Ишлаб чиқариш устама харажатлари ҳисоби ва уларни маҳсулот (иш, хизмат) таннархига киритиш усуллари


Download 68.99 Kb.
bet3/5
Sana09.05.2023
Hajmi68.99 Kb.
#1448639
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ишлаб чи ариш устама харажатлари исоби ва уларни ма сулот (иш,

Schyotlarning bog‘lanishi

Debet

Kredit

1

Umumishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalarning eskirishi

2510

0220-0299

2

Umumishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi

2510

0510-0590

3

Umumishlab chiqarish maqsadlariga materiallarning sarflanishi

2510

1010-1090

4

Umumishlab chiqarish maqsadlariga sarflangan materiallar qiymatidagi farq hisobdan chiqarildi

2510

1610

5

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar umumishlab chiqarish maqsadlari uchun (sinovlar, tajribalar o‘tkazishga) berildi

2510

2110

6

Yordamchi ishlab chiqarish xizmatlari umumishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarildi

2510

2310

7

Kelgusi davr xarajatlari umumishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarildi

2510

3110-3190

8

O‘zida tayyorlangan mahsulotlardan umumishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan ehtiyojlar uchun foydalanildi

2510

2810

9

Ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish (energiya, suv, gaz, aloqa va hokazo) bo‘yicha mol yetkazib beruvchilarning xizmatlari

2510

6010

10

Ilgari taqdim etilgan, lekin qondirilmagan da’volar summasining umumishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi

2510

4860











11

Umumishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq sug‘urta xarajatlari

2510

6510

12

Umumishlab chiqarish ishlab chiqarishga tegishli yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha xarajatlar

2510

6520

13

Ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning mehnat haqi xarajatlarining hisoblanishi

2510

6710

14

Ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish buyicha ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar

2510

6110, 6120

15

Ilgari ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish uchun berilgan materiallarning ortiqchasi va qaytarilishi

1010

2510

16

Umumishlab chiqarish xarajatlarining mahsulot tannarxiga kiritilishi

2010

2510

17

Yordamchi sexlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar ularning ish va xizmatlari tannarxiga kiritildi

2310

2510

18

Umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish xarajatlarga qo‘shildi

2610

2510

19

Ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish xarajatlari kelgusi davr xarajatlari tarkibida aks ettirildi

3110-3190

2510

20

Umumishlab chiqarish xarajatlarining (bekor turib qolishlar va hokazolar) bir qismi javobgar shaxslar zimmasiga yuklandi

4730

2510

21

Umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi (tabiiy ofat, yong‘in va hokazolar sababli) zararlarga hisobdan chiqarildi

9430, 9720

2510

3.IShLAB ChIQARISh USTAMA XARAJATLARNI MAHSULOT (ISh, XIZMAT)LAR TANNARXIGA KIRITISh USULLARI


Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini mahsulot (ish, zizmat)lar tannarxiga kiritish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
1.Hisob ma’lumotlari bo‘yicha jami ishlab chiqarish ustama xarajatlari summasi aniqlanadi.
2.Ishlab chiqarish ustama xarajatlari taqsimot bazasi aniqlanadi. Taqsimot bazasi sifatida barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) turlari uchun umumiy hisoblangan kriteriy (mezon) yoki har bir ishlab chiqarish ustama xarajatlari uchun alohida belgilangan kriteriy (mezon) olinadi. Umumiy kriteriy (mezon) bo‘lib, ko‘pincha, quyidagilar hisoblanadi:
•ishlab chiqarish xodimlari (ishchilar)ning ishlagan ish vaqti

  • ishlab chiqarish jihozlarining ish vaqti

  • asosiy ishlab chiqarish xodimlari mehnat haqi xarajatlari

  • ishlab chiqarilgan mahsulot birligi.

Alohida ishlab chiqarish ustama xarajatlari uchun taqsimot bazasi sifatida quyidagilar ham olinishi mumkin:

Ishlab chiqarish ustama xarajat turi

Taksimlash uchun baza

Ijara to‘lovi

- xonalar maydoni

Ishlab chiqarish jihozlari sug‘urtasi

- Jihozlar boshlang‘ich qiymati

Amortizatsiya

- Jihozlar boshlang‘ich qiymati

TNB nazoratchilari ish haqi

- Asosiy i/ch xodimlari ish haqi

Isitish va yoritish

-xonalar maydoni



3.Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlash stavkasi aniqlanadi. Ushbu stavka jami ishlab chiqarish xarajatlar summasini taqsimot baza sifati tanlab olingan umumiy kriteriy (mezon, belgi, ko‘rsatkich)ning umumiy miqdori (summasi)ga bo‘lish orqali topiladi, ya’ni:
Jami ishlab chiqarish ustama xarajatlarini
St =--------------------------------------------------------------------------------
Taqsimot bazasi miqdori (summasi)
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlash stavkasi, o‘z navbatida, ikki xil bo‘lishi mumkin: (1) Umumiy (umumzavod) va (2) xususiy (sexlararo).
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning umumiy
(umumzavod) stavkasi jami korxona bo‘yicha yaxlit tarzda ishlatiladi. Masalan, ma’lum hisobot davrida ishlab chiqarish ustama xarajatlari jami 100000000 so‘m, asosiy ishlab chiqarish xodimlari ishlagan vakt jami 100000 soatni tashkil etgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish ustama xarajatlari taksimoti stavkasi o‘rtacha 1000 so‘m/kishi-soatni (100000000/100000)ni tashkil qiladi. Va aynan shu stavka bo‘yicha ishlab chiqarish ustama xarajatlari barcha mahsulot turlari o‘rtasida taqsimlanadi. Agar A mahsulot ishlab chiqarishga asosiy mehnat sarfi 30000 kishi-soatni tashkil etgan bo‘lsa, u xolda ushbu mahsulot tannarxiga jami 30 000000 so‘mlik (30000*1000) ishlab chiqarish ustama xarajatlari kiritiladi.
Agar ishlab chiqarish jarayoni alohida-alohida bo‘limlar orqali amalga oshirilsa, u holda ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taksimlashining xususiy (sexlararo) stavkasini qo‘llash maksadga muvofiq bo‘ladi.


A sex

B sex

V sex

Jami

Ishlab chiqarish ustam xarajatlari, so‘m.

25000000

40000000

35000000

100000000

Taksimot bazasi

40000

10000

50000

100000

(mehnat-soat)













Ishlab chiqarish ustam xarajatlari taksimot
stavkasi

625

4000

700

1000

Agar X mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan asosiy mehnat sarfi A sexda 10000 kishi/soatni, B sexda 5000 kishi/soatni, V sexda 15000 kishi/soatni tashkil etgan bo‘lsa, bu holda ushbu mahsulot tannarxiga olib
borilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 36 750 000 so‘mni (10000*625+5000*4000+15000*700) so‘mni tashkil etadi)
Biroq ishlab chiqarish ustama xarajatlari ularning haqiqiy miqdori asosida hisob-kitob qilish turli muammolarni tug‘diradi. Chunonchi:
•ishlab chiqarish ustama xarajatlari va ishlab chiqarish hajmini oldindan aniqlash imkoni bo‘lmaganligi sababli buyurtma tannarxini hisobot davri oxirigacha aniqlab bo‘lmaydi;
• ishlab chiqarish ustama xarajatlari va ishlab chiqarish faoliyatini oydan-oyga o‘zgarib turishi ishlab chiqarish ustama xarajatlari taqsimot stavkasida ko‘plab o‘zgarishlarga olib keladi.
Yuqoridagilar sababli amaliyotda hisobot davri maboynida ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning rejali stavkasi keng qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning rejali stavkasini hisob- kitob qilish o‘z ichiga quyidagi qadamlarni oladi:

  1. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini prognoz hajmi aniqlanadi.

  2. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlash bazasi tanlanadi.

3.Prognozlashtirilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari prognozlashtirilgan taqsimot bazasi miqdoriga bo‘lish orqali uning prognozli stavkasi belgilanadi
4. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning aniqlangan prognozli stavkasi asosida ushbu xarajatlar mahsulot turlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning rejali stavka bo‘yicha taksimlashda hisobot oyi oxirida haqiqiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari aniqlangandan so‘ng reja stavkadagi va haqiqiy ustama xarajatlar o‘rtasidagi farq aniklanadi. Ushbu farq ikki xil bo‘lishi mumkin:
1.To‘liq taqsimlanmasdan qolgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari; 2.Ortig‘i bilan taksimlab yuborilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari.
To‘liq taqsimlanmasdan qolgan yoki ortig‘i bilan taksimlangan ishlab chiqarish ustama xarajatlarini hisobdan chiqarish quyidagi ikkita usulda hisobdan chiqarilishi mumkin
1.Agar mahsulotlar to‘liq sotib yuborilgan bo‘lsa, u holda rejali va haqiqiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari o‘rtasidagi farq summasiga «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotining debeti yoki kreditida tuzatish qilinadi.
2.Agar mahsulotlar to‘liq sotib yuborilmagan bo‘lsa, u holda rejali va haqiqiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari o‘rtasidagi farq summasi «Tugallanmagan ishlab chiqarish», «Tayyor mahsulot» va «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotlari qoldiqlari ulushiga qarab mutanosib ravishda ular o‘rtasida taqsimlanadi.
Misol:aytaylik, jami ishlab chiqarish ustama xarajatlari summasi prognoz bo‘yicha 100 000 000 so‘m, rejadagi asosiy xodimlar mehnat miqdori 100000 kishi/soat. U holda ishlab chiqarish ustama xarajatlarining taqsimlash reja stavkasi 1000 so‘mni (100000000/100000) tashkil etadi. Amalda xodimlar mehnat miqdori haqiqatda 110000 kishi/soatni, haqiqatda ketgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 120 000 00 so‘mni, reja stavka bo‘yicha sotilgan mahsulot tannarxiga olib borilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlar summasi 110000000 so‘mni tashkil etgan. Bu holda ishlab chiqarish ustama xarajatlari va ular taqsimoti hisobini aks ettiruvchi schyotlarda quyidagicha yozuvlar qilinadi.



Agar, yuqorida keltirilgan 110 000 000 so‘mlik ishlab chiqarish ustama xarajatlari reja stavka bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan bo‘lsa- «Tugallanmagan ishlab chiqarish» schyotiga 11 000 000 so‘m yoki 10%) , «Tayyor mahsulot» schyotiga 33 000 000 so‘m yoki 30 % va «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotiga 66 000 000 so‘m yoki 60 %, u holda haqiqiy va reja stavkada taqsimlangan ishlab chiqarish ustama xarajatlari summalari o‘rtasidagi farq (bizning misolimizda u 10 000 000 so‘m kam miqdorda taqsimlangan) yuqoridagi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Ishlab chiqarish ustama xarajatlari Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi



Download 68.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling