Ishlab chiqarish amaliyoti xisoboti
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI
Download 41.02 Kb.
|
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOT1
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI
Sana : «___»________2023 yil 8-Mavzu : Kuzovlarda uchraydigan nuqsonlar ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI Sana : «___»________2023 yil 9-Mavzu : Kuzovlarda uchraydigan turli nuqsonlarni turiga qarab saralash Avtomobillarning kuzov va kabinaning asosiy nosozliklari, ularning o‘lchamlarini o‘zgarib ketishi, qiyshayishi, pachoqlanishi, uzilishi, payvand choklarini uzilishi, darz ketish va o‘yiqlar paydo bo‘lishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarning bo‘shashib ketishidan iborat. Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan tiklanadi. texnologik jihoz va moslamalar ATK da harakatdagi tarkibga TXK va JT da hammabop (metall qirquvchi, yog‘ochga ishlov beruvchi, presslar, kran-balkalar, payvandlash transformatorlari va h. k.) va maxsus (yuvish mashinalari, ko‘targichlar, diagnostikalash asboblari va h. k.) jihozlar ishlatiladi. Bulardan tashqari, o‘z kuchi bilan ATK sharoitida tayyorlangan nostandart jihozlar (tokchalar dastgohlar, aravachalar va h. k.) ham qo‘llaniladi. ATK da ishlatiladigan texnologik jihozlar o‘zining qo‘llanilishi bo‘yicha kо’tarish-qarash, ko‘tarish-tashish, avtomobillarga TXK va JT uchun maxsuslashtirilgan turkumlarga bo‘linadi. Ko‘tarish, qarash va tashish jihozlari JT va TXK da ishlatilib ular avtomobillarga har tomondan (ustidan, tagidan, yonidan) TXK va T ga imkon yaratadi va ish unumini oshiradi. Avtomobillarga TXK ishlarining 40-50% tagidan, 10-20% yonidan va 40-45% ust tarafidan bajariladi. Kо’tarish, qarash va tashish jihozlari ish unumini oshiribgina qolmay uning sifatini oshirishga ham imkon yaratadi. Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvandlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvandlash turidan foydalaniladi. Payvandlash qo‘l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi. Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo‘shimcha qoplama qo‘yiladi, o‘z navbatida bu qoplama yirtilgan yerdan 20-24 mm chiqib turishi zarur. Pachoqlangan yerlar va qiyshayishlar sovuq yoki qizdirilgan (600-650 °C gaz gorelkasi yordamida) holda to‘g‘rilanadi. Qizdirib to‘g‘rilash metall qavatqavat bo‘lib qolganda yoki sovuq holda to‘g‘rilab bo‘lmay qolganda bajariladi. Download 41.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling