Ishga oid dastlabki malumotlar: reja tuzildi, ishning maqsadi va vazifalari aniqlandi, mavzuga oid adabiyotlar va ma’lumotlar to‘plandi


Argentinadagi antiqa kitob targ’ibot usuli – “Kutubxona Tank”


Download 0.51 Mb.
bet14/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1516380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Raximova m DIPLOM

Argentinadagi antiqa kitob targ’ibot usuli – “Kutubxona Tank”
Argentinalik Raul Lemesoff antiqa “Kutubxona Tank ” ni yaratdi. U o’zi yaratgan transportida Boynes Aires ko’chalari bo’ylab kitoblarni tarqatmoqda. Loyiha “Weapons of Mass Instruction” yani “Ommaviy ta’lim quroli” deb nomlanadi va butunjahon kitob kuniga bag’ishlanadi.
Ushbu kitoblar yuklangan transport eski tankni eslatsada aslida bu transport ishlov berilgan 1979 yilda chiqqan Ford Falcon yengil mashinasidir. Mashina kuzovi kitob javonlari bilan jixozlangan. Ushbu javonlar o’zida 900 ga yaqin kitoblarni jamlay oladi. Ushbu loyihani bugungi kunning zamonaviy ko’chma kutubxona deyish mumkin.
Raul shaxar bo’ylab kitoblarni bepul tarqatmoqda lekin u ko’proq turli yoshdagi bolalarning kitob o’qishidan hursand bo’lishini aytadi. Xozirda “Ommaviy ta’lim quroli” Argentinaning shahar va qishloqlari bo’ylab hayriya ishini davom ettirmoqda.

I BOB BO’YICHA XULOSA


II-BOB. BOLALAR VA O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASIGA OID ELEKTRON KUTUBXONANING AXBOROT MODELI VA QIDIRUV ALGORITMLARI
2.1 Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxonaning axborot modeli
Avvalambor biz biror ishimiz yoki bajarmoqchi bo’lgan vazifamizning modelini yaratmoqchi bo’lsak avvalo biz model o’zi nima degan savolga javob bera olishimiz va model haqida tushunchaga ega bo’lishimiz lozim. Shu maqsadda quyida model va uning turlari haqida qisqacha malumot berib o’tamiz.
Model va modellashtirish. Model turlari
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli – globus, osmon va undagi yulduzlar modeli – planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu passport egasining modeli deyish mumkin. Insoniyatni farovon hayot shart – sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o’rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o’rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya’ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligini, o’simliklar o’sganligi, iqlim qanday o’zgarganligini o’rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o’rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug’ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o’rganish natijasida noaniq, va to’liq bo’lmagan ma’lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi.Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin.
Masalan, tajriba o’tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta’sir etadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling