2000.Qidirish tizim osti sxemasi
MB dan hujjatlarni tez va aniq izlab toppish imkoniyatlarini taqdim etadi. Tizimostining tarkibiy qismlari: a) metama’lumotlar bo’yicha qidirish; b) to’liq matndan qidirish.
3000. Boshqarish tizm osti sxemasi
MB ni administrator tomonidan boshqariladi. Bu tizm ostiga quydagilar kiradi:
a) umumiy boshqaruv
b) kiritlayotgan ma’lumotlarning boshqaruvi,
c) bazadagi ma’lomotlarni boshqaruvi.
Ushbu tizimosti uchun biz yaratgan tizim xavfsizligi va foydalanish huquqlari nazoratini “Boshqaruv” tizimosti ta’minlaydi.
4000. Import eksport tizmosti sxemasi
Ushbu tizmostida MB dagi malumotlarni eksport qilish yoki chetdan ma’lumotlari olib kirilishi mumkun. Bunda elektron kutubxona bilan birga uning to’liq matniyam beriladi va olib kiriladi.
5000. Statistika tizim osti sxemasi
MB bo’yicha statistik ma’lumotlar va hisobotlarni yaratdi. Statistik hisobotlar, asosan MB tarkibini va unga bo’lgan murojaatlarni o’zida aks ettiradi.
6000. Ma’lumotlarni chiqarish tizim osti sxemasi
Nomidan ko’rinib turibdiki, bu tizim osti foydalanuvchilarga ular so’rov bergan hujjatlarni taqdim etish vazifasini bajaradi. Bu tizim osti “Qidirish”, “boshqarish”, “Statistika”, “Inport eksport” tizimostilari bilan bevosita bog’langan. So’rov bo’yicha ma’lumot foydalanuvchi interfeysiga yuboriladi.
Bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxonaning tashkiliy strukturasi
III BOB BO’YICHA XULOSA
Ushbu bob yuzasidan quyidagicha xulosa qilish mumkinki har bir ish bajarilishidan oldin uni har tomonlama o’ylanib puxta rejalar asosida qilinsa bajarilayotgan ish o’z samarasini beradi. Bunday puxta ishlangan rejalar sifatida bajarilayotgan ishning maqsadi va uni bajarishda butun bir tizim sifatida qarashimiz lozimligi va va uni tezroq va sifatliroq bajarish uchun esa masalani tizimostilarga ajratib olishimiz har bir tizimostini o’z mutaxassis hodim tomonidan bajarilishini nazorat qilishimiz lozim bo’ladi. Shunda bajarilayotgan ishning qiymati, uning qiyin yoki osonlik darajasi, va samarasini oldindan ko’rish mumkin bo’ladi.
Biz ham bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxona tashkil etish uchun ana shunday bilimlar va ko’nikmalardan foydalangan holda ishlab chiqdik va uni maxsus tizim va tizimosti masalalariga taqsimlab oldik va shu asosida ishimizning ya’ni bolalar va o’smirlar psixologiyasiga oid elektron kutubxona tashkil etishning modeli hamda tashkiliy va funksional tuzulmalarini yaratib oldik. Bu esa ishimizni bajarishimida dasturi amal bo’lib xizmat qilishiga ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |