Ishga oid dastlabki malumotlar: reja tuzildi, ishning maqsadi va vazifalari aniqlandi, mavzuga oid adabiyotlar va ma’lumotlar to‘plandi


Bitiruv malakaviy ishning natijasi


Download 0.51 Mb.
bet4/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1516380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Raximova m DIPLOM

Bitiruv malakaviy ishning natijasi: Ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxona yaratishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid adabiyotlarni to’plash;

  • Innovatsion g’oyalardan foydalanish;

  • Elektron kutubxonaning axborot modeli va qidiruv algoritmlari tuzish;

  • Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxonaning tashkiliy va funksional strukturasini tuzish;

  • Foydalanuvchilarga qulaylik maqsadida ushbu tadqiqot bo’yicha qo’llanma yaratish lozim.



  1. BOB. BOLALAR VA O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI TAHLILI.




    1. Bolalar va o’smirlar psixologiyasining nazariy va amaliy jihatlari tahlili.

O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tafakkur” jurnalining muxbiri bilan suhbat chog’ida, jumladan, shunday deydi: “Har qanday odam ham o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatda munosib o’rnini topishi kerak. Aks holda bu narsa noxush oqibatlarga, ba’zan esa og’ir fojialarga, hatto ijtimoiy larzalarga ham sabab bo’ladi. Yosh yigit-qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o’z o’rnini topolmaslik holatlari ularning jamiyatda o’z qadrini yo’qotishga olib keladi. O’z qadriga, sha’niga ega bo’lmagan inson hayotda ko’p to’siqlarga duchor bo’ladi, beqaror va salbiy ta’sirlarga beriladi, uning shaxs sifatidagi yemirilishi ham tez kechadi”.


Tabiiyki aytilgan mazkur fikrlar eng avvalo o’smirlar tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan pedagoglar, ayniqsa psixologlar oldiga juda katta ijtimoiy vazifalarni qo’yadi. Chunki, bugunki kunda har bir o’smirni tarbiyalashdan oldin uni shaxs sifatida qabul qilish tushunish, undagi ijtimoiy psixologik imkoniyatlar ko’lamiga jiddiy e’tiborni qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, o’smirlik davri o’zining o’ta murakkabligi, psixologlar tili bilan aytganda, shaxs taraqqiyotida: “o’tish”, balog’at, “qiyin”, “inqiroz” yoki “tub burilish” davri ekanligi bilan unga nisbatan jiddiy ta’lim-tarbiyaviy yondashuvni talab etadi.
Psixologiyada olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi kunda o’smirlar o’quv faoliyatida va munosabatlarida juda ko’plab muvaffaqiyatsizliklarga uchramoqdalar, shuningdek kattalar tomonidan ularga bildirilayotgan muomala jarayonidan qoniqmasliklari oqibatida qattiq asabiylashgan holda faoliyat yuritmoqdalar. Bularning barchasi bizningcha, bugungi kunda har bir o’smir uchun xarakterli bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rganishni va shu asosida tegishli individual va guruhiy tarbiyaviy ta’sir o’tkazish tizimini yaratishni taqazo etmoqda.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling