Ishlab chiqarish amaliyotining
Download 37.62 Kb.
|
3-KURS AMALIYOT DASTURI
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIYOTINING DASTURI
- MALAKAVIY ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNING MAQSADI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI METALLURGIYA KAFEDRASI 3-kurs talabalari uchun Malakaviy ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINING DASTURI KIrIsh Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti ishlab chiqarish korxonalari bilan talabalariing birinchi bevosita jiddiy bog‘lanuvchi amaliyotdir. Amaliyotning maqsadi, yo‘nalishi bo‘yicha maxsus fanlardan olingan nazariy bilim va tajribalarni amaliyotda mustahkamlashdir. Amaliyotda talabalariing asosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iboratdir. Bu ko‘nikmalarni hosil qilishning zaruriy sharti esa, talabalariing ularga topshirilgan vazifa va topshiriqlarini bevosita ishlab chiqarish amaliyoti ishchi o‘rinlarida mustaqil ravishda bajarishdan iboratdir. MALAKAVIY ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNING MAQSADI Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti o‘tkazilishida asosiy e’tibor shunga qaratilishi lozimki, amaliyot o‘tkazayotgan talaba ishlab chiqarishning yangi, ilg‘or texnikaviy yutuqlarini o‘rganib, kelgusidagi mustaqil ishlashda ushbu olingan bilim va ko‘nikmalarni ishlab chiqarishning texnologik, iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlarini rivojlantirish uchun qo‘llay olish maqsad qilib belgilansin. malakavIy Ishlab chIqarIsh amalIyotInIng vazIfalarI Amaliyot maqsadiga erishish uchun talaba quyidagi vazifalarni hal qilishi kerak: - amaliyot davomida korxonalar tarkibiy tuzilmasi va ular faoliyatini tashkil qilish nimozlari bilan tanishish, metallurgik jarayonini tashkil etish va boshqaruv masalalarini yechishda qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos jixatlarini o‘rganish; - boshqaruvning turli pog‘onalarida ishlayotgan xodimlarning kundalik faoliyati bilan tanishish va ular qabul qilayotgan yechimlarda ishtirok etish; - amaliyot davomida kundalik ish yuritish, rasmiylashtirilayotgan xujjatlar bilan tanishish, ilmiy-tadqiqot ishlariga va kurs ishlariga ma’lumotlar to‘plash. Download 37.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling