Ishlab chiqarish amaliyoti
Konning qisqacha geologik tavsifi
Download 65.09 Kb.
|
Ishlab chiqarish amaliyoti
Konning qisqacha geologik tavsifi.1.1. Konning qisqacha geologik tavsifi.Qizil olma koni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan. Rudnik Toshkent-O’sh avtoyo’li va Angren oltin saralash fabrikasi bilan 6 km uzunlikdagi yo’l bilan bog’langan. Eng yaqin ma`muriy va sanoat markazlari – Angren shahri(10 km), Olmaliq shahri(50 km) va Ohangaron tuman markazi(40 km). Kon joylashgan maydon relyefi – tog’ oldi, tepaliklar qiya, burchakli emas, ularning absolyut balandligi 1000 m dan 1500 m gacha o’zgaradi, nisbiy balandliklar 100-200 m, tog’ yon bag’irlari burchagi 30° gacha. Gidrogeografik tizim kichik soylardan iborat. Eng yiriklari – Qorabog’soy, Go’shsoy, Qizilolmasoy. Vodiylar eni 70 da 700 m gacha. Rayon iqlimi arid turiga yaqin, isiq, quruq yoz va nisbatan iliq, yomg’irli qish kuzatiladi. O’rtacha yillik harorat +12°C, o’rtacha yillik yog’ingarchilik miqdori 530 mm ni tashkil etadi. Yog’inlarninng 70-80 % bahor-qish mavsumiga to’g’ri keladi. Qizilolmasoy oltinli ma`dan maydoni Chotqol tizma tog’ining janubi-g’arbiy shoxlarida Aqcha va Qorabog’ soylari orasida joylashgan va Tyan-shan o’rtaliq zonasi, Qurama struktura-fatsial podzonasining bir qismi hisoblanadi. Bu hududda vulqon harakatlari asosan o’rta-toshko’mir yoshda keng rivojlangan. Qizil olma koni Qizilolmasoy ma`dan maydonining markaziy qismida joylashgan. “Markaziy” (Центральный) uchastkasi hozirgi kunda konning amaliy ahamiyatini ifodalaydi va u Qizilolmasoy yorig’ining janubi-sharqiy chekkasida joylashgan. Maydonning geologik tuzilishida kaledon fundamentli metamorflashgan tog’ jinslari va yoshroq dayka tuzilmalar katta ahamiyatga ega. Keng gidrotermal o’zgargan jinslar qatorida subparallel kvarslangan strukturalar Qizilolmasoy yorig’iga mansub bo’lib, minerallashgan zonani tashkil qiladi. Ushbu zonadagi va zalbanddagi jinslar (slanetslar, porfiritlar, felzitlar, dolsit-porfirlar) gidrotermal o’zgarishga uchragan. Minerallashgan zonaning bir qismi kenglik yo’nalishida 1000 m ga cho’zilib, u asosiy amaliy ahamiyatga ega va asosiy rudali zona deb ataladi. U kvarslangan chiziqli cho’zilgan maydonni tashkil qiladi. Zona shimolga nisbatan 55-60° burchak ostida yotadi. Fundamentga o’tishda zona qalinligi 150-200 m ga kengayadi. Bu yerda 40 m gacha qalinlikda o’rta kvarslashgan qator kuzatiladi, ular intensiv projilkali va metasomatik kvarslashish bilan xarakterlanadi. Bu o’rta kvarslashgan qator yo’nalishi kenglik yo’nalishiga yaqin bo’lib, shimolga nisbatan 45-85° burchak ostida joylashgan. O’rta qator uchun kvarslashish darajasi bir tekis emas. Tartibsiz joylashgan intensiv(50% dan ortiq), o’rtacha(30-50%) va kuchsiz(30% dan kam) kvarslashgan uchastkalar ko’p uchraydi. Asosiy rudali zonaning osilma yoni strukturalari shimoli-g’arbiy yo’nalishda va shimoli-sharq tomonga 45-50° burchak ostida joylashgan. Ularning eng yirigi(15 m gacha qalinlikda) №2 ruda tanasida joylashgan. Bundan tashqari skvajina va kon lahimlari bilan o’rta kvarslashgan qismga subparallel bo’lgan kvarslashgan strukturalar ochilgan. Chuqurlik oshgan sari subparallel kvarslashgan zonalar soni ortadi va ularning ba`zilarida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan oltin miqdori kuzatiladi. Shunday qilib chuqurlik oshgan sari ma`dan minerallashuv istiqbollari ortadi. Sanoat ahamiyatiga ega ma`dan tanalari yirik tektonik buzilishlar, intensiv kvarslashuv zonalariga mansub. Ma`dan tanalari kvarslashish zonalarida joylashib, strykturalar asosiy yo’nalishdan chiqmaydi. Kesimlarda aniqlanishicha, ma`dan tanalr alohida qismlari boyitilganligi yoki oltin miqdori kvarslashish darjasi bilan bog’liq emas. Ma`dan tanalri yer yuziga qarab chiqqanda asta-sekin qalinligi kamayib boradi. №1 ruda tanasi aniqlangan oltin zaxirasining asosiy miqdorini(58%) o’zida saqlaydi. Uni skvajina bilan maksimal kesib o’tish chuqurligi +780 m. Ruda shimol tomonga qarab yotadi, yotish burchagi 50° dan 85° gacha o’zgaradi (o’rtacha 60°). Ruda tanasining morfologiyasi o’zgaruvchan. Umuman olganda, ruda tanasi yapaloqlashgan va vertikal tekislik bo’yicha notekis yuzalar bilan bukilgan. Gorizontlarda o’rtacha qalinlik birinchi shaxta gorizontigacha ortib boradi, keyin kamayib boradi. Oltin miqdori namunalarda 0.1 g/tonna dan 90-100 g/tonna gacha o’zgaradi. Kvarslashish polosasida sanoat darajasidagi ma`danlashuv taqsimlanishi ustunsimon shaklda. №1 ruda tanasi tekisligida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan ma`danlashuv ruda stolbalari shaklida yig’iladi. Markaziy (sharq tomanga qarab 80° burchak ostida egilgan) va undan shixlangan Sharqiy (g’arb tomonga 45° burchak ostidxa egilgan) yotish bo’yicha tutashishga intiladi(+900 m, +850 m chuqurlikda tutashadi). Ruda stolbalar intervallar bilan kambag’al va konditsion bo’lmagan (yuqori gorizontlarda) ma`danlashish zonalariga bo’lingan. Ruda stolbalari flanglari kambag’al flyus rudalarida yotadi. Sharq tomonda ma`dan tanalari shakli oddiy, g’arbda esa murakkab. Ma`dan tanasi yer yuziga chiqmaydi. O’rtacha qalinlik 10-20 m atrofida o’zgaradi. Qalinlik birinchi shaxta gorizontida 20 m dan to’rtinchi gorizontda 9 m gacha kamayadi. Markaziy stolba chegarasidagi kvarslashish zonasi fleksura egilishiga ega, bu yerda sanoat ahamiyatiga ega ma`danlashish kuzatiladi. Shu bilan birga Markaziy stolba ko’tarilish bo’yicha pastki gorizontdagi 100-200 m dan yuqori gorizontlarda 250-270 m gacha kengayadi. №1 ruda tanasi 170-180 m gacha qadimgi lahimlarga boy, ular 300 m gacha cho’zilgan. Eni 15 m gacha yetadigan murakkab shaklli qadimgi lahimlar mavjud. Ular kuchsiz bog’langan materiallar bilan mustahkamlangan va qisman sementlangan. Ularni qayta qazib o’tishda burg’ilab-portlatish texnologiyasidan foydalanishga to’g’ri keladi. Biroq, ochiq yuzaning turg’unligini uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi va mustahkamlashni talab qiladi. So’nggi yillarda asosiy rudali zonaning osilma yonida yer yuzasidan 300-500 m chuqurlikda №10 ma`dan tanasi aniqlangan va Markaziy uchastkaning asosiy istiqbollari u bilan bog’liq. Ma`dan tanasi kvarslashgan zonalar ichida joylashadi va g’arbiy, sharqiy stolbalarni tashkil qiladi. Ular morfologiyasi, ko’rsatkichlar va metal miqdori jihatdan farqlanadi. Ma`dan tanasi kvarsdan tashkil topgan, tarkibida atrof tog’ jinslari bo’laklari ham bor. Kvars ulushi 30-100% gacha o’zgaradi, o’rtacha 70%. Ma`dan minerallari asosan piritdan iborat(90%). Ba`zan xalkopirit, galenit va kuchsiz minerallar uchrab turadi. Rudaning asosiy komponentlari oltin va kumush. Kam probali oltin asosan samarodka ko’rinishida bo’ladi. Umuman olganda kon murakkab kon-texnik va geomehanik sharoitlar bilan tavsiflanadi. Qiyinchiliklar tektonik zonalrda, ular bilan kesishgan ruda tanalarida va kuchli parchalanish zonalarida kon ishlarini olib borishda yuzaga keladi. Markaziy uchastkaga tutashgan Qizilolmasoy yorig’i mayda blokli tuzilishi bilan xarakterlanadi(ma`dan oldi va ma`dandan keying darzliklar hisobiga). Yoriqning asosiy o’qi 2-3 m qalinlikdagi ishqalanish gillari va boshqa jinslar bilan to’lgan. Tog’ jinslarining darzdorligi 1-1a ruda tanasi hududidagi tajriba uchastkasida o’rganilgan. Tadqiqotlar natijalarining tahlili asosida 9 turdagi darzliklar sitemasi ajratilgan, ulardan ikki guruhi asosiy hisoblanadi: yirik tektonik darzliklar va mayda alohida darzliklar. Tektonik darzliklar ancha uzun bo’lib, darz devorlarida kalsiy, kvars, temir gidroksillari, ishqalanish gillari rivojlangan. Siljish yuzalari tekis. Kuchsiz suratda yer osti suvlari oqishi kuzatiladi. Tektonik darzliklar ulushi 64.7%ni tashkil etadi. Alohida mayda darzliklar uncha katta o’lchamli emas. Ularning uzunligi 30-50 sm, har bir metrda 25-30 ta darzliklar kuzatiladi. Ular 1 mmdan kamroq ochilgan. Darzliklar bo’yicha kvars, temir gidroksillari va sulfidlar rivojlangan. Alohida mayda darzliklar ulushi 35.3%ni tashkil qiladi. O’lchashlar davomida ma`dan tanasiga perpendikulyar kon lahimlari holati kuzatib borilgan. Kon lahimi shipida odatda “Chayla” hosil bo’ladi. Buni ma`dan tanasi cho`ziqligiga perpendikulyar ta`sir etadigan gorizontal kuchlanishlar mavjudligi bilan tushuntiriladi. Ruda tanasi cho’ziqligiga perpendikulyar o’tilgan lahimlar maksimal kuchlanishlar yo’nalishida eng kichik ko’ndalang kesim yuzasiga ega. Shuning uchun ular nisbatan turg’un. Umuman, kon bosimi ko’rinishlari (qatlamlanish, o’pirilish) eng rivojlangan darzliklar tizimi bo’yicha yuzaga keladi. Download 65.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling