Ishga oid dastlabki malumotlar: reja tuzildi, ishning maqsadi va vazifalari aniqlandi, mavzuga oid adabiyotlar va ma’lumotlar to‘plandi


Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari


Download 0.51 Mb.
bet5/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1516380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Raximova m DIPLOM

Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari Hozirgi zamon psixologiyasi oldida mustaqilligimizni mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan va mas’uliyatli vazifalar turadi. Psixologiyani jiddiy o‘rganishga har bir kishi o‘zini ham kuchli, ham zaif tomonlarini, o‘z imkoniyatlarini, o‘zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilash, nuqsonlarini yo‘qota olish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ya bilmog‘i lozim. Bu esa psixologiya fanini o‘rganishning inson uchun qay darajada muhimligini ko‘rsatadi. Psixologiya fani oldida ham nazariy, ham amaliy vazifalar turadi. Uning nazariy vazifalariga:
– psixik hodisalarning paydo bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish;
– uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish;
– psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilish;
psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida paydo bo‘lishi omillarini o‘rganish; – intellekt (zehn, aql, idrok), abstrakt tafakkur qilish qobiliyatini shakllanishini tezlatish muammosini hal qilish;
– insonda «mudrab yotgan layoqatlarni qobiliyat darajasida shakllanishini ilmiy asoslab berish»;
– yangicha fikrlash, ya’ni yangicha tafakkur qilishning psixologik masalalarini yoritib berish. Shuningdek, aqliy taraqqiyotga, kasb-hunar o‘rganishga, yosh va individual xususiyatlarni o‘rganish, ijodiy faoliyat, badiiy ijodiyot, mehnatda ijodning paydo bo‘lishi, axborot vositalari va pedagogik texnologiyaning bilim egallashga ta’sirini o‘rganish, ta’lim jarayonini takomillashtirish va uni hayotga tatbiq qilishdan iboratdir.
Psixologiyaning amaliy vazifalari psixologik bilimlarni keng jamoatchilik ommasiga yetkazib berishdan iboratdir. Hozirgi sharoitda ota-onalar, tarbiyachilar bola tarbiyasida psixolog-pedagoglarning psixologik bilimlariga muhtojdirlar. Turli yoshdagi bolalarning yoshlik va individual farqlarini ajratish, ularga individual munosabatda bo‘lish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, yakka bola tarbiyasi, tarbiyasi qiyin bolalarga o‘zaro munosabat, turli yot oqimlarga kirib ketuvchilar bilan ishlash, sust o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlash, psixik rivojlanishida orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar, mahalla faollarini bahramand qilishdan iboratdir.
Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, (ro‘znoma va oynoma) gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, ota-onalar bilan suhbatlashish, shahar va viloyatlarda ota-onalar universitetlarini uyushtirish va uning ishini faollashtirish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, davra suhbatlarini uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni shakllantirishda, sog‘lom turmush tarzini barpo qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling