Ishga oid dastlabki malumotlar: reja tuzildi, ishning maqsadi va vazifalari aniqlandi, mavzuga oid adabiyotlar va ma’lumotlar to‘plandi
Download 0.51 Mb.
|
Raximova m DIPLOM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot modeli
- Formal axborot modellari
- 2.2. Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxonaning qidiruv algaritmlari
- Al – Xorazmiy
- Al-Xorazmiy aytadiki
- Chiziqli hisoblash jarayonlari
Axborot modeli - bu obyektning parametrlari va o‘zgaruvchilari, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, obyektlarning kirishi va chiqishi uchun zarur bo‘lgan parametrlarni va o‘zgaruvchini tavsiflaydigan va moddaning mumkin bo‘lgan holatlarini modellashtirish uchun modulning kirish qiymatidagi o‘zgarishlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishga imkon beradigan ma'lumot sifatida tasvirlangan ob'ekt modelidir.
Axborot modeli- bu obyekt, jarayon, hodisalarning jiddiy xossalari va holatlarini hamda ularning tashqi olam bilan o‘zaro bog‘lanishini xarakterlovchi axborotlar majmui hisoblanadi. Axborot modeli tavsifli va formal qismlarga bo‘linadi. Tavsifli axborot modellari – bu tabiiy tilda og‘izaki yoki yozma shaklda yaratiladi (ya’ni insonlar orasidagi muloqot tilida; Ingliz, rus, o‘zbek va boshqa) Formal axborot modellari – bu formal tilda yaratiladi (ya’ni ilmiy, kasbiy yoki ixtisoslashtirilgan) Formal modellarga misollar: barcha ko‘rinishdagi formulalar, jadvallar, graflar, kartalar, sxemalar va boshqalar). Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxona yaratish axborot modeli. Elektron kutubxona Kitoblar Maqolalar Avtoreferatlar Videolar
Disertatsiyalar
Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxona bazasi O’quv qo’llanma TM
EK 2.2. Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxonaning qidiruv algaritmlari Avvalo algoritm o’zi nima degan savolga quyida qisacha javob berib o’tamiz va o’z targ’ibot usulimizning algoritmini keltirib o’tamiz. Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir. Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Algoritm so’zi Al – Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib chiqqan bo’lib. Muxammad Muso Al-Xorazmiyning X asrda yaratilgan qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalari soddaligi tufayli yevropada ham o’nlik sanoq sistemasi qo’llanishiga turtki bo’ldi. Bu qoidalar tarjimasida xar bir qoida “Al-Xorazmiy aytadiki” deb boshlangan va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan. Hozirgi paytda algoritm sifatida biror masalani ishlash yoki biror ishni bajarish uchun qilinishi kerak bo’lgan tartiblangan chekli sondagi aniq bir qiymatli ko’rsatmalar ketma-ketligi tushiniladi. Algoritm tushunchasi keng ma’noda tahlil qilish mumkin. Masalan, biror manzildan boshqa manzilga borish uchun shahar transportidan foydalanib qanday borish mumkin, degan savolga biz ma’lum algoritm tavsiya qilishimiz mumkin. Pazandalik kitobida, masalan, palovni pishirish qoidasi keltiriladi. Bu ham o’ziga xos algoritm hisoblashlar ishlanadigan masala algoritmini biz hisoblash algoritmi deymiz. Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan xolda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari xaqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni ifodalashning uchta asosiy usullari fodalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi. Algoritmni ifodalash namunasi sifatida berilgan ikkita a va b sonlaridan kattasini topish algoritmini sxematik tarzda ifodalaymiz. Algoritmning bu blok-sxema tarzidagi ifodasiga hojat yo’q. Faqat turli hollarda bu algoritmning to’g’ri ishlashini xayolan tekshirib ko’rish mumkin. Bu yerda 4-blok tarmoqlanish bloki bo’lib, boshqa bloklardan farqli undan 2 ta yo’nalishda («ha» yoki «yo’q») chiqish mumkin. Masalan, a=10; b=5 bo’lsa, u=10 deb olinib 4-blokdan so’ng 5-blokni tashlab 6-blokka o’tib ketiladi.Chunki 5>10 ga «yo’q» javob to’g’ri keladi. Algoritmning blok-sxema tarzidagi ifodasining yana bir afzalligi undan uchinchi ko’rinishi, ya’ni algoritmik tildagi ifodasi (dastur)ga o’tishi ham juda oson bo’ladi. Chunki bunda har bir blok algoritmik tilning ma’lum bir operatori bilan almashtiriladi xolos. Chiziqli hisoblash jarayonlarida jarayonning barcha tashkil qiluvchi bloklari berilgan tartibda beistisno bajariladi. Bunday jarayon algoritmning blok-sxemasi asosan to’rtburchak shaklidagi bloklardan iborat bo’ladi. Bunday jarayonning algoritmi va tabiiy blok-sxema hamda programmasini tuzish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling