Ishlab chiqarish amaliyoti
Qazib olish tizimining qisqacha tavsifi
Download 65.09 Kb.
|
Ishlab chiqarish amaliyoti
Qazib olish tizimining qisqacha tavsifi.
Qavatchani qulatib qazib olish tizimi qatlamlab qulatib qazib olish tizimining unumdorlikni oshirish, nobudgarchilik hamda sifatsizlanishlarni kamaytirish maqsadida rivojlantirilgan ko’rinishidir. Shu sababli bu tizim qatlamlab qulatib qazib olish tizimi bilan ko’p jihatdan, jumladan qo’llanish sharoitlari, tayyorlash sxemasi, qavatchalarni va bloklarni qazib olish tartibi va rudani eltish usullariga ko’ra o’xshash. Qavatchalarni qazib olish ikki bosqichda olib boriladi: dastlab ship va yon tomonlarda selik qoldirgan holda tayyorlovchi lahimlar o’tiladi, keyin esa rudaning bo’lib olingan uchastkalari qulatiladi(bunda qisman ruda og’irligi va yuqoridagi jinslar bosimidan foydalaniladi). 4-5 m dan 10-15 m gacha balandlikka ega bo’lgan har bir qavatchalar 8-10 m gacha kenglikdagi panellar bilan qulatiladi. 8-10 m gacha qalinlikdagi ruda tanalarida qazib olish cho’ziqlik bo’yicha bitta panelda olib boriladi. Qalin (15 m gacha) va o’ta qalin (15 m dan ortiq) ruda tanalarida qavatcha shtreklari cho’ziqlik yo’nalishidagi yoki unga perpendikulyar joylashgan panellar bilan qazib olinadi. Ko’pincha panellar parallel joylashtiriladi. Faqat ba`zi hollardagina radial joylashtirish qo’llanilishi mumkin(qo’lda eltishdan skreperda eltish davriga o’tish vaqtida qo’llanilgan). Bir qator kamchiliklari tufayli bunday qazib olish sxemasi qavatchani qulatib qazib olish tizimi amaliyotida keng tarqalmadi. Panellar blok chegaralaridan markazga qarab 2-3 m, ba`zi variantlarda 7 m va hatto 10-13 m gacha uzunlikdagi seksiyalar bilan qazib olinadi. Seksiyadagi ruda ikki xil holatda qulatiladi: seksiya zaminiga (skreperli eltishda qavatcha lahimiga 40-450 burchak ostida, qo’lda eltishda esa gorizontal holatda); duchka(voronka) ustidagi podsechkaga va undan qavatcha tayyorlash lahimiga; Yuqorida aytib o’tilganidek qavatcha balandligi keng doirada o’zgaradi hamda asosan rudaning fizik xususiyatlari va shpurlarni burg’ilash usuliga qarab tanlanadi. Qavatcha balandligi ortsa tayyorlash ishlari hajmini qisqaradi. Bu asosan mustahkam rudalarda qo’llaniladi. Biroq quyidagi sabablarga ko’ra qavatcha balandligi cheklanadi: ruda sifatsizlanishi va nobudgarchiligining ortishi; mustahkam rudalarda qavatcha balandligi katta bo’lib qisqa shpurli qulatish qo’llanilganda ruda to’liq qulamasdan turib, osilgan ruda bo’laklarini qayta burg’ilashga to’g’ri keladi. Qavatchalarni qazib olishda ular gorizontal yo’nalishda kamida 10-15 m ilgarilab qulatiladi(yuqoridagi qavatcha pastdagisiga nisbatan). Qavatchada yonma-yon joylashgan panellar esa kamida 10 m ilgarilagan bo’lishi kerak. Tik va tik-qiya yotgan ruda tanalarida qavat balandligi 50-60 m, qiya joylashgan va juda qalin ruda tanalarida esa 30 m dan oshirmaslik kerak. Bloklar uzunligi qo’llanilayotgan tayyorlash sxemasi, eltish usuli va qavatcha tayyorlash lahimlariga ta`sir etadigan kon bosimiga qarab keng oraliqda o’zgaradi. Skreperli eltishda u 15-30 m dan 60 m va undan ko’p bo’lishi mumkin, qo’lda eltishda esa 15-20 m dan oshmaydi. Maydon tayyorlash lahimlari o’tilganda shamollatish sharoitlari sezilarli yaxshilanadi, bunda ularni puch tog’ jinslaridan o’tilgan ko’tarmalar bilan tutashtirish quiyin emas. Berk va uzoqlashgan kavjoylarni maxsus ko’chma ventilyatorlar yordamida shamollatish mumkin. Tayyorlash ishlari qavat shtreklari, ortlar, ko’tarmalar, qavatcha shtreklari va ortlarini panellarni joylashtirishning qabul qilingan variantiga ko’ra o’tishdan iborat. Bundan tashqari Krivoy-rogda qo’llaniladigan variantda katta hajmdagi qoshimcha tayyorlovchi lahimlar(duchkalar, podsechka va ba`zi variantlarda qirquvchi ko’tarmalar) o’tishga to’g’ri keladi. Maydon qavat shtreklari va ko’tarmalari muhim ahamiyatga ega. Ular me’yoriy shamollatish va shamollatish gorizontidan materiallarni qulay holatda tashish imkonini beradi. Qavatcha tayyorlash lahimlari qularish bo’shlig’i bilan kesishmaydi yoki faqat bir tomoni tutashadi, shuning uchun ularni mustahkamlash xarajatlari kichik bo’ladi. Download 65.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling