Ishga oid dastlabki malumotlar: reja tuzildi, ishning maqsadi va vazifalari aniqlandi, mavzuga oid adabiyotlar va ma’lumotlar to‘plandi


Daniyalik bolalar ko’proq o’qiy boshlashdi


Download 0.51 Mb.
bet12/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1516380
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Raximova m DIPLOM

Daniyalik bolalar ko’proq o’qiy boshlashdi.
Ko’plab media mahsulotlariga qaramay, Daniyalik bolalarning diqqatini o’qishga tortish bilan kurashish to’xtovsiz davom etmoqda. Daniyalik bolalarning kitob o’qishga bo’lgan ehtiyoji 14 yil avvalgiga nisbatan katta ko’rsatkichlarda oshdi. Buning sababi esa Daniyalik psixolog olimlarning o’tkazgan tadqiqotlari va buning natijasida bolalarning qiziqishlari, ularning aynan qaysi yoshda kitob o’qishdan zerikishlari va hokozo ko’rsatgichlari o’rganib chiqilib shunga ko’ra bolalarga kitob targ’iboti amalga oshirilishi sabab bo’lmoqda.
1999 yil o’rta yoshdagi maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan tadqiqot ko’rsatkichlari 2000 yil 9 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida bo’lgan ko’rsatkich foizlari solishtirib ko’rildi. Bo’sh vaqtda kitob o’quvchilar soni 56 % dan 61 % gacha o’sganligi aniqlandi. Daniyalik bolalar hali ham televizor ko’rishadilar, raqamli gajetlardan foydalanishadilar, lekin o’z vaqtida o’qiydilar ham. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, maktablarda keyingi o’n yil davomida faoliyat qog’oz kitoblarga qiziqishni aynan o’qishga yo’naltirishga qaratildi.
Keyingi paytda Daniya maktablari bir qancha omadli kompaniyalarga o’tkazildi, masalan, Laselyst (O’qishni sevish), Orxussk Universiteti qoshidagi Bolalar adabiyoti markazidan Stayne Reynhold Hansen Stayn o’z tadqiqotlarida shunday deydi: - « Ohirgi 15 yil davomida o’qishga bo’lgan ehtiyoj oshdi. Hozir ko’plab bolalar har hafta turli xildagi yoshlariga mos kitoblarni o’qiyaptilar ».
«Biz hozir ishonamizki, bugun bolalar nimani to’g’riligi va nimani o’qish keakligini bilishadi. Biz bilishimiz kerakki, bolalar xohishi ko’proq nimani o’qishga qaratilgan, va u nimaga yetaklovchi g’oya , u aynan nimani o’qiyapti. Agar bolalar boshqa bir turdagi adabiyotlarni oqishni xohlasalar, masalan otlar haqida, zombilar haqida, odamxo’rlar haqida kitoblarni o’qishga ularda zarurat tugilsa bunga yo’l qo’yib berish kerak ammo ularning tanqidiy fikri bo’lishi va o’zgarishlarga e’tiborsiz bo’lmasligi kerak» deydi: Daniyalik mutaxassislar.
Boshqa nazariyaga ko’ra, yosh bolalar yengil kitoblardan o’qishni boshlaydilar, shuning uchun nashriyotchilar bolar odatlarini va talablarini hisobga olishmoqda. «Biz bolalardan so’radik, qanaqa janrlardagi hikoyalar yoqadi va ularning aksariyati - yoshi, madaniyati va mintalitetiga qaramay, barcha bolalar hajviy», deya javob berdilar.
Kristensen qo’shimcha qiladiki: «Nashriyotchilar bunga jiddiy e’tibor berishdi va shu janrdagi kitoblarni ko’proq chiqarisha boshlashdi, har qanday bolalar bunday hajviy kitoblarni o’qib berishimizni hohlaydi. Biz yana shuni aniqladikki bolalar ma’lum bir yoshda o’qishni to’xtatishadi. Nashriyotchilar har tomonlama fikrlab bu yoshdagi bolalarga kitob targ’ibotini kuchaytirishmoqda buning natijasi o’laroq bugungi kunda biz ko’ryapmizki bolalar yana kitob o’qishmoqda» deydi: Daniyalik kitob targ’ibotchilari.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling