Mashinalarni va transformatorlarni elektr simlariga (zanjiriga) ulashni bilish
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI
Sana : «___»________2023 yil
4-Mavzu : Kuzovlarni ta’mirlashda asetilen gazi bilan payvandlash ishlari
Payvandlash ishlarini bajarishda ko`pincha gazli payvandlash turidan foydalaniladi. Bu ishlar qo`l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi.
Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo`shimcha qoplama qo`yiladi, o`z navbatida, bu qoplama yirtilgan yerdan 20…24 mm chiqib turishi zarur. Pachoqlangan yerlar va qiyshiqliklar sovuq yoki qizdirilgan (600…650 °C gaz gorelkasi yordamida) holda to`g`rilanadi. Qizdirib to`g`rilash metall qavat-qavat bo`lib qolganda yoki sovuq holicha to`g`rilab bo`lmay qolganda bajariladi.
Pachoq ikki harakatda to`g`rilanadi. Avval pachoq bo`lgan joy urib chiqariladi. Chiqarilgan qismning ustiga mahsus ushlagich-1 qo`yib markazdan sirtga qarab mahsus bolg`acha yordamida to`g`rilanadi, so`ngra yog`och yoki rezina bolg`acha yordamida tekislanadi.
O`tkir qirrasi va egilishi bo`lmagan chuqur pachoqlarni o`rtasidan boshlab, bolg`acha yoki rezina bolg`acha bilan asta-sekin tekislanadi va tashqi tomonga qarab davom ettiriladi. O`tkir qirrali burchaklari bo`lgan pachoqlarni o`tkir qirradan yoki taxlanib qolgan yeridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurcha bo`lsa, metallning tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg`acha bilan urib bartaraf etiladi. Chuqurcha chegarasiga yaqinlashganda bolg`acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. Qancha ko`p aylana bo`ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifatli bajariladi. Agarda bir-biriga yaqin, bir necha chuqurchalar bo`lsa avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurchaga keltiriladi, so`ngra chuqurchaning shakliga qarab, keyingi silliqlash ishlari bajariladi.
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI
Sana : «___»________2023 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |