘idan keyin INTO bloki ishlatiladi. ORACLE da SELECT … INTO buyrug‘ini faqat PL/SQL dasturlarida ishlatish mumkin.
Misol:
DECLARE u_ISM VARCHAR2(250);
BEGIN
SELECT ABONENT INTO u_ISM FROM TELEFONLAR WHERE TEL = 935321524;
DBMS_OUTPUT.PUT_LINE('5321524 telefon raqami egasi – '||u_ISM);
END;
Natija:
5321524 telefon raqami egasi – NORMATOV R
PL / SQL dasturida bloklar qanday bo‘limlardan tashkil topgan?
Ma’lumotlar bir qatorga yoki bir nechta qatorlarga qanday chop etiladi?
WHEN EXIT ifodasidan qanday foydalaniladi?
Shartli operator sintaksisi qanday?
PL/SQL da qanday takrorlanish operatorlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |