Ishga oid dastlabki malumotlar: reja tuzildi, ishning maqsadi va vazifalari aniqlandi, mavzuga oid adabiyotlar va ma’lumotlar to‘plandi


A.Q.Sh. dagi kitob targ’iboti usuli, (o’qish uchun likopchalar)


Download 0.51 Mb.
bet13/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1516380
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Raximova m DIPLOM

A.Q.Sh. dagi kitob targ’iboti usuli, (o’qish uchun likopchalar)
A.Q.Sh. dagi “Fikringni rivojlantir” nomli loyixaga ko’ra Meksika restoranlari tarmog’ida mijozlariga yoqimli o’qishni ta’minlash uchun qog’oz likopcha, stakan va paketlarga mashxur asarlardan lavhalar, oforizmlar, aqlli fikrlar nashr qilingan. Bir martalik ishlatiladigan ushbu idishlarda Amerika yozuvchisi Jonatan Safron Foer, shuningdek qisqa ertaklar, insholar, va boshqa yozuvchilar fikrlari hamda komekslarni ko’rish mumkin. Bular: Toni Morrison, Malkolma Gladuella, Sara Silverman, Maykl Lyuis, Bill Xader, Jadda Apatou, Jorja Sonders, Stiven Pinker va Sheri Finklarning asarlari va fikrlaridir.
Restoran xodimlarining fikricha bunaqa konsepsiya o’qishni targ’ib qilishda samarali natija berishi mumkin, har xil maqola yoki asar parchalari tushirilgan bir martalik idishlar esa kuni kelib kolleksionerlar uchun muhim obyektga aylanishi mumkin.
Rus klassikasi, ARZAMAS loyixasi
Moskvaning yetakchi adabiyot o’qituvchilari sevimli kitoblari haqida turli yoshdagi bolalarga so’zlab berishdi. Ushbu so’zlashuv “ARZAMAS-Rus klassikasi iptidosi” nomli maxsus loyixada bo’lib o’tdi. Loyixa azolari maktab dasturi darsliklari asosida videomaruzalar tayyorlashdi. Yaratilgan 60 ta videomaruzalar 17 ta yozuvchilarning asarlarini o’z ichiga oladi. Bular: Govrila Derjovinadan tortib to Anton Chexovgacha bo’lgan yozuvchilardir. Ular haqida Loyixaning 4 a’zosi deb gapirishadi. Bu to’rtovlon: Rossiyada xizmat ko’rsatgan o’qituvchi Lev Sobolev; filolog, Iqtisodiyot oliy maktabi dotsenti Konstantin Polivanov; rus tili va adabiyoti o’qituvchisi Ndejda Shapiro va Yelena Vigdorovalar.
Bolalar auditoriyasini qiziqtirish uchun an’anaviy mavzulardagi maruzalar ro’yhati keltirilgan. Ushbu videomaruzalar nafaqat o’quvchilar balki o’z ma’naviy bo’shliqlarini to’ldirmoqchi bo’lgan katta yoshli kitobxonlar uchun ham qiziqarli mashg’ulotga aylanmoqda.
Germaniyada o’qish tushunchasini kengaytirishmoqchi bo’lishyapti.
Nemis elektron media fondini targ’ibot qilish maqsadida “Mutoala” tushunchasini kengaytirishmoqchi bo’lishyapti buning uchun esa qiziqarli Nemis kitoblarining video hamda audio “Treyleri” yaratilmoqda. Fond hodimasi Zigrid Fayerning ko’rsatmasiga ko’ra hozirgi paytda buni badiiy adabiyotlarda sinab ko’rilmoqda va bu o’z samarasini beryapti, bu ish bilan esa faqat bo’sh vaqtlarda shug’ullanilmoqda. Shuningdek uni so’zlariga qaraganda internetdan malumot qidirgan yoki onlayn o’yinlar qo’llanmasini o’quvchi shaxslar ham vedo yoki audio “Treyler”dan bahramand bo’lgach mutoolani kanda qilishmayapti. Ushbu targ’ibot usuli kengroq miqyosda bolalar va o’spirinlarning an’anaviy kitoblarga bo’lgan qiziqishlarini ortishiga sabab bo’lmoqda.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling