Jizzax pedagogika universiteti


Download 141.1 Kb.
bet1/9
Sana09.06.2023
Hajmi141.1 Kb.
#1468072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Maktabgacha ta'lim fakulteti
BMaktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingiz tili) yo'nlaishi
540-20 guruh 3 kurs talabasi Mamadaliyeva Dilnozaxonning
Bolalar pedagogikasi fani
fanidan



KURS ISHI


MAVZU: Komil insonni shakllantirishda mehnat tarbiyasi
Jizzax - 2023


Mundarija:
Kirish
I.Bob Komil insonni shakllantirishda tarbiyaning mohiyati va mazmuni o'rganish.
1.1. Komil insonni shakllantirishda mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari.
1.2. Komil insonda ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari va mazmuni.
II.Bob. Komil insonda shakllantirishda nafosat , jismoniy va oila tarbiyasini o'rni.
2.1. Komil insonda nafosat va jismoniy tarbiyani shakllantirish.
2.2. Oila tarbiya asoslari.
Umumiy xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH:
Mavzuning dolzarbligi. Mehnat tarbiyasi deganda o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunida mehnat tarbiyasini tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabda tashkil etishlari mumkin”. Maktabda, ta’lim muassasalarida bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfda va maktabda mehnat tarbiyasi ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.
Sinfdan va maktabda o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga o`rgatish, o`quvchilarni ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra o`quvchilarga badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch-quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi.
Sinfda va maktabda ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.
Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bunday ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo`lishi kerak.
Mehnat tarbiyasi o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalarjamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi.
Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.
Sinfda o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi;
- Fan to’garaklari;
- Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;
- Sport to’garaklari;
- San’at yo’nalishidagi to’garaklar.

Mehnat tarbiyasi o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak.


O`quvchilar bilan olib boriladigan mehnat tarbiyasi o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.
Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi.
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir. Mehnat tarbiyasi shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.

Download 141.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling