1. Boshlanishi
2. Kiritish bloki
3. Hisoblash bloki
4. Natija bloki
5. Tugashi
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonida ma’lum shartning bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab mavjud hisoblash yo’nalishlaridan birortasini tanlashga to’g’ri keladi. Bu holat algoritmning blok sxemasida romb shaklidagi blok bilan ifodalanib, boshqa bloklardan farqli bu blokda bitta kirish qismi bo’lib, chiqish esa ko’rsatilgan shartga qarab berilgan ikki yo’nalishdan biri bo’yicha bo’lishi mumkin. Algoritmning bu konstruksiyasi blok–sxemada:
1. Boshlanishi
2. Kiritish bloki
3. Shartni tekshirish
4 va 5. Hisoblash bloki
6. Natija bloki
7. Tugashi
ko’rinishida ifodalanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimlar algoritmning bir necha turidan foydalanib kelinmoqda. Ularning eng ko’p tarqalgan turi qidirish algoritmlari hisoblanadi. Qidirish algoritmi qidirilayotgan axborotni elektron katalog hamda to’liq matn bazasidan kalit so’zlar, muallif, sarlavha, nashr yili va boshqa metama’lumotlar yordamida qidiruvini tushunamiz. Resurs turiga ko’ra metama’lumotlar ham o’zgarib boradi.
Bu yerda biz me’tamalumotlar, sarlavha va kalit so’z yordamida qidirishni ko’rsatib o’tganmiz.
Topilmadi
Tamom
Boshlash
Me’tamalumotlar
Kalit so’z
Sarlavha
To’liq matn boyicha
Agar
Natija
Qidiruv
II BOB BO’YICHA XULOSA
Yuqorida biz elektron kutubxona yaratishning shunchaki o’zidan o’zi bo’lib qolmasligi balki uni muayyan qonun qoidalar asosida, ma’lum bir rejalar asosida ketma-ketlik bilan bajarilishini misollar asosida keltirib o’tdik. Ya’ni biror elektron kutubxona yaratishni qilishdan oldin uning mukammal rejasi, modeli uni bajarish ketma-ketliklari muayyan standartlar asosida, har tomonlama hisob kitoblaraga tayangan holda tuzib olinishi va shundan so’ngina amalda joriy qilishga tavsiya etilishini ko’rsatib o’tdik.
Buning uchun esa avvalo qo’yilgan masalalarning modeli tuzib olinishi va algoritmini tuzib, ularni tog’ri ketma ketlik asosida joylashtirish uchun bir qancha bilimlar kerak bo’lishini va biz ushbu bilimlarni o’zlashtirishimiz lozim ekanligini tushinishimiz kerakligini xulosa qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |