Ishlab chiqarish amaliyoti xisoboti


ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI


Download 41.02 Kb.
bet8/18
Sana19.06.2023
Hajmi41.02 Kb.
#1602634
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOT1

ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI


Sana : «___»________2023 yil


12-Mavzu : Kuzovlarni ta’mirlash chora tadbirlarini belgilash

Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo‘lib, ularga eshiklar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan tashqi va ichki panellardan iborat bo‘lib, payvand bilan biriktirilgan. Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan. Old va orqa oynalar uch qavatli bo‘lib, sinib ketganda o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi va xavfsiz hisoblanadi.


Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega. Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakka ega.
Kuzov yukxonasi oldingi g‘ildiraklari yetakchi va klassik komponovkali avtomobiliarda orqada joylashgan. Unda yo‘lovchilarning yuki, zaxira g‘ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U qo‘shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo‘lib, old qismida ichidan qulf o‘rnatilgan.
Kuzov ichida bir yoki ikki qator o‘rindiqlar o‘rnatilgan, haydovchi va yo‘lovchi o‘rindig‘i qulaylik uchun bo‘ylama yo‘nalishda va suyanchig‘i og‘ib, rostlanadigan qilib yasalgan.

Avtobus kuzovlari


Avtobus kuzovlari bir yoki ikki qavatli, usti yopiq va ba’zan ochiq xam bo‘lishi mumkin.
Avtobuslar kuzovi sinchsimon qobiqli bikr konstruksiyadir. Zamonaviy avtobuslar nuqul metalldan yasalgan vagon ko‘rinishidagi usti yopiq karkasli kuzovga ega. Bu turdagi kuzovlar dvigatelni ma’qul joyga joylashtirish (kuzov ichiga, ya’ni old qismiga, orqa qismiga yoki polining tagiga), yo‘lovchilarga mo‘ljallangan kuzov xonasidagi joydan maqsadga muvofiq foydalanish imkonini beradi. Avtobus kuzovlarining umumiy vazni va narxi avtobusning yarim vaznini va yarmiga yaqin tannarxini tashkil etadi. Vagon turidagi kuzovlarda rama bo‘lmaydi, shuning uchun barcha yuklanishlarni kuzov o‘zi qabul qiladi. Shu narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, avtobusning butun agregatlari kuzovning tubiga biriktiriladi. U ko‘ndalang va bo‘ylama karkasli balkalardan xamda ular bilan bir butun qilib tutashgan qovurg‘asimon ustunchalar kuzov qafasini tashkil qiladi va qovurg‘a ustun uchun material sifatida po‘lat va duralyuminiydan yasalgan xar xil shakldagi o‘zakdan foydalaniladi. Karkasli kuzov qafasini qobiqlash uchun list po‘lat yoki alyuminiy qo‘llaniladi



Download 41.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling