Ishga oid dastlabki malumotlar: reja tuzildi, ishning maqsadi va vazifalari aniqlandi, mavzuga oid adabiyotlar va ma’lumotlar to‘plandi


Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid adabiyotlar targ’ibotida innovatsion g’oyalardan foydalanish


Download 0.51 Mb.
bet9/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1516380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Raximova m DIPLOM

1.2 Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid adabiyotlar targ’ibotida innovatsion g’oyalardan foydalanish
Biz bugungi kunda O’zbekistonda va xorij mamlakatlarida mavjud targ’ibot usullari haqida fikr yuritar ekanmiz avvalo targ’ibot o’zi nima degan savolga qisqacha bo’lsada ta’rif berib o’tishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Targ’ibot bu – biror ishni yoki jarayonni, jamiyat yoki uning muayyan guruhlariga foydali jihatlarini ko’rsata olish, biror ish yoki jarayonda ishtirok etishlari ularning faoliyatlari davomida faqatgina foydali oqibatlarga olib kelishini uqtirish, undan tashqari shu kabi ishlarda yoki jarayonlarda targ’ib qilinayotgan jamiyat a’zolarining faqat o’zlari qatnashibgina qolmay balki boshqalarni ham shun ishda ishtirok etishlariga davad etishlariga undash targ’ibotga berilishi mumkin bo’lgan eng qisqa tariflardan deb aytishimiz mumkin.
O’zbekistonda kompyuter texnologiyalarining keng ommalashayotgani hamda axborot resurslarining elektronlashuvi, ommaviy axborot vositalarining tezkorligi, hamda internet tarmog’ining kirib kelishi turli yoshdagi bolalar va o’spirinlarning kitoblarga bo’lgan qiziqishlariga sezilarli darajada putur yetkazdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mamlakatimizning istalgan joyida ko’rish mumkinki deyarli har bir bola (aksariyat yuqori sinf yoshidagi bolalar) o’zining mobil apparati, shaxsiy kompyuteri, noutbuk yoki netbuklariga ega, bu shuni bildiradiki bunday texnologiyaga ega bolalar mobil apparati yoki noutbuklari yordamida internet tarmog’iga ulanishi va kerakli ma’lumotlarni aynan internetdan qidirishlari mumkin. Undan tashqari kerakli malumotlarning elektron shakllaridan foydalanib o’zining axborotga bo’lgan extiyojini qondirishga urinishlari tabiiy chunki ushbu texnologiyalar juda qulay va tezkordir. Bu fikrni noto’g’ri deyish hozirgi zamonaviy texnologiyalarni inkor qilish bo’ladi, biz bunday fikrdan yiroqmiz ammo an’anaviy kitoblarning ham o’z o’rni va vazifalari borligini unitib qo’ymasligimiz lozim. Nafaqat buni o’zimiz tushinishimiz balki buni turli yoshdagi bolalarga ham tushintirishimiz, ularda kitobga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otishimiz muhim vazifalarimiz sirasiga kiradi. Nega degan savolga shunday javob berish mumkinki an’anaviy kitoblarning inson sog’ligiga zararsizligi, ( ayniqsa hozirgi zamonaviy elektron axborot texnologiyalarga nisbatan) iqtisodiy jihatdan arzonligi, tarbiyaviy ahamiyati yuqoriligi, ilm fanga bo’lgan qiziqishlarini mustahkamlashi, eng muhimi an’anaviy kitoblar tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan va soha mutaxassislari tomonidan tahrirlangan va faqat foydali ma’lumotlarni o’zida jamlashi bilan farqlidir. Ma’lumki internet tarmog’idagi ma’lumotlar ombori yoki massivi qo’pol qilib aytganda filtrdan o’tmaydi. Bu shuni ifodalaydiki internet tarmog’ida foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda no’tog’ri yoki modifikatsiyalangan (o’zgartirilgan) ma’lumotlar ham bo’lishi mukin. Bu esa hali oq-qorani ajrata olmaydigan bolalar bilimlar bazasini noto’g’ri ma’lumotlar bilan to’ldirishiga olib kelishi mumkin. Shu kabi noto’g’ri ma’lumotlarni o’qigan yoki undan foydalangan turli yoshdagi bolalar nafaqat o’zlari shu bilimlarni o’zlashtiradi balki boshqa tengqurlariga ham ulashishlari mukinligi esa yanada achinarlidir. Albatta hozirgi zamon texnologiyalaridan, kompyuterlardan, internet va boshqa axborot manbaalaridan foydalanish kerak, lekin buning uchun tarmoq manbaalaridan to’g’ri axborotlarni ajratib olish uchun yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish kerak. Ana shunday bolalarga to’g’ri ma’lummotlar va bilimlarni yetkazib berish murakkab bo’lgan bir paytda turli yoshdagi bolalarga kitob targ’ibotini muntazam amalda joriy qilish, ularaga internetdan qidirayotgan ma’lumotlarini kitoblardan ham topishi mumkinligini uqtirish, ularning axborotga bo’lgan extiyojini kitoblar mutaolasi orqali ham qondirishi mumkinligiga ishontirish lozim bo’ladi. Buning uchun esa hozirgi taraqqiy topayotgan zamonaga xos yangidan yangi targ’ibot usullarini o’ylab topish va ularni amalda joriy qilish lozim bo’ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda kitob targ’ibotining bir qancha usullari mavjud biroq mavjud targ’ibot usullarining ro’yhatiga nazar soladigan bo’lsak ularni ko’p deb bo’lmaydi, turli yoshdagi bolalar o’rtasida olib borilayotgan kitob targ’ibotlarining soni esa barmoq bilan sanagulik. Biz Respublika bolalar kutubxonasida o’tagan amaliyotimiz davrida shunga amin bo’ldikki ushbu kutubxonada turli yoshdagi bolalarga kitob targ’ibotining birqancha usullari yo’lga qo’yilgan. Aytish kerakki Respublika Bolalar kutubxonasida yo’lga qo’yilgan turli yoshdagi bolalarga kitob targ’iboti usullarini nafaqat ushbu kutubxonada balki barcha maktab axborot resurs markazlarida joriy qilish lozim. Mamlakatimizda mavjud kitob targ’ibotlari usullarini sanab o’tadigan bo’lsak, ular quyidagilardan iborat:

  • Kutubxonaga kelgan bolalarga individual suxbatlar orqali kitoblar haqida ma’lumot berish. Bunda biror kitobni qidirib kelgan bolalarga o’zlarini qiziqtirgan mavzularga oid kitoblarni ro’yhatini ko’rsatish, undan tashqari kutubxonaga yangi kelib tushgan kitoblar haqida ma’lumot berilmoqda;

  • kutubxonaga yangi a’zo bo’lgan kitobxon bolalarga kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirilib ya’ni kutubxonaning bo’limlari haqida ma’lumot berib ularning qiziqishlarini o’rgangan holda ularga kerakli kitoblarni tavsiya qilinmoqda;

  • maktablar bilan ikki tomonlama shartnoma tuzib vaqti-vaqti bilan maktab ARM da va Kutubxona binosida ko’rgazmalar uyushtirish. Ushbu ko’rgazmada o’zbek milliy klassik asarlari, xalq og’zaki ijodlari, chet el klassik durdonalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berish, asarlarning qisqacha annotatsiyasini keltirib o’tish, bolalarga biror qiziqarli asarlardan parchalarni ifodali o’qish kabi yo’llar bilan tar’gibot qilinmoqda;

  • bir yilda bir marotaba kitob festivalini tashkil qilinib, ushbu kunni poytaxtimizning so’lim istirohat bog’larida bayram qilib nishonlanishi, ushbu kitob bayramiga mashxur sanatkorlar, xonandalar, aktyor hamda aktrisalar, yozuvchi va shoirlar taklif qilinmoqda. Undan tashqari ajoyib kitoblar ko’rgazmalari tashkil qilinib bolalarga qiziqarli kitoblar haqida ma’lumotlar berilmoqda;

  • kutubxona doyimiy kitobxonlaridan guruhlar tashkil qilinib ularga mashxur milliy va jahon klassik hamda zamonaviy asarlaridan parchalarga bo’lib davomli ifodali o’qib berish orqali ularda kitobga bo’lgan qiziqishni uyg’otish kabi targ’ibot usullari bugungi kunda mavjud va amaldagi targ’ibot usullariga kiradi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling